74
4. Muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida keladi.
“K.g, -m.g, -k.g.”
Masalan:
“Albatta,
boramiz, -dedi u, - bormasak bo‘lmasov”.
(So‘zl.)
M.Asqarova muallif gapi va ko‘chirma gapning aralash holda kema-ket qo‘llanishini ham
ko‘rsatadi. Ya’ni: ko‘chirma gap + muallif gapi+ ko‘chirma gap+ muallif gapi. Masalan:
Buni
ko‘rib О‘rmonjon: “Ha, demak, hovuridan tushibdi” deb o‘yladi-da, eshik oldiga borib:
“Qayerda edingiz?”-deb so‘radi.
(A.Q.)
88
Nutqda o‘zganing gapi o‘zlashtirma gap shaklida bayon etilishi ham mumkin. О‘zlashtirma
gap faqat sintaktik tuzilishi o‘zartirilgan, ammo semantik jihatdan o‘z qiymatini yo‘qotmagan
o‘zganing gapi hisoblanadi.
О‘zlashtirma gap ko‘chirma gap asosida hosil qilinsa-da, sintaktik tuzilishi, ohangi jihatdan
undan farq qiladi. Xususan, ko‘chirma gapda keng qo‘llaniladigan
demoq
fe’lining rang-barang
ko‘rinishlari o‘zlashtirma gaplarda qo‘llanmaydi. Uning o‘rnida, asosan,
aytmoq, gapirmoq
fe’llari
ishlatiladi. Ko‘chirma gap tarkibida nechta gap qo‘llanmasin, o‘zlashtirma
gapga aylantirilganda
sodda gap shakliga keltiriladi. О‘zlashtirma gapda muallif gapining bosh bo‘laklari saqlanadi,
ko‘chirma gap esa birikmali to‘ldiruvchiga aylantiriladi. Qiyoslang:
“Uyni tozaladim”,- dedi qiz.
Qiz uyni tozalaganini aytdi.
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning nafaqat sintaktik tuzilishi, balki
uslubiy xususiyati ham o‘zgaradi. О‘zlashtirma gapda ko‘chirma gapda qo‘llangan kirishlar,
undov
so‘zlar tushirib qoldiriladi. Undalma esa jo‘nalish, chiqish kelishidagi vositali to‘ldiruvchiga
aylanadi. M.Asqarovaning qayd etishicha, undov gap, atov gap hamda ritorik so‘roq gaplarni
o‘zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo‘lmaydi.
89
Ko‘chirma gapli qurilmalar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gapning (o‘zga
gapining) zamoni o‘zgarmaydi. Masalan:
-Institutda o‘qiyapman, -dedi Iroda.
(So‘zl.)//
Iroda
institutda o‘qiyotganligini aytdi.
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda
uning faqat kesim shakli emas, balki
boshqa bo‘laklari (ega, qaratqich aniqlovchi) ham sintaktik jihatdan o‘zgarishga uchraydi.
Masalan:
“Ukamning o‘g‘li hozir shaharda yashayapti”, -dedi Olim//Olim ukasining o‘g‘lining
hozir shaharda yashayotganligini ta’kidladi.
Ko‘chirma gapning kesimi ot-kesim shaklida bo‘lganda, o‘zlashtirma gapda bu ot-kesimdan
so‘ng
ekanligini (emasligini)
so‘zlari yoki
–ligini
morfologik ko‘rsatkichi qo‘shiladi. Masalan:
«Otam - quruvchi», -dedi u. // U otasining quruvchi ekanligini (quruvchiligini) aytdi.
Ko‘chirma gap so‘roq gap shaklida bo‘lib, u o‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi
holat kuzatiladi: 1. So‘roq yuklamali ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning
kesimi bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklda takrorlangan to‘ldiruvchi vazifasidagi
sifatdosh holatiga
keltiriladi. Masalan
: «Saida keldimi?»- so‘radi u. // U Saidaning kelgan-kelmaganligini so‘radi.
2.
So‘roq olmoshli ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning kesimi
–ganligi //-
ganini
morfologik ko‘rsatkichlarini yoki
ekanligini
so‘zini qabul qilib, to‘ldiruvchiga aylanadi.
Masalan:
«Qachon kelding?»- so‘radi u. // U qachon kelganligimni so‘radi
. 3. Kesimi
bor
yoki
yo‘q
so‘zlari bilan ifodalangan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma
gapga aylantirilganda,
bor, yo‘q
so‘zlari juftlashgan holda to‘ldiruvchi vaziyatiga o‘tadi. Masalan:
«О‘g‘ling bormi?»- so‘radi u. //
U o‘g‘lim bor-yo‘qligini so‘radi.
Buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda buyruq maylidagi
fe’l-kesim
harakat nomi+ egalik affiksi+ kerak // lozim//zarurligini
shaklidagi to‘ldiruvchiga
aylantiriladi. Masalan:
«Uni xona olib kiring», - dedi tergov xodimi.//Tergov xodimi uni xona olib
kirish kerakligini aytdi.
Xullas, o‘zga gapli qurilmalar semantik-sintaktik tuzilishi, ohangi jihatidan murakkab
qurilishdagi tuzilmalar hisoblanadi. О‘zga gapli qurilmalar tarkibiy tuzilishi jihatidan o‘z (o‘ziniki)
va o‘zga gaplardan tashkil topadi.
An’anaviy grammatikada o‘zga gapli qurilmalarning, asosan, 3 turi qayd etiladi:
88
Asqarova M. Ko‘chirma gap // G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent:О‘qituvchi,
1987. - B. 244.
89
Ko‘rsatilgan asar. –B. 245 – 246.