Pul, moliya va bank tizimi



Download 79,09 Kb.
bet8/10
Sana21.05.2022
Hajmi79,09 Kb.
#605606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 мавзу

Moliya tizimi

Davlat moliyasi daromadlari avvalo, aytganimizdek, milliy daromad va milliy boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo’ladi. Aniq holda davlat ixtiyoriga tekkan qismi hiso-biga shakllanadi. Buning ichki manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir.


Soliqlar davlat byudjetining manbai bo’lib, xo’jalik faoliyatini rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajaradi. Albatta soliqning ob’ekt va sub’ektlari bo’lib, uning normasi, imtiyozliligi ham mavjud.
Davlat zayomlari qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida qo’llaniladi. Ular markaziy, mahalliy bo’lib, muhlati tugagach davlat tomo-nidan sotib olinadi. Emissiya qo’shimcha pullar chiqarish bilan bog’liq bo’lib, qo’shimcha daromaddir, ya’ni o’z xarajatlarini qoplay olmaganda qo’llash mumkin bo’lgan vosita hisoblanadi. Kredit emissiyasi ham bo’ladi. Basharti soliq va zayomlar etarli miqdorda bo’lmasa, emissiyadan foydalanishadi.
Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqgisodiy faoliyatidan keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara haqlari, davlat mulkini sotish kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir. Albatta bu va bularga o’xshash daromadlar davlat xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat moliyasining ikkinchi tomoni umumdavlat xarajatlaridir, bular asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi, ya’ni davlatning investitsiya ajratmalari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar, davlat boshqaruvi kabilarning moliyaviy manbai asosan uning byudjetidir. Davlat byudjeti asosiy xarajatlari-ning to’rt asosiy xili mavjud: 1) ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish; 2) davlatga qarashli maorif, sog’liq-ni saqlash, ijtimoiy ta’minot; madaniyat tarmoqlarini pul bilan ta’minlash; 3) mavjud davlat idoralari xarajatlari; 4) mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu to’rt xil xarajatlarni
to’la qoplashi zarur.





Davlat byudjetining asosiy xarajatlari strukturasi

Byudjet kamomadi bu xarajatlarni qoplay olmasligi bilan bog’langan bo’lib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. Bunday ahvol ko’pincha qo’shimcha soliqlar kiritish, emissiyadan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish kabilarga olib keladi. Davlat byudjetining taqchillik holati salbiy holatga o’xshab ko’rinadi. Amalda hamma vaqt ham buni juda xavfli deb bo’lmaydi. Barcha mamlakatlar, hatgo eng rivojlangan mamlakatlar davlat byudjetida ham bunday axvolni uchratish mumkin. Gap taqchillik darajasida va uning xususiyatida-dir. Taqchillik juda katta va uni kamaytirishning iloji bo’lmasa, albatta bu iqtisodiy xavf turg’dirishi mum-kin. Shu bilan birga byudjet iste’mol yo’nalishida bo’lsa va uning kamomadi shu bilan bog’liq bo’lsa, bu ham xatarli. Agarda byudjet taqchilligi iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishi bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish investitsiyasi yuqori darajada bo’lsa, buning qo’rqinchli tomoni yo’q. Chunki, bu xalq xo’jaligining istiqbolli tuzilishini yaratish, samaradorlikni oshirish va umuman, iqtisodiy o’sishni ko’zlagan xarajatlar bo’lib, bu o’zini tezda oqlashi mumkin.


Byudjetdagi muvozanatni ta’minlash va undagi taqchillikni qoplash asosan iqtisodiy rivojlanish, byudjet daromadlarini oshirish tufayli amalga oshiriladi.
Makromoliyaga bevosita davlat moliyasidan tashqari bir qancha fondlar kiradi. Ijtimoiy sug’urta, nafaqa, aholini ish bilan ta’minlash, yo’l qurilishi, tabiatni muhofaza etish, tarixiy yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga, harbiylarga yordam berish, innovatsiya, korxonalarga yordam (sanatsiya) kabi fondlar shular jumlasidandir.
Bu xildagi moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya’ni ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin xarajatni qoplash shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda ochiq ifodalanadi.
Bular ichida sug’urta fondlari katta o’rin egallaydi. Ma’lumki, sug’urta moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug’urtalangan aholi va xo’jaliklarning pul manbaidan iborat bo’lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir qismini sug’urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug’urta fondi paydo bo’ladi. Sug’urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Sug’urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli
asosida yuzaga keladi. Sug’urta ob’ekti xilma-xildir. Shunga ko’ra u ikkiga bo’linishi mumkin: mol-mulk sug’urtasi va ijtimoiy sug’urta. Mol-mulkka boylik turlarini sug’urtalash kirsa, ijtimoiy sug’urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. Tadbirkorlik xavf-xatarini sug’urtalash ham paydo bo’lib, kengaymoqda.
Ijtimoiy sug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul resurslari ko’paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot hamda shaxsiy mablag’lar. Bular jamiyat a’zolarining mehnatga yaroqsiz, o’zini ta’minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug’urta ham kengaymoqda. Bundan maqsad insonlar sog’lig’ini saqlash bo’lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam berishni tashkil etish, sug’urtalanganlarning salomatligini ta’minlash bilan bog’iq xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug’urta fondi ham davlat, korxona, firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o’z xohishlari bilan ajratadigan pul mablag’laridan tarkib topadi.

Download 79,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish