Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan
yaqinlashuvi yuz bera boshlagan.
Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni
istamas edi. Xon hukumati o‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini
hamda qoraqalpoqlami bo‘ysundirish maqsadini qo‘ygan. Nihoyat,
uzoq kurashlardan so‘ng, 1735- yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va
qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur
etildilar.
Muhammad Amin inoq davrida esa ayrim qoraqalpoq qabila-
lari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o‘ta boshlagan.
1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Oral dengizi atrofida
yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo‘ysundirildi. 1811- yilda esa
Yangidaryo (Janadaryo) atrofida yashovchi qoraqalpoqlar
ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlami Xiva xonligiga
bo‘ysundirish nihoyasiga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: