7-rasm. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira talabnomalari24
2009 yilning sentyabr oyidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddatlariga bog’liq ravishda tabaqalashtirildi (7-rasm).
7-rasm ma'lumotlaridan yaqqol ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddatlariga bog’liq ravishda tabaqalashtirilgan va majburiy stavkalari nisbatan yuqoridir. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarining kredit emissiyasini rag’batlantirishga to’sqinlik qiladi.
Pul taklifini tartibga solishning ilmiy-nazariy qarashlarini tadqiq qilish natijalari ko’rsatadiki, birinchidan, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo’lgan talab va ular taklifini boshqarish hamda ularning daromadliliga ta'sir etish orqali kapitalning maqbul daromad me'yoriga ta'sir etishlari mumkin; ikkinchidan, Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun yetarli darajadagi imkoniyatlarga ega bo’lib, inflyasiya sof pul fenomeni bo’lganligi va ko’p omilli jarayon emasligi sababli, pul massasini tartibga solish yo’li bilan inflyasiyani jilovlash mumkin; uchinchidan, pul massasining yillik o’sish sur'ati qat'iy ko’rsatkich sifatida belgilab qo’yilishi va mazkur ko’rsatkichning bajarilishini Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi zarur; to’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlanganligi uning tarkibida depozitlar miqdorining nisbatan katta ekanligi bilan izohlanadi.
Xulosa
Pul muomalasining eng muhim miqdoriy ko’rsatkichi bu pul aylanmasi bo’lib, u iqtisodiy aylanmani ta’minlaydigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli bo’lgan sotib olish va to’lov vositalarining umumiy miqdoridir.
Pul massasi - bu jismoniy shaxslarga, institutsional egalariga va davlatga tegishli bo’lgan xalq xo’jaligidagi tovarlar va xizmatlarning aylanishini ta’minlaydigan naqd va naqdsiz sotib olish va to’lov vositalarining kombinatsiyasi.
Pulga bo’lgan talab va taklifni aniqlash pul muomalasini tartibga solishning eng asosiy masalasi hisoblanadi. Xuddi shuning uchun ham ushbu sohada ko’pgina izlanishlar olib borilgan, turlicha nazariy qarashlar mavjuddir.
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
O’rganishlar natijasida, muomiladagi pul massasi 2013 yildan 2020 yil 1 yanvar holatiga qadar o’sish holatida bo’lganligini ko’rsatdi. Jami muamaladagi pul massasi (M2) 2013 yilning 1 fevral holatida 23,7 trln so’mni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yil 1 yanvar holatiga kelib 91,3 trln. so’mni tashkil etgan. 2020 yilda o’sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 13,8 foizni tashkil etgan. Bunda, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga ortgan (62,8 trln. so’m).
Muomaladagi naqd pullar miqdorining o’sish sur'ati umumiy pul massasi o’sishiga nisbatan past bo’lib, 9,4 foizni tashkil etdi. Natijada, umumiy pul massasidagi naqd pullar ulushi 2019 yil boshidagi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi.
Monetar siyosat har qanday davlatda pulga bo’lgan talab va pul taklifini, pul massasi, kredit, moliya bozorlari va bank tizimi likvidliligini, to’lov balansini hamda iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va samarali vositasi bo’lib qolaveradi. Bu esa rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribalarini yanada chuqurroq o’rganishni, ularning yo’l qo’ygan xatolarini takrorlamaslikni, global inqiroz sharoitida monetar siyosat samaradorligini oshirishda tegishli ilmiy-nazariy xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Pul taklifini tartibga solishning ilmiy-nazariy qarashlarini tadqiq qilish natijalari ko’rsatadiki, birinchidan, hukumat va Markaziy bank, moliyaviy aktivlarga bo’lgan talab va ular taklifini boshqarish hamda ularning daromadliliga ta'sir etish orqali kapitalning maqbul daromad me'yoriga ta'sir etishlari mumkin; ikkinchidan, Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun yetarli darajadagi imkoniyatlarga ega bo’lib, inflyasiya sof pul fenomeni bo’lganligi va ko’p omilli jarayon emasligi sababli, pul massasini tartibga solish yo’li bilan inflyasiyani jilovlash mumkin; uchinchidan, pul massasining yillik o’sish sur'ati qat'iy ko’rsatkich sifatida belgilab qo’yilishi va mazkur ko’rsatkichning bajarilishini Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi zarur; to’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasida M2 pul agregatining pul-kredit siyosatining indikatori sifatida tanlanganligi uning tarkibida depozitlar miqdorining nisbatan katta ekanligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |