Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Muhammad Rahimbiy 
(1756—1758) 
mamlakatda o‘zining mutlaq hukmdorligini o‘rnatish hamda 
ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday 
siyosatdan ko‘zlangan maqsad — markazlashgan davlatni 
tiklash edi. M uham m ad Rahim xon bu siyosatni ro ‘yobga 
chiqarishga qat’iy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlami o‘z 
huzuriga chorlab, ularga o‘zining asl maqsadini, o‘z boshqaruv 
dasturini m a’lum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, 
urushlar m am lakatni xonavayron qilayotganligi, x o ‘jalik, 
savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jara- 
yonlar bundan buyon ham davom etadigan b o ‘lsa, davlat 
halokati muqarrar ekanligini alohida ta’kidladi. Qaysi mahalliy


hukmdor markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasa, ayovsiz jazoga 
tortilishini ogohlantirdi.
M uhammad Rahimxon mustaqillikni da’vo etib yurgan 
Miyonqol, Nurota, Q o‘bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda 
Urgut bekliklarini to ‘rt yil davomida o‘ziga bo‘ysundirdi. Ayni 
paytda, u markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan 
qabilalarni turgan joyidan ko‘chirtirib yuborish siyosatini 
tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, yetti urug‘, bahrin, yuz, 
kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday 
siyosat yuritildi.
Doniyolbiy otaliq va 
Muhammad Rahimxon yirik yer ega- 
Amir Shohmurod 
larining davlatni boshqarish ishlarida
shu vaqtgacha davom etib kelgan arala- 
shuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo‘lsa-da, 
u barcha bekliklaming markaziy hokimiyatni tan olishlariga to ‘la 
erisha olmadi.
Muhammad Rahimxon vafotidan 
so‘ng uning amakisi 
Doniyolbiy otaliq 
hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758—1785). U 
o‘zini xon atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg‘oziyni 
taxtga o‘tqizdi. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi 
hukmdorlikni o‘z qo‘lida saqlab qoladi. U o‘z qo‘shinlarini 
mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. 
Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. 
Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘paytirdi. Uning davrida Balx, 
Hisor, Ko‘lob, 0 ‘ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari 
kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlarning 
o‘zboshimchaligini esa sindira olmadi. 0 ‘g‘illaridan biri Shoh­
murod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda 
yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu 
orqali ro‘zg‘or tebratardi. Xalq orasida obro‘si katta bo‘lgani 
uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni topshirdi.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish