Mavzu: Vaqt o'lchov birliklari. Soat, minut, sutka. 568-576- misol va masalalar.
Tayanch tushunchalar: Vaqt o'lchov birliklari, soat, minut, sutka. Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Vaqt o'lchov birliklari, soat, minut, sutka, ularning o'zaro munosabati haqida ma’lumotlar berish, ularga doir misol va masalalar yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: 0‘quvchilarda vaqt o'lchov birliklari, soat, minut, sutka bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Vaqt o'lchov birliklari, soat, minut, sutkaga doir misol va masalalar yechish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Darsga hozirlik ko’rish.
Darsning maqsadini aytish.
II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan mavzuni aniqlab, tekshirib baholayman.
III.Yangi mavzu bayoni. Vaqt o'lchov birliklari, soat, minut, sutka, ularning o'zaro munosabati haqida suhbatlashiladi. 568 - 569-topshiriqlar o'quvchilar bilan birgalikda og'zaki yechiladi. Sutkaga ta’rif beriladi. Har bir o'quvchi bu ta’rifni yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
IV. Mustahkamlash.
570-topshiriq va 571-misol mustaqil bajariladi. Shu bilan birga o'quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
573-masala quyidagicha yechiladi:
1) 4 ta dars - 45-4=180 (min);
2) darslar orasidagi tanaffuslar - 5 + 5 + 15 = 25 (min);
3) birinchi darsdan to'rtinchi dars tugaguncha:
180 + 25 = 205 (min) = 3 soat 25 min.
574--topshiriqdagi boshqotirmaning yechilishi: Yarimta yog'ochning ikkita uchi bo'ladi. Demak, jami 6 ta uchi bor.
V. Uyga vazifa:
575-misol va 576-masala uyga berilib, ularni bajarish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.
576-masalaning yechilishi:
2 soat 45 minut + 1 soat 35 minut = 3 soat 80 minut = 4 soat 20 minut.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
Uyga qo'shimcha topshiriq: Soat, minut, sutka va ularning o'zaro munosabatini puxta bilib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |