30- §. XVIII—XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi
Qoraqalpoq yozma
adabiyoti
XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yoz
ma adabiyoti shakllandi va rivojlana
bordi.
XVIII—XIX asming birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining
ko‘zga ko‘ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim,
ulaming nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi.
Ulardan biri Jiyen Jirov (1730—1784) edi. U mashhur bax-
shi, hajvchi shoir sifatida kamol topdi. „Hoy yigitlar, yigitlar“ va
„Yuragimda ko‘p dog‘im“ kabi qator she’rlarida jamiyatdagi
nohaqliklarni, hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa
o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi.
Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning
uchun ham ular doimo o‘z erklari uchun
ozodlik kurashi olib borgan. M a’lumki,
qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan
urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi.
Bu m ag‘lubiyat natijasida ular azob-
.
uqubatlarga duchor etilgan. Xususan,
3 4
\
Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar har
yoqqa tarqab ketgan. Ulaming bir qismi
Toshkent atrofiga (Chirchiq bo‘ylariga),
boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xo-
razmga (Orol dengizining janubiy so-
Kunxo‘ja Ibrohim.
hillariga) ko‘chib ketgan. Mana shu ko‘-
chishlaming guvohi bo‘lgan Jiyen Jirov „Darbadar el“ nomli
doston yozib, unda qoraqalpoqlaming mashaqqatli davri tarixini
haqqoniy bayon etgan. Baxshi sifatida ,,Alpomis“, ,,Qirqqiz“ kabi
dostonlami zo‘r mahorat bilan kuylagan.
Qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana
biri Kunxo‘ja Ibrohim (1799—1880) edi. Shoirning ayniqsa
,,0 ‘roqchilar“, ,,Cho‘ponlar“, ,,Elbilan“ kabi she’rlari xalq
orasi-
da mashhur bo‘lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobe-
ligiga tushib qolgan davrdagi og‘ir ahvoli, erksiz turmushi,
hukmron tabaqalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (taxallusi Ze-
var) ham (1824—1878) qoraqalpoq xal
qining atoqli shoirlaridan biridir. Mo‘y-
Ajiniyoz
112
shoir o‘zining „Xalq uchun“ degan she’rida yoshlami meh-
natkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi:
Bo‘ri hech vaqt o ‘z dardini bildirmas,
Yaxshi odam dushmanini kuldirmas,
Qo‘ldan kelsa unga davron surdirmas,
Er yigitning joni qurbon xalq uchun.
Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Uning
,,Omongeldi“, ,,Oydo‘stbiy“, ,,Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar
zulmiga qarslii kurashgan xalq qaliramonlari faxr bilan kuylanadi.
,,Avlodlar“ asari tarixiy voqealar solnomasi b o ‘lib, unda
xalqlaming kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy
xalqlar bilan aloqasi, ulaming hayotidagi umumiylik kabi
jihatlar
bayon etilgan.
Xiva xonligi zulmiga qarslii ko‘tarilgan isyon ,,Emazarbiy“
dostonida ham aks ettirilgan.
1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi
keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlaming biriga
Berdaq nomi berildi va byusti o‘matildi. Shoir tug‘ilgan joy —
Bo‘zatovda ham Berdaq byusti o‘matildi, Nukus shalirida Berdaqqa
haykal qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: