5. Kredit pullari va ularning turlari: veksel, banknota va chek. Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi.
6. Qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. Qog'oz pullar birinchi marta Xitoyda chiqarilgan. Va bu Shvetsiyaga qaraganda ancha oldin sodir bo'lgan. Buning ajablanarli joyi yo'q - bu qog'ozning tug'ilgan joyi deb hisoblanadigan davlat.Xitoylik savdogarlar uchun katta miqdordagi tangalarni tashish va ular bilan savdo bitimlarini tuzish noqulay edi. Qog'oz pullar metall quymalarga qaraganda osonroq va qulayroq bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan qog'oz pul ham ahamiyatsiz bo'lib qoladi, deb hech kim o'ylay olmas edi.
7. Pulning mohiyati. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).
8. Pul mohiyatining namoyon bo‘lish shakllari. Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |