II
28
urug‘lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni
nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas,
mang‘it, qo‘ng‘irot va m o‘yten) negizida shakllangan.
Qoraqalpoq xonligining
Qoraqalpoq davlatchiligi no‘g‘ay (man-
tashkil topishi
g‘it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) bosh-
chiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan
N o ‘g‘ay xonligidan ( 0 ‘rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu
0
‘ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. XVI
asming ikkinchi yarmida N o‘g‘ay xonligi 3 qismga — Olti ul o‘rdasi,
Kichik o‘rda va Katta o‘rdaga bo‘linib ketgan.
XVII asming boshlarida no‘g‘aylar Volga va Yoyiq daryolari
bo‘ylariga bostirib kelgan jung‘orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-
mor etiladi. N o‘g‘aylar Qrimga ko‘chib ketishga majbur bo‘lganlar.
Ularning Olti ul o‘rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Oral
va Sirdaryo bo‘ylariga kelib o‘mashadilar.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar
boshlig‘i) muhim o ‘rin tutgan. Biylar qoraqalpoq urug‘lariga
boshchilik qilganlar, shuningdek, qo‘shni xalqlar bilan muno-
sabatlarda o‘z urug‘i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnash-
ganlar. XVI—XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga,
yo qozoq xonlariga tobe bo‘lgan.
XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo‘yida yashovchi qora
qalpoqlar birlashish jarayonida Sig‘noq va Jonkent singari qadimiy
qo‘rg‘on-shaharlar tayanch b o ‘lgan. Qoraqalpoqlarning birla-
shuvida Kuchukxon, Taburchak va G ‘oyib sultonlar muhim
ro‘l o‘ynaganlar. Buning natijasida 1714- yilda Sirdaryobo‘yi qora-
qalpoqlari o‘z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) bosh-
chiligida davlatga — qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat
Sirdaryoning quyi oqimi, Volga b o ‘ylari jung‘orlari, Boshqird
ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi.
1723-yilda jung‘orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o‘rta qismini
egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘ladi. Ko‘chish
oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga b o ‘linib ketdi, bir gumhi Sir
daryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi
Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar
shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar44, „quyi qoraqalpoqlar“ga
b o 4linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo
o 4rtasidagi b o 4sh yotgan yerlarga ham o 4rnashib, bu yerlarga
Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug4ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |