Mehnat va dam olish ta’tillari tizimi. Jamoa shartnomasida ish vaqti (shu jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish haftasining turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan tashqari ish, ta’tillar (shu jumladan, ijtimoiy ta’tillar) ko’rsatilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasida ular quyidagicha:
xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiqbo’lmasligi kerak;
ayrim toifadagi xodimlar (o’n sakkiz yoshgato’lmaganlar, I va II guruh nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi, alohida tusga ega bo’lgan ishlarda band bo’lganlar, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan
muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar) uchun mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shuningdek, mehnat shartnomasiga muvofiq mehnatga to’lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi;
xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog’ida ham, keyin ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilab qo’yilishi mumkin;
ish haftasi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik (har kungi ish muddati 7 soatdan ortib ketmasligi kerak) bo’lishi mumkin;
ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti-smena muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, sutka davomida smenalar soni, ish kunlari bilan ishlamaydigan kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning smenadan smenaga o’tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoki ish beruvchi bilan xodim kelishuviga binoan belgilanadi;
xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi;
ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo’llanilishi mumkin;
ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo’lmasligi kerak;
dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
Ish beruvchiga farmoyish bo’yicha ayrim xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoat shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asos va tartiblar bo’yicha yo’l qo’yiladi.
Barcha xodimlar ga o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Yillik asosiy ta’til 15 kundan kam bo’lmasligi kerak. Ayrim toifadagi xodimlarga (18 yoshgato’lmaganlar, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga) uzaytirilgan (30 kalendar’ kun) asosiy ta’tillar beriladi. Mehnat shartnomalarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berilishi ko’zda tutilishi mumkin.
Xodimlar ijtimoiy (homiladorlik va tug’ish, bolalarni parvarishlash, o’qish bilan bog’liq, ijodiy) ta’tillar olish huquqiga ham egalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |