6. Pul va kredit.
,,Kredit” –so’zi lotincha ,,kredit” so’zidan olingan bo’lib ishonch degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to’lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo’lib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo’lib pul va tovar hisoblanadi.
6. Banklar va boshqa moliya institutlari.
Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo’lib, mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste’mol qilish bilan bog’liq holda ko’rib chiqish zarurdir. O’zining amaliy faoliyatida banklar xo’jalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy ravishda bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog’onali kredit bank tizimi ko’p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Shuningdek O’zbekistonda ham banklar ikki pog’onali hisoblanadi.
- Markaziy bank.
- Tijorat banklari va maxsus-kredit institutlari.
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:
– tijorat banklar;
– investitsiya banklari;
– jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O’zbekistonda Xalq banki);
– ipoteka banki;
– savdo banklari;
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha banklar;
– tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |