221
Ehtiroslar kishidagi barqaror xis-tuyg’ularning alohida to’rini tashkil etadi.
Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan narsalarga
nisbatan ichki munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy
harakat qiluvchi kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan uni
hayajonlantiradigan narsa qanday Idrok etilishi, tasavvur qilinishi va hayotga
keltirilishi, uning bir-biri bilan almashib
turadigan hissiyotlarni, effektlarni,
kayfiyatlarni qanday boshdan kechirishi xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch
muayyan harakatlarga dahvat etuvchi va qaror topgan xis-tuyg’ularga mos
kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli to’siq sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, xis-tuyg’u kishining tafakkur va faol faoliyat ko’rsatishi
jarayoniga jalb etilgan bo’ladi. Kishining faktlari va xatti-harakatlari
yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli xis-tuyg’u ehtiros deb
ataladi.
Ehtiros kishini xis-tuyg’ular haqida astoydil fikrlashga,
ularning negizini
tashkil qiladigan ehtiyojlarni jonli va yorqin tasavvur etishga, bu ehtiyojlarni
qondirish yo’lida uchraydigan haqiqiy yoki uchrashi mumkin bo’lgan tusiq va
qiyinchiliklar to’g’risida uylashga va har tomonlama mulohaza yuritishga
majbur qiladi.
Shaxsning butun o’y-fikrini va intilishlarini o’ziga tortib oladigan hamda
uning xissiy jixatlarini aniq-ravshan belgilaydigan ko’plab barqaror xis-
tuyg’ular (ehtiros tusini oladigan yoki olmaydigan) mavjuddir. Ular orasida,
ayniqsa yoshlik chog’ida, sevgi-muhabbat tuyg’usi sezilarli o’rin egallaydi. U
barqaror xis-tuyg’u namunasi sifatida baxolanishi mumkin.
Muhabbat - insonga
xos eng muhim barqaror xis-tuyg’ulardan biridir. «Muhabbat» tushunchasi
psixologiyada ikki ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi muhabbat hissiy-ijobiy
munosabatning obyektini boshqalarga qaraganda ajratib ko’rsatadigan hamda
uni subyektni barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo’yadigan
yuksak darajasi demakdir. Vatanga muhabbat, onaga, bolalarga, musiqaga va
hokazolarga muhabbat ana shunday xis-tuyg’udir.
Tor ma’nodagi muhabbat subyektning shaxvoniy ehtiyojlari bilan
fiziologik jixatdan bog’liq bo’lgan hamda
boshqa birovning hayoti va
faoliyatida ham o’zidagi singari jadallikka, keskinlikka va barqarorlikka da’vat
etadigan javob xis-tuyg’usiga ehtiyoj o’yg’otuvchi shaxsiy-ahamiyatlilik
hususiyatlarini yanada to’laroq gavdalanishida ifodasini topadigan jadal,
jiddiy va nisbatan barqaror his-tuyg’udir. G’oyat darajada sirli tusga ega
bo’lgan muhabbat tuyg’usi vaziyatga qarab paydo bo’ladigan o’zgaruvchan
muloyimlik (o’ta noziklik, ado), shodlanish, umidsizlanish va shu kabi boshqa
hissiyotlar bilan, ko’tarinki yoki mahyusona kayfiyat bilan, bahzan xaddan
ziyod quvonch yoki g’am-alam bilan birga sodir bo’ladi.
Individning pirovard
natijasida naslning davom etishini tahminlaydigan shahvoniy ehtiyoji va
individning to’laqonli tarzda personajlashuvini tahminlaydigan, yahni shaxsga
boshqa ahamiyatliroq birovda (sevgili erkak yoki ayol kishida) davom ettiri-
lish, ko’ngildagidek mujassamlashish uchun eng maqbo’l imkoniyat
tug’diradigan oliy his-tuyg’u tarzidagi sevgi-muhabbatning birligi amalda
fikran birini ikkinchisidan ajratishga imkon bermaydi.
222
Psixologiyada xis-tuyg’ular turlarining hamma uchun ma’kul bo’lgan
tasnifi yo’q. Quyidagi turlarni alohida ajratib ko’rsatish udum bo’lgan:
mahnaviy, intellektual (aqliy) va estetik (nafosat) his-tuyg’ular.
Ma]naviy (ahlokiy) his-tuyg’ular o’z mazmuniga ko’ra, kishining kishiga
va
kengroq mahnoda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.
Intellektual
his-tuyg’ular
shaxsning bilan jarayoniga, uning
muvaffaqiyatliligiga va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks
ettiradi.
Estetik xis-tuyg’ular subyektning hayotida yuz beradigan turli xildagi
narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki
bemahni, fojiaviy yoki kulgili,
olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk
narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Kishining ma’naviy, intellektual va estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala
jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sosial voqyelikka
nisbatan butun xissiy munosabatlari boyligini mujassam-lashganligi uchun ular
yuksak xis-tuyg’ular deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: