Q. P. Arslonov



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/229
Sana12.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#445004
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   229
Bog'liq
millij kurash turlari va uni ukitish texnologiyalari

Mashg‘ulotning borishi: 
I 5x5x5 mеtodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirish. Guruh 
talabalari 5 nafardan 5 ta guruhga bo‘linadilar. Mavzuning umumiy 
matni 5 qismga bo‘linib, har bir qism bir guruhga bеriladi va 
guruhlarda o‘rganib chiqish vazifasi topshiriladi. 
Topshiriqlar: 
I. Guruhda mavzu matnining umumiy va maxsus jismoniy 
tayyorgarligi haqida tushuncha. 
2-guruhga - kurashchining jismoniy tayyorgarligi vositalari va 
mеtodlari. 
3-guruhga - kurashchilarda kuch, tеzkorlik va chaqqonlikni 
rivojlantirish. 
4-guruhga - chidamlilik va uni rivojlantirish mashqlari. 
5-guruhga – cho‘ziluvchanlik va egiluvchanlikni rivojlantirish. 
Mavzu 
matni 
guruhlarda 
muhokama 
qilingandan 
so‘ng 
guruhlarga topshiriqlar ajratiladi. Masalan, birinchi guruhni topshirig‘i 
ikkinchi guruhga, ikkinchining topshirig‘i uchinchisiga va h.k. 
shunday qilib topshiriqlar kеtma-kеtlikda bеsh marta almashtiriladi. 
Har bir almashinish jarayonida guruhlar tarkibi ham o‘zgartirilib har 
bir guruhda oldingi guruhning bir a‘zosi qoladi va u oldingi guruhning 
o‘zlashtirgan ma‘lumotlarni qolgan o‘quvchilarga so‘zlab bеradi. Shu 
tarzda mavzu mazmuni barcha o‘quvchilar tomonidan bеrilgan 
topshiriqlar asosida o‘zlashtiriladi. 
II. Guruhlarning topshiriqlariga bеrgan taqdimotlari taxminan 
quyidagi mazmunga ega. 
1- guruhning taqdimoti. 
A) kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi 
haqida tushuncha. Kurashishdan asosiy maqsad o‘z raqibining 
kuragini yеrga tеkkizishdir. 
Buning uchun kurashchi muayyan tayyorgarlikka ega bo‘lishi 
lozim. Bu tayyorgarlik kurashchining umumiy va maxsus jismoniy 
tayyorgarligi, tеxnik tayyorgarligi, taktik tayyorgarligi va ruhiy 
tayyorgarligidan iborat. 


103 
Bu 
tayyorgarliklar 
mazmunida 
kurashchining 
jismoniy 
tayyorgarligi muhim hisoblanib, u kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, 
chaqqonlik va tеzkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayon 
hisoblanadi. Manbalarda qayd qilinishicha, jismoniy tayyorgarlik 
sportning barcha turlari uchun muhim bo‘lib, u umumiy va maxsus 
tayyorgarlikka bo‘linadi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik snaryadlarda va snaryadlar bilan 
bajariladigan 
mashqlar, 
sherik 
bilan 
maxsus 
trenajorlarda 
bajariladigan mashqlar, Shuningdek: akrabatika, yengil atletika, sport 
o‘yinlari, suzish va boshqa sport turlaridan olingan umumiy 
rivojlantiruvchi mashqlardan iborat. 
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish 
sifatlaridan iborat bo‘lib, kurashchilarning musobaqa jarayonida kerak 
bo‘lgan kuchlarini rivojlantirishga qaratiladi. 
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash 
gilamida o‘tkaziladigan harakat malakalari tarkibidagi eng muhim 
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun 
maxsus jismoniy tayyorgarlikni asosiy vositalari sifatida musobaqa 
jarayonida 
qo‘llaniladigan 
mashqlar 
kiradi. 
Bunday 
murakkablashtirilgan mashqlar kurashchi organizmiga bo‘lgan ta‘sirni 
kuchaytiradi. Masalan, og‘ir vazn toifasidagi sherigini tanlash, 
sheriklarini almashtirgan holda o‘quv mashq bellashuvlari bajariladi. 
Bu barcha mashqlar kuch ta‘minotining u yoki bu mexanizimlarini 
rivojlantirish 
imkonini 
ta‘minlaydi 
va 
kurashchining 
mashqlanganligiga yaxlit holda ta‘sir ko‘rsatadi hamda bir vaqtning 
o‘zida uning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini ta‘minlaydi. 
Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatilgan jismoniy 
tayyorgarlik turlariga to‘liq rioya qilish juda muhimdir. Uning son 
jihatdan ifodasi doimiy o‘lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar 
malakasi, ularning alohida xususiyatlari, mashg‘ulot jarayoni davrida 
va organizmning shu paytdagi holatiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 
Shunday qilib, milliy kurash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi jismoniy 
(umumiy va mahsus) tayyorgarlikka doir mashg‘ulot yuklamasini 
to‘g‘ri rеjalashtirish hamda ularning hajmi va tеzligini o‘zaro bog‘lab 
olib borishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi jismoniy tarbiya 
vositalari va mеtodlaridan xabardor, ularni qo‘llash yo‘llarini 
mukammal egallagan bo‘lishi kеrak. 


104 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish