Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

9.3. Personal mehnatiga haq to’lash. 
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish
Mehnatga haq to’lashning mohiyati va iqtisodiy mazmuni iqtisodiy 
nazariyaning eng muhim masalalaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 153- moddasiga 
muvofiq: “Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi 
kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan 
belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas va uning eng 
ko’p mikdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, 
ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar jamoa shartnomalarida, 
shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan 
boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi”
38
.
Bu halqaro mehnat me’yorlariga, xususan Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining 1949 yil 1 iyuldagi 95-son “Mehnatga haq to’lashni 
muhokama etish to’g’risida”gi Konventsiyasiga mos keladi. Ushbu 
Konventsiyaga muvofiq “Mehnatga haqto’lash atamasi nomlanishi va 
haqto’lash usulidan qat’iy nazar, shartnoma yoki milliy qonunchilik bilan 
belgilangan, tadbirkor yollash to’g’risidagi yozma yoki og’zaki 
shartnomaga muvofiqbajarilgan yoki bajarilishi kerak bo’lgan mehnat 
yoxud ko’rsatilgan yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatga pul hisobida 
to’lanadigan har qanday rag’batlantirish yoki ish haqidir”.
Iqtisodiy nazariyada mehnatga haq to’lash mohiyatini aniqlash 
yuzasidan ikkita asosiy konseptsiya mavjud.
Mehnatga to’lanadigan haq mehnat bahosidir.
Mehnatga 
to’lanadigan haq miqdori bozor omillari, birinchi navbatda talab va taklif 
ta’siri ostida shakllanadi. Ishchi kuchining bahosi esa quyidagicha 
shakllanadi. Ushbu konseptsiyaga binoan bozor iqtisodiyoti umumiy 
nazariyasi asosida mehnat bozorida tovar narxi ortishi bilan tovar taklifi 
ortib boradi, tovarga talab esa tovar narxi arzonlashishi bilan ortib boradi. 
Bu mehnatga haq to’lash ko’payishi bilan ishchi kuchi taklifi ortib boradi, 
mehnatga haqto’lash kamayishi bilan ishchi kuchiga talab ortadi (9.17- 
rasm).
38
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006, Б. 136.
365


Ushbu jadvalga muvofiqagar ish haqi miqdori “I
1
” darajasida bo’lsa 
mehnat bozorida nima ro’y berishini ko’rib chiqaylik. Bunda talab (1 
nuqtasi) katta, taklif esa (2 nuqtasi) kichik bo’ladi. Ana shu holda talab 
taklifdan ancha ortib ketadi, ya’ni mehnat bozorida ishchi kuchi taqchilligi 
ro’y beradi. Bu ish beruvchilarni xodimlarni ishga jalb etish uchun ular 
mehnatiga haqto’lashni oshirishga majbur qiladi. Natijada mehnat 
bozorida mehnatga haqto’lash miqdori ortadi.
Agar ish haqi “I
2
” darajasiga ko’tarilsa, bunda taklif (3 nuqtasi) 
talabdan (4 nuqtasi) sezilarli ravishda ortadi. Bu holda ish beruvchilar 
uchun mehnat bozorida mavjud bo’lganidan ancha kam xodimlar talab 
etiladi. Bu ishchi kuchining ortiqcha bo’lishiga olib keladi. Ana shunday 
holatda ish beruvchilar ish haqini kamaytirsalar ham o’zlari uchun zarur 
ishchi kuchiga ega bo’la oladilar. Ish izlayotganlar esa kam miqdordagi ish 
haqiga rozi bo’lishlari, yoki ushbu mehnat bozorini tark etishlari kerak 
bo’ladi. Oqibatda talab va taklif muvozanat (5 nuqtasi) holatiga 
yaqinlashadi.
Ishchi kuchiga talab ish kuchiga taklifiga teng bo’lgan holatdagi ish 
haqi miqdori

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish