1. Ilk merkantilistlar va ularning nazariy qarashlari. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari Avvalgi davrdagi iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo'ldi, bu merkantilizm ta'limotidir.«Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida o'z ifodasini topdi. Lugaviy ma'nosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi.
2. So‘nggi merkantilistlar va ularning nazariy qarashlari. Avvalgi yozuvchilarni baholash ayrim qiyin lekin qiziqarli muammolarni
keltirib chiqaradi. Bir muallifning o’z asarida nima demoqchi bo’lgani har doim turli
fikrlarga olib keladi.Yozuv tili noqaniq bo’lsa, uni izohlash qiyinlashadi.
J.M Keyns o’zining “…umumiy nazariyasi”ning merkantilistlarga bag’ishlangan
“Merkantilistlar haqida” deb atalgan qismida u ularni iqtisodiy rivojlanishga olib
keladigan chora-tadbirlar haqida tushunchaga ega bo’lgan iqtisodchilar sifatida
ta’rifladi. Lekin Adam Smit, boshqa klassik iqtisodchilar va an’anaviy iqtisodchilar
1776 qildan Keyns davrigacha merkatilist adabiyotlarini ahamiyatsiz deb
hisobladilar. Klassiklarning va Keyns nazariyasining hususiyatlarini solishtirsak
qarashlarda nima uchun bunday farqlarni mavjudligini tushunsak bo’ladi, albatta.
Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab chiqarishning real hajmini belgilab
beruvchi real omillarga asosiy e’tiborni qaratganliklari sababli ularning nazariyalari
faqat taklif tarafiga urg’u beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e’tibor qaratgan
bo’lsa ham u o’zining nazariyasi va mercantilist g’oyalari o’rtasida ma’lum darajada
bog’liqliklar mavjudligini bildi. U ularnin yetarlicha iste’mol qilmaslik g’oyasini
ma’qulladi va ularning pul miqdorining oshishi ishlab chiqarishni ko’paytiradi degan
fikrlarini to’g’ri deb baholadi. Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi
ichki sarflarni oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini oshiradi deb
hisoblaganlar.