Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik Toshkent – 2011


Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish



Download 2,96 Mb.
bet212/283
Sana06.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#484284
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   283
Bog'liq
personalni boshqarish 2.pdf

Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish. Xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofikdashtirishga qaratilgan jamoa shartnomalarini ishlab chiqish hamda tuzish tartibi, qoidalari O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida aniq belgilab qo’yilgan. Bu tartib va qoidalar Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1957 yilda qabul qilingan 91-son “Jamoa shartnomalari to’g’risida”gi tavsiyalari hamda 1981 yilda qabul qilingan 154-son “Jamoa munozaralariga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi Konvensiyasida34 belgilab qo’yilgan xalqaro me’yorlarga to’la mos keladi.
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzishni shartli ravishda to’rt izchil bosqichga bo’lish mumkin.
1.Jamoa shartnomasi amal qilishi sohasini belgilash hamda shartnoma taraflarini teng huquqli sheriklar sifatida birgalikda e’tirof etish. Jamoa shartnomasi amal qilish sohasini boshlang’ich bosqichda belgilashda xodimlar manfaatlari mushtarakligi, taraflarning o’zaro xohishi, shuningdek, jamoa shartnomasiga oid munozaralar jarayonida hal etilishi kerak bo’lgan aniq masalalar mohiyati e’tiborga olinadi.
Shartnoma taraflarini birgaliqda e’tirof etishda korxonalarda mazkur jamoa xodimlari manfaatini ifoda etishga da’vogarlar bir nechta bo’lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomasi taraflari aniq belgilab qo’yilgan: bu xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o’zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillardir.
2.Xodimlar talablarini tayyorlash va taqdim etish. Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o’z vakilligi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferentsiyasi) ega. Buning uchun xodimlar
vakolat bergan organ ish beruvchiga tegishli yozma xabar yo’llaydi. Bu yozma xabarni olgan ish beruvchi yoki u vakolat bergan organ etti kun ichida munozaralarga kirishishi shart. Xodimlar va ish beruvchi o’rtasida avvalgi jamoa shartnomasi amal qilayotgan bo’lsa, yozma xabar jamoa shartnomasi amal qilish muddati tugashiga qadar uch oy muddatda yoki bu hujjatlar belgilab qo’yilgan muddatda yuborilishi kerak.
Jamoa shartnomasiga aloqador personal mazkur hujjat loyihasini tayyorlash va muhokama qilishda qatnashishi kerak. Ushbu loyihani tayyorlashda, avvalgi jamoa shartnomasining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari chuqur tahlil etib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o’tgan davr mobaynida korxonada ro’y bergan o’zgarishlarni hisobga olish ham kerak bo’ladi. Ana shular hamda mehnat jamoasi bildirgan fikr-mulohazalar, jamoa shartnomasi loyihasida o’z aksini topishi kerak. Bu xodimlar talablari hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi loyihasida shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish va bunga ajratiladigan mablag’ hajmi, ishlab chiqarish rentabelligi darajasi, xodimlarning qisqartirilishi va siljitilishi, olingan foydani taqsimlash kabi muhim masalalar ham o’rin olishi zarur.
Xodimlar talablari shakllantirib bo’lingandan so’ng amaldagi qonunchilikda belgilab qo’yilgan huquqiy muzokaralar o’tkazish boshlanadi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish