Pul massasi va uni tartibga solish muammolari


O’zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining tarkibi, foizda21



Download 439,73 Kb.
bet10/12
Sana23.01.2022
Hajmi439,73 Kb.
#405663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pul-massasi-va-uni-tartibga-solish-muammolari

O’zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining tarkibi, foizda21




01.01.2016y.

01.01.2017y.

01.01.2018y.

Muomaladagi naqd pullar

25,2

25,3

26,6

Milliy valyutadagi depozitlar

60,5

57,9

38,3

Xorijiy valyutadagi depozitlar

14,3

16,8

35,1

M2 pul agregati – jami

100,0

100,0

100,0

2-jadval ma'lumotlari ko’rsatadiki, depozitlar M2 pul agregati tarkibida nisbatan yuqori salmoqni egallaydi. Bunday sharoitda M2ni pul- kredit siyosatining indikatori sifatida tanlash amqsadga muvofiq hisoblanadi.

E.Xansenning fikriga ko’ra, pul taklifini cheklash yo’li bilan inflyasion ko’tarilishni to’xtatib bo’lmaydi. Demak, pul siyosati inflyasiyaga qarshi kurashning yagona vositasi sifatida bir tomonlama va xavfli qurol hisoblanadi22.

Fikrimizcha, E.Xansenning pul taklifini cheklash yo’li bilan inflyasiyaga qarshi kurashish muammosini hal qilib bo’lmasligi to’g’risidagi xulosasi respublikamiz amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida pul-kredit siyosati, byudjet siyosati va fiskal siyosat o’rtasidagi mutanosiblik ta'minlanmagan. Xususan, Markaziy bank tomonidan inflyasiya darajasini pasaytirishga qaratilgan siyosat olib borilayotgan hozirgi sharoitda qo’shilgan qiymat solig’i va aksiya solig’ining stavkalari yuqoriligicha qolmoqda. Holbuki, egri soliqlar mahsulotlar va xizmatlarning bahosida hisobga olinadi va shu sababli, ularning stavkalarini yuqori ekanligi tovarlar va xizmatlar baholarining oshishiga olib keladi.

Shuningdek, Hukumatning qimmatli qog’ozlarini mavjud emasligi Markaziy bankka ochiq bozor operatsiyalari orqali mamlakatning bank tizimida yuzaga keladigan ortiqcha likvidlilikni olib qo’yish imkonini bermaydi. Buning ustiga, Davlat byudjeti xarajatlarini oshirish yo’li bilan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirish imkoniyatidan ham foydalanila olayotgani yo’q.

Shu o’rinda ta'kidlash joizki, R.Xarrodning pul-kredit siyosati va moliya siyosati o’rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash xususidagi xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi.

R.Xarrod tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari ko’rsatdiki, pul-kredit va moliya siyosati jamg’arma me'yorini o’zgartirishga xizmat ko’rsatadi. Bundan maqsad – iqtisodiyot o’sishining potensial imkoniyatlariga muvofiq ravishda to’liq bandlik va barqaror o’sishni ta'minlashdir23.

R.Xarrod iqtisodiy fanga birinchi bo’lib tabiiy va kafolatlangan iqtisodiy o’sish sur'atlari tushunchalarini kiritdi. Iqtisodiyotning tabiiy o’sishi daromadlarning dinamikasi va jamg’arishga moyillikka bog’liq ravishda shakllanadi. Iqtisodiyotning kafolatlangan o’sishi esa, davlat tomonidan jamg’arma me'yorini tartibga solish va investitsiyalarda bevosita davlatning ishtirok etishi natijasida ta'minlanadi.

R.Xarrod xulosalarining O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim amaliy jihati shundaki, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida iqtisodiy o’sishning tabiiy va kafolatlangan sur'atlari o’rtasidagi mutanosiblik ta'minlanmagan. Ya'ni, 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab, respublikamizda valyuta siyosatini liberallashtirishning boshlanishi bilan milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanish sur'ati qariyb ikki martani tashkil etdi. Bu esa, investitsiya me'yorini pasayish xavfini yuzaga keltirdi va iqtisodiyotning kafolatlangan tarzda o’sishini ta'minlashga to’sqinlik qiladi.

Bundan tashqari, milliy valyuta-so’mning muomalaga kiritilgan vaqtdan (1994 yil 1 iyul) 2018 yilgacha bo’lgan davrda qadrsizlanish sur'atining nihoyatda yuqori bo’lganligi xorijlik investorlar oladigan daromadlarning real qiymatini sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Shu jihatdan olganda, milliy valyutaning devalvatsiya darajasi investitsiyalar oqimiga va shu orqali makroiqtisodiy o’sish sur'atlarining barqarorligiga nisbatan salbiy ta'sirni yuzaga keltirdi.

R.Xarrodning fikriga ko’ra, jamg’arma me'yorini tartibga solishning eng yaxshi instrumenti bo’lib, moliya siyosati hisoblanadi. Davlat o’zining fuqarolariga qanchalik ko’p ijtimoiy kafolatlar bersa, odatda, jamg’arma me'yori shunchalik past bo’ladi. Pul siyosati esa, xo’jalik yurituvchi sub'ektlarni banklar tomonidan kreditlash jarayonini qo’llab-quvvatlash yoki cheklashga qaratiladi.

R.Xarrodning ushbu xulosasi O’zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, davlat tomonidan aholiga beriladigan ijtimoiy kafolatlar hajmini oshirib borish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda (Davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizdan qismini ijtimoiy xarajatlar tashkil etadi); ikkinchidan, tijorat banklarining kredit emissiyasini rag’batlantirish siyosati amalga oshirilmoqda.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining depozit bazasini mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo’li bilan ular tomonidan istiqbolli investitsiya loyihalarini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash hajmini oshirish vazifasi qo’yilgan. Biroq, pul-kredit siyosatining tijorat banklarining kredit emissiyasini rag’batlantirishga to’sqinlik qilayotgan ayrim omillarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana shunday omillardan biri – bu O’zbekiston Respublikasi

Markaziy bankining majburiy zaxira talabnomalarining yuqori ekanligi hisoblanadi. Markaziy bank majburiy zaxira talabnomalarining yuqori ekanligi nafaqat tijorat banklarining kredit emissiyasini rag’batlantirishga nisbatan, balki banklarning likvidliligiga nisbatan ham salbiy ta'sirni yuzaga keltiradi. Holbuki, majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining milliy valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamidan olib qo’yilmoqda.






Download 439,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish