Ro’yxatdan nusxa olish
Bir ro’yxatdan ikkinchi ro’yxatni list2 = list1 tarzida hosil qilib bo’lmaydi. Chunki bunda list2 list1 ga yo’llanma(silka) bo’lib qoladi. Shu sababli list1 da bo’lgan o’zgarishlar list2 ga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun bir ro’yxat ikkinchisiga nusxalanadi. Shunda 2 ta bir xil alohida ro’yxatlar hosil bo’ladi.
Ro’yxatdan nusxa olish uchun copy() funksiyasi ishlatiladi.
meva1 = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
meva2 = meva1.copy() print(meva2)
['olma', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum']
Ro’yxatdan nusxa olishning boshqa usuli list() funksiyasi:
meva1 = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"]
meva2 = list(meva1) print(meva2)
Do'stlaringiz bilan baham: |