Pul, moliya va bank tizimi



Download 79,09 Kb.
bet1/10
Sana21.05.2022
Hajmi79,09 Kb.
#605606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 мавзу


XI-MAVZU. PUL, MOLIYA VA BANK TIZIMI



11.1. Pul tushunchasi va inflyatsiya
11.2. Pul qiymat o’lchovi va jamg’arma vositasi
11.3. Moliya va uning asoslari

11.4. Moliyaning vazifalari va moliya tizimi



  1. Pul tushunchasi va inflyatsiya



Pulning kelib chiqishi. Moliya, kredit va banklarning paydo bo’lishi va ularning faoliyati negizida pul yotadi. Pul inson kashfiyoti bo’lib, u juda qadimdan ma’lum. Pulning taqdiri ayirboshlashga borib taqaladi. Insonning yana bir muhim kashfiyoti bo’lgan ayirboshlash va uning rivoji pulni yuzaga keltirgan.
Pul birdaniga hozirgi shakliga aylangani yo’q. Bu uzoq davom etgan taraqqiyot natijasidir. Ayirboshlash boshida bevosita tarzda amalga oshgan, ya’ni tovar bevosita tovarga almashilgan. Bu jarayon kengayishi bilan vositachilik zaruriyati tug’iladi, uning oddiy shakllari murakkablashib, pulning va uning hozirgi holatining paydo bo’lishiga olib keladi.
Tarixda pul vazifasini sharoitga qarab turli tovarlar (masalan, tuz, asal, quritilgan baliq, sadaf, mo’yna kabilar) bajargan. Kengroq tarqalgani chorva bo’lgan. Lotinlarda pul "pessiya" deb atalib, chorva so’zidan olingan. Kapital "kapit" so’zidan olinib, bu ham lotincha chorva boshi degan mazmunni bildiradi. Tarixda halqasimon katta-kichik toshlar, bug’doy, un, choy, fil suyagi pul o’rnida ishatilganligi ma’lum.
Pulning paydo bo’lishidagi keyingi davr metall pullar bo’lib, bunda kumush va oltin etakchilik qilgan. Aytaylik, Buyuk Britaniya pul birligi funt sterlingning ma’nosi bir funt kumushni anglatadi. Rossiya pul birligi rubl kumushning bo’lagi, bo’lingan qismi ma’nosini bildiradi. Dollar va taller ham "tahler", ya’ni katta kumush tangalar degan ma’noni beradi.
Pulning eng keyingi ko’rinishi qog’oz pullar bo’lib, buning ham tarixi katta. Bundan oldin monetalar yuzaga keladi. Bu metall pullar bo’lagi bo’lib, mis, bronza, kumush, oltin monetalar bosilib chiqarilgan. Moneta so’zi yunonlarning monastir nomidan kelib chiqib, bunda tangalar yasalgan. Moneta tangalar barcha mamlakatlarga tarqalib ketgan. Tanga — monetaning paydo bo’lishi savdoda mayda pul zarurligidan kelib chiqadi. Moneta — og’irligi belgilangan, qadri muhrlangan metall bo’lagidir.
Uzoq vaqtgacha, hatto XX asrgacha, oltin pul vazifasini bajarib, xaqiqiy pul hisoblangan. Bunda oltinning noyobligi, qadrliligi va boshqa ko’p qulayliklar yaratadigan tabiiy xususiyatlarining ta’siri katta. Lekin uning pulga aylanishining asosiy sababi tovar ekanligi, zarur qiymatga ega bo’lishidadir. Ko’p vaqtgacha oltinning vakili sifatida qog’oz pullar kuchga ega bo’lgan. Kog’oz pullar monetalar o’rniga chiqarilgan. qogoz pullar birinchi marta qadamgi Хitoyda 1X asrda muomalada qo’llanilgan. So’ngra boshqa mamlakatlarda ham asta-sekin paydo bo’la boshlagan va hozir barcha mamlakatlarda qog’oz pullar asosiy pul bo’lib qoldi. Muomalada oltin pullar bo’lgan mamlakatning o’zi qolmadi.

Download 79,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish