2. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
3. Pul va uning iqtisodiy ro’li.
Pul- iqtisodiy kategoriya bo’lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir.
Pulning iqtisodiy ro’li.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan va jalb qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |