Pul, moliya va bank tizimi



Download 79,09 Kb.
bet7/10
Sana21.05.2022
Hajmi79,09 Kb.
#605606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 мавзу

Moliyaviy axborotlarning iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baholashdagi o’rni katga. Bu moliyaviy yakunlar xususida o’z vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ishlab chiqarishni kuzatish, moliyaviy fondlar holati bo’yicha xalq xo’jaligi sohalarining muvozanati, bir-birlariga monandligi kabilarni aniqlash imkoni tug’iladi.
Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati ma’lum o’rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Chunki, auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xo’jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etadi, ekspertizasini bajaradi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o’z vaqtida etkazib beradi. Ma’lumki, bunday xizmat moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o’sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslari-ning to’g’ri yo’nalishda bo’lishi va ularni samarali sarf- lash moliya faoliyatiga, uning vazifalari reallashuviga bogliq. Ko’rib chiqqanimizdek, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish pul mablag’lari bilan ta’minlanishdan boshlanadi. Shu yo’lda moliya o’z vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi. Bular qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya, foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sug’urta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya, kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib moliya resurslarini tashkil etadi.
Ana shu resurslar orqali moliyaning ta’siri va harakati amalga oshadi. Aytaylik, amortizatsiya fondi va foy-daning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi, bularning ko’payish rezervlari ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish rezervlari demakdir. Agarda bular etarli bo’lmasa, texnika, texnologiyaga sarf etish kamayadi va ishlab chiqarish o’sishi susayadi. Yoki dividendlarni olaylik. Bular yuqori bo’lsa, aktsiya chiqargan kompaniyalar ahvolining yaxshiligidan darak beradi, ularning moliyaviy holati yaxshi bo’lib, aktsiya kursi oshadi, qo’shimcha kapital kelishi, umuman iqtisodiy o’sish tezlashadi.
Moliyaviy resurslarda asosiy o’rinni foyda va milliy boylik tutadi. Bular iqtisodiy o’sish manbaini tashkil etadi. Foyda, sof daromad sifatida investitsiya, turli rezervlar, sug’urta va ijtimoiy fondlarni uyushtirish uchun taqsimlanadi.
Moliyaviy resurslar pul shaklida bo’lganligi tufayli ular moddiy ta’minlanish orqaligina iqtisodiy kuchga ega bo’ladilar. Agarda ularni mahsulot bilan qoplash imkoni bo’lmasa, uning iqtisodiyot uchun, ayniqsa ishlab chiqarish uchun hech qanday ta’siri bo’lmaydi.
Moliyaviy resurslar ikki turga, ya’ni mikroresurslar va makroresurslarga bo’linadi. Mikroresurslar markazlashmagan bo’lib, korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. Bunga qarzga olingan pullar ham kiradi. Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bo’lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda jamg’ariladi. Shu bilan birga boshqa fondlar ham mavjuddir.
Bozor iqtisodiyotida, albatta, mikroresurslar asosiy o’rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtasodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern, korporatsiya, birlashma, korxona kabilarning moliyasi asos bo’lib hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o’rinda bo’ladi.
Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi: 1) o’zini-o’zi moliyalashtirish, 2) qarz olish (kredit), 3) zaruriy holatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish. Birinchi usulda
pul mablag’lari, resurslari har bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan o’z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish hisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar hisobiga moliyalashtirish zaruriyati tug’ilishi bilan moliya resursi paydo bo’ladi va shu asosdagi sarmoyalar ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyoti talabi bo’yicha sarmoya va mablag’larning erkin harakati ta’minlanadi. Bu albatta moliya bozorining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliya bozori milliy va xalqaro miqyosda bo’lib, bunda pul mab-lag’larining erkin harakati shakli tushuniladi. Har qanday bozor shakliga o’xshab, pul bozorining ham ob’ekt va sub’ektlari mavjuddir. Moliya bozorining ob’ektlari asosan qimmatbaho qog’ozlar, pul, qarz pul kabilardir. Aktsiya, obligatsiya, chek, veksel kabilar qimmatbaho qorozlar bozorining ob’ektini tashkil etsa, qarz pullar kredit bozorining ob’ekti hisoblanadi. Moliya bozorida pul egalari va ularga muhtojlar uning sub’ektlari hisoblanadi. Bularning o’rtasidagi bevosita munosabat va oldi-sotdi moliya bozorining mazmunini bildiradi. Bu jarayonda talab va taklif ta’siri hamda erkin baho asos bo’lib xizmat qiladi.
Moliya bozori bo’sh pul mablag’larini jamg’aradi va ma’lum maqsadni mo’ljallagan holda ularni moliyaviy resurslarga aylantiradi. Bu aholi qo’lidagi harakatsiz yotgan pullarni ishga solishda ayniqsa qo’l keladi. Ka-pitalga aylangan pul mablag’larining tarmoqlar o’rtasi-dagi harakatini, ularning sohadan sohaga ko’chishini ta’-minlab, erkin ko’chib yurish, pul resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda moliya bozorining ta’siri katta. Masalan, kompyuter sanoati tezlik bilan o’sib borar ekan, demak, buning uchun katta mablag’ zaruriyati tug’iladi. Buning uchun bu sohaga keng miqyosda pul kapitali darkor. Metallurgiya kengaymasa, hatto qisqarib borsa bundagi pul kapitali erkin holda boshqa tarmoqqa, misolimizdagi kompyuter sanoatiga ko’chishi kerak. Chunki, bu erda talab yuqori, foyda katta, demak, baho ham yuqori, metallurgiya va shunga o’xshash tarmoqlarda esa talab kam, foyda nisbatan past. Bu moliya bozori orqali hal qilinadi. Pul sarmoyalari erkin holda, ya’ni oldi-sotdi tarzida eng zarur tarmoqlar tomon harakat qiladi, pul resurslari bilan ta’minlash normallashtirilib boriladi.

Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig’indisi, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari hamda moliya siyosatini tushunish kerak.


Mikroiqtisod va makroiqtisod mavjud bo’lganidek moliya tizimida ham mikromoliya va makromoliya mavjuddir. Mikromoliya birlamchi bo’lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashqi moliyaviy, pul bilan bog’langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o’zlari pul topib, o’zlari taqsimlab, o’zlari ishlatadilar.
Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jumladan ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o’z ichiga olsa, tashqi aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga oladi. Mikromoliyada xo’jaliklar o’z moliyalarini shakllantiradilar va tashqi moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatdan olingan foyda, korxona sotib olingan bo’lsa, o’z ishchi va xizmatchilaridan tushadigan pul, shuningdek, firma sotgan aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag’lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliyasi albatta, o’z faoliyatlari natijasi bo’lib, avvalo u foyda darajasi va miqdoriga bog’liqdir. Ko’rinib turibdiki, bu xo’jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o’z hissasining ortib borishi, o’zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko’paytirib o’z ishini o’zi moliyalashtirish darajasida bo’lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini tug’diradi. Moliyaviy qaramlik har bir firma uchun doimo qiyinchilik tug’diradi. Mikromoliyadagi tashqi majburiyatlarni olsak, bular soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, sug’urta pulini to’lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz qismi hamda foizini to’lash kabilarni o’z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish hamda asosiy kapital qismini yangilab borish aylanma kapitaliga qo’shilish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o’z ishchi va xizmatchilarini rag’batlantirish uchun, sarmoyalarni ko’paytirish uchun harakat qilinadi.
Mikromoliyada aktsiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo’lishi mumkin. Aktsiya qimmatbaho qog’oz bo’lib, u korxona kapitalida ishtiroklilikni bildiruvchi hujjatdir. Aktsiya daromad keltiradi. Bu dividend deyiladi. Obligatsiya esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmatbaho qog’oz bo’lib, bu ham foiz turida daromad keltiradi.
Keyingi vaqtlarda hissadorlik jamiyatlari ko’payib, aktsiyalarning korxonalar iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aktsiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo’ladi va aktsioner ovoz berish xuquqiga ega bo’ladi. Imtiyozli aktsiyada esa daromad oddindan belgilanib, kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas.
Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo’lib, bozorda uning xaridorlari ko’p, bahosi esa oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aktsiya kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega.
Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o’z ichiga oladi, ya’ni bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib ketadi. Aralash iqtisodiyot xususiyatiga ega bo’lgan davlat iqtisodiyotining moliyasi ham bozor va nobozor munosa-batlaridan iborat bo’ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi tarkibi murakkab bo’lib, davlat byudjeti, uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va korxonalar moliyasi kabilarni o’z ichiga oladi.
O’tgan davr mobaynida bank tizimi iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlaridan hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni
rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi.
Jumladan, Buxoro va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko’kdumaloq neft koni, kimyo sanoatida “Navoiyazot” Qizilqum fosfor zavodi, Sho’rtan gaz-kimyo kombinati, YAngiyo’l tsellyuloza-qog’oz fabrikasi, Asaka avtomobil zavodi va unga tutash bo’lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi o’ndan ortiq qo’shma korxona qayta qurilib, ishga tushirildi.




Download 79,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish