Element qiymatini o’zgartirish
List ro’yxatidagi istalgan element qiymatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun uning indeksi orqali murojaat qilib, yangi qiymatni biriktiramiz. Hozir ro’yxatdagi birinchi elementni o’zgartiramiz:
meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] meva[0]="anor"
print(meva)
['anor', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum']
Ro’yxat bo’ylab sikl
Ro’yxatdagi elementlarni for siklidan foydalanib ham tanlab olish mumkin. For sikli haqida batafsil alohida mavzuda bilib olasiz. Hozir esa bu sikl bilan elementlarni qanday ekranga chiqarishni ko’rib oling:
mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"]
for x in mashina: print(x)
Audi Mustang Ferrari
Do'stlaringiz bilan baham: |