Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartnomalari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalariva kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shart-nomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari ham belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
Jamoashartnomasining uchta eng muhim funktsiyasi farklanadi:
1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi.Ya’ni jamoa shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq sub’ekti hisoblangan xodimni o’z iqtisodiy holati ustuvor bo’lgan ish beruvchining bu ustunligini qo’llashdan himoya qiladi. Ikkinchi tomondan esa, u ish beruvchilarni xodimning ishlab chiqarish jarayonlarini buzib, iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo’lgan asossiz talablaridan himoya qiladi. Shu tariqa jamoa shartnomasi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
2. Mehnat munosabatlarini tartibga solish.Jamoa shartnomasining bu tashkiliy funktsiyasi ham har ikki tomonning va umuman jamiyatning jamoa-shartnoma munosabatlaridan manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan. Shartnomada belgilab qo’yilgan mehnat munosabatlari (mehnatga haqto’lash miqdori va shartlari, ta’tillarning davomiyligi, qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar) ish beruvchiga ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan foydani oldindan rejalab qo’yish imkonini beradi. Xodimlar uchun esa bu ularning manfaatlarini qondirishning muayyan kafolatlari hisoblanadi. Ana shunday tartibga solish o’zaro bitimga kelishish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, umuman olganda jamiyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.