2. 2018 yilgi asosiy vazifalar 2018 yilda pul-kredit siyosatining, birinchi navbatda inflyatsiya darajasiga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etishga yo‘naltirilgan qat’iy kursi davom ettiriladi. Iqtisodiyotning kreditga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olgan holda 2018 yilda pul massasining o‘sish sur’atini 12-14 foiz atrofida ushlab turish ko‘zda tutilmoqda. Valyuta kursini shakllantirishning bozor mexanizmlariga o‘tish sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yirik banklarning ustav kapitaliga 670 mln AQSh dollari kiritildi. Natijada 2017 yil yakuniga kelib, bank tizimining jami kapitali 1,6 marta oshib, 23,7 trln so‘mni tashkil etdi va bu banklar tomonidan kapital va likvidlikning etarliligi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |