Тошкент Молия институти Молия факультети сиртқи 2-мутахасислик
2-курс ММ-51к-2 гуруҳ талабаси КОДИРОВ ДИЛШОД “Пул ва банклар”
Pul va banklar fanidan keys studylar.
1-topshiriq. Quyidagi so’z va birikmalarga ta’rif bering
Avizo – (ital. aviso) – bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi to‘g‘risida rasmiy xa-barnoma. Banklar A. orqali mijozlarini amalga oshirilgan debit va kredit harakatlari, yozuvlari, hisob varag‘idagi qoldiqlar, pul o‘tkazmalarini to‘lash, chek talabnomasi, akkredetiv ochish va boshqa yozuvlar xususida xabardor qiladi.
Avuar – rans. avoir – mulk) – 1) bankning to‘lovlar to‘lanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablag‘lari (chek, veksel, pul o‘tkazmalari, akkre-ditivlar, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari); 2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablag‘lari. Bunday mablag‘lar odatda xorijiy A. deb ataladi va mablag‘ joy-lashtirilgan mamlakat yurisdiksiyasiga bo‘ysunadi; 3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlar
Akkreditiv – (lot. accredo – ishonaman) – 1) naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag‘i; 2) tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartno-maga ko‘ra amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) o‘ziga tegishli to‘lovlarni A. topshirig‘ida ko‘zda tu-tilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;
Aktivlar – Aktivlar - bu shaxs yoki biznesga tegishli pul qiymatidan iborat. Aktivlar kapital yoki qattiq, joriy, moddiy yoki nomoddiy deb tasniflanadi va moliyaviy hisobotlaridagi pul qiymatlari bo'yicha ifodalanadi (Quyidagi aktivlar turlariga misollarni qarang). Moddiy aktivlar pul, yer, binolar , investitsiyalar, inventarizatsiya, avtomobillar, qayiq yoki boshqa qimmatbaho buyumlar.
Aktsept – (лот. acceptus — қабул қилинган) — 1) фуқаролик ҳуқуқида таклифда (офертада) кўрсатилган шартларда шартнома тузишга розилик билдириш; халқаро ҳуқуқда шартнома шартлари билан боғланганлик тўғрисида бир томонлама ариза
Aktsiya – (frans. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Allonj – (frans. allonge – ulama) – vekselga ilova qilingan qo‘shimcha varaq, vekselning orqasida uning egasi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davom ettirishga mo‘ljallanadi. A. ga aval ham qayd etilishi mumkin.
Bank – (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. Banklar qaytarishlik, bank foiz toʻlovi va muddatlilik shartlarida oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobidan kreditlar beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, koʻchmas mulkni garovga olish, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor
Banknota – bank biletlari, kredit biletlari— markaziy emissiya banklari chiqaradigan qog‘oz pullar, kredit pullarning asosiy turi. B. pulning to‘lov funksiyasi asosida 17-asrda vujudga kelgan. Yirik davlatlarda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi B. chiqarishni davlat emissiya banklarining monopoliyasiga aylantirdi. Qog‘oz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinganidan keyin (20- a. 70- y.lari) B. haqiqiy qog‘oz pulga aylandi.
Valyuta – "Valyuta" kategoriyasi milliy va jahon xo’jaligi o'rtasida aloqa hamda o'zaro munosabatlarni ta'minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi.
Valyuta pariteti – ikkita valyuta o‘rtasida qonunchilik yo‘li bilan asos bo‘lgan nisbatdir.
Valyuta kursi – ushbu mamlakat milliy valyutasi pul birligini boshqa mamlakat valyutasining pul birliklarida aks ettirilgan narxidir.
Valyuta riski – Bunda valuta kursi qanchalik o'zgarmasin, bu. ikki shoxobchaning umumiy sof kutiladigan riski 0 ga teng bo'ladi,. ya'ni riskka barham beriladi.
Valyuta interventsiyasi – mamlakat markaziy bankining valyuta bozoriga va valyuta kursiga chet el valyutasining katta summasini sotib olish yoʻli bilan aralashuvi.
Valyuta zaxiralari – mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma (yombi) va tanga shaklida toʻplangan markazlashgan oltin rezerv fondi. O.-v.z.ga hukumat va markaziy banklarga tegishli boʻlgan oltin quymalari va oltin tan-galar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablaglari, xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qogʻozlari, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi (XVF)dagi rezerv pozitsiyalari kiradi.
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish – lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. D. i. ch.da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa i. ch. tarmoklari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Valyuta bozori – talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992 y. iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) V.b.ga boʻlinadi. Shuningdek, V.b. valyuta xatarini sugʻurtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi.
Davlat krediti – boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Devalvatsiya – (de va lot. valeo — qiymat) — milliy pul birligi kursining chet el valyutalari (erkin almashtiriladigan valyutalar, xalqaro hisob birliklari)ga nisbatan pasaytirilishi.
Depozit – lot. depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) — 1) bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday D.larning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor.
Deflyator – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi bahosining bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot bvirligi bahosiga nisbatan qanday darajada oʻzgarganligini bildiradi.
Deflyatsiya – iqtisodiyotda) , dezinflyatsiya — inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul mikdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.).
Dividend – (lot. dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi.
Diskont – (ing . discount — chegirma, lot. computare — hisobga olmoq) — 1) qimmatli qogʻozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali yoki uni qaytarib so-tib olishdagi narxi oʻrtasidagi farq
Denominatsiya – (de va lot. nominatio — nom) — valyutaning barkarorligini oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qogʻoz pul nominali (yozib qoʻyilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi oʻzgarmagan yangi pulga maʼlum nisbatda almashtirish.
Inflyatsiya – (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish) Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Indossament – Ордерли қимматли қоғоз бўйича талабдан бошқа шахс фойдасига воз кечиш ушбу қимматли қоғозга индоссамент талаб қилиш ҳуқуқини ўтказиш.
Indossant – (nem. Indossant), jirant — veksel boʻyicha oʻz huquqini boshqa shaxsga beradigan kishi. Huquqni oʻtkazish veksel orqasidagi oʻtkazma yozuvda qayd qilinadi.
Ipoteka krediti – Ipoteka krediti – bu uy-joy sotib olish uchun mo'ljallangan kredit turi
Kredit- boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit printsiplari – Kreditning qaytib berish.
Kreditning muddatliligi.
Kreditning ta’minlanganligi.
Kreditning maqsadliligi.
Kreditning to’lovlilik tamoyilla
Kontokorrent krediti – (ital. conto corrente— joriy hisob-kitob), kontokorrent hisob varagʻi — 1) muayyan bir mijoz bilan jami operatsiyalar qayd qilinadigan maxsus yagona bank hisob varagʻi. Mijozlarning qoʻyilmalarini saqlash hamda naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oshirishga xizmat qiladi, bir paytning oʻzida ssuda schetli joriy hisob varaq va yagona debet-kredit hisob varagʻi vazifasini bajaradi
Kross-kurs – ikki valyutaning kurs nisbati, valyutalarning uchinchi valyutaga kurs nisbatlari asosida aniqlanadi. Kurslardagi farqlar valyutalarni almashtirishda qoʻshimcha daromad olish yoki yoʻqotishlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Mas, soʻm dollarga bevosita almashtirilmay, kurslar nisbatiga qarab, dastlab yevro yoki funt sterlingga, soʻngra bu valyutalar dollarga almashtiriladi.
Limit – (lot. Limes — chek, chegara) — mat.ning muhim tushunchalaridan biri. Agar bir oʻzgaruvchiga bogʻliq ikkinchi oʻzgaruvchi birinchi oʻzgaruvchining oʻzgarish jarayonida a songa cheksiz yaqin-lashsa, a soni ikkinchi oʻzgaruvchi miqdorning limiti deyiladi.
Monetarizm – (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-asr ning 50-yillarida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va boshqa asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni afzal koʻradilar
Monetar siyosat – Monetaristlar pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb biladilar.
Monetizatsiya koeffitsienti – pul muomalasi tezligining teskari tomoni.
Muddatli valyuta operatsiyasi – Real valyuta bilan muddatga shartnomalar tashqi-iqtisodiy operatsiyalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish va xorijdagi kapital qo’yilmalarni sug’urtalash hamda arbitraj foydasini olish maqsadida tuziladi.
Majburiy zaxira siyosati – majburiy zaxira siyosati tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga, shu jumladan ... v) banklarning majburiy zahira me'yorlarini pasaytiradi, bu esa o'z navbatida Zamonaviy sharoitda majburiy zahiralar odatda bank omonatlarini sug'urta qilish funktsiyasi va bank kapitalini kengaytirishning butun tizimi
Nullifikatsiya – (lot. nullifi catio -yoʻqotish) — biror hujjatni yuridik kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish.
Obligatsiya- (lot. obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi.
Overdraft – bu mijozning amaldagi ish haqi kartasiga bank tomonidan taqdim etiladigan kredit turi.
Pul bozori – moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi.
Pul muomalasi – pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati.
Pulning xarid kobiliyati - mamlakat pul birligining muayyan miqdordagi tovar va xizmatlarga ayirboshlanish qobiliyati, pul birligiga sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Pul mablag‘lari – Pul har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi. Barcha iqtisodiy va biznes sub'ektlari muntazam ravishda operatsiyalarini amalga oshiruchi tranzaksiya hisoblanadi.
Revalvatsiya- (re... va lot. valeo — qadr-qimmatga egaman) —1) milliy valyuta — pul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyutapul birliklariga nisbatan rasmiy oshirish.
Svop – bu hosil bo‘luvchi moliyaviy dastak bo‘lib, unda valyuta ayirboshlash va bir vaqtning o‘zida muayyan muddatga alohida kurs bo‘yicha teskari kontr-bitimni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatni oladi.
Spot – (ing . spot — naqd, haqi darhol toʻlanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldisotdisi toʻgʻrisida birja yoki birjadan tashqari kelishuv turi. S shartlarida sotilgan tovar haqi darhol toʻlanadi, tovarning oʻzi esa haridorga ertasiga yetkazib beriladi. Oradagi bir kun mobaynida kelishuv hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini oʻtkazish ishlari bajariladi.
Senoraj – pul emissiyasi, ichki qarz, tashqi qarz, davlat obligatsiyalari ko’rinishidagi foyda daromad.
Stagnatsiya – (fransuzcha: stagnation, lotincha: stagnatio — qo'zg'almas, stagnum — turib qolgan suv so'zidan) — iqtisodiyotda pasayishdan oldin yuz beradigan, pasayish bilan birga kechadigan turgʻunlik holati bo'lib, ishlab chiqarish, savdoda ham kuzatiladi.
Stagflyatsiya – (lot. stagno — qoʻzgʻalmas qilaman va infl atio — shishmoq, puflangan) — iqtisodiyotda chuqurlashib borayotgan pasayish bilan oʻsib borayotgan inflyatsiyaning qoʻshilishi, iqtisodiyotning turgʻunlik, inflyatsiya bilan tavsiflanuvchi holati.
Tashqi qarz- davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi.
Tratta – (ital. tratta — oʻtkazma veksel) — tashqi savdodagi asosiy hisobkitob hujjati. Kreditorning qarzdorga (odatda, bankka) yozma buyrugʻi. Unda bankning uchinchi shaxs (remitent — takdimchi) ga yoki T.ni taqdim qilganga muayyan summadagi pulni toʻlashi koʻrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |