1-rasm. Pul massasi tarkibidagi asosiy ikki komponent2
Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb yuritiladi. Ushbu pullarning tarkibiga nisbatan nast likvidli va to’lov vositasi sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog’ozlar kiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda hali ham pullarning miqdoriy nazariyasi ommaviy hisoblanadi. Agar metallistik va nomishalistik nazariyalar pullarning mohiyati haqidagi masalani talqin qilishgan bo’lsa, pullarning miqdoriy nazariyasi tovarlarning nisbiy qiymati, pullarning xaridchilik qobiliyagi va uning o’zgarishi sabablari haqidagi savolga javob berishga harakat qiladi. Ushbu konsepsiya asoslarini J.Lokk asarlarida, lekin yanda tugallashan shaklda - J.Vanderlint (1740 yidda vafot etgan), Sh.Monteske (1689-1755) va D.Yum (1711-1776) asarlarida topish mumkin. D.Rikardo (1772-1823) ham pullarning miqdoriy nazariyasi tarafdori bo’lgan.
Agar merkantilistlar mamlakatda pullar kancha ko’p bo’lsa, bu shuncha yaxshi, chunki bunday hol savdo va sanoatning ravnaqini taqozo etadi, deb hisoblashgan bo’lishsa, unda Devid Yum muomaladapi pullar sonining ko’payishi mamlakat boyligini ifodalamaydi, balki faqat tovarlar narxlarinish o’sishiga olib kelishini isboglashga uringan. Shuning uchun u pullarning qiymati muomalada yurgan pullarning soni bilan belgilanadi va mutlaqo fiktiv miqdordan iborat bo’ladi, deb hisoblangan3.
Yevropada XVI-XVII asrlarda yuz bergan «narxlar revolyustiyasi» pullarning miqdoriy nazariyasi vujudga kelishining bevosita sababi edi. Yevropaga Amerikaning arzon oltini va kumushining olib kelinishi va ularni qazib olish qiymatining pasayishi tovarlar narxlarining jadal o’sishiga olib keldi. D.Yum bunday favqulodda shart-sharoitlarni tipik deb hisoblagan, lekin ilmiy taxlil butunlay teskari yondashuvni talab qilgan. D.Yum ham pullarning miqdoriy nazariyasining shundan keyingi tarafdorlari (D.Rikardo, J.Mill va boshqalar) singari oltin tangali standart sharoitida muomalada yurgan pullarning miqdori avvalo sotiladigan tovarlarning qiymatiga va yanada aniqroq qilib aytganda, ular narxlarining summasiga bog’liq bo’lishini tushunishmagan.
Shunday qilib, klassik miqdoriy nazariya uchun uchta qoida:
1) sabablilik (narxlar nullarning massasiga bogliq bo’ladi);
2) mutanosiblik (narxlar pullar miqdoriga mutanosib ravishda o’zgaradi)
3) universallik (pullar miqdorining o’zgarishi hamma tovarlarning narxlariga bir xilda ta'sir qiladi) xos bo’lgan.
Pullar shakllarining rivojlanishiga qarab pullar massasi turli hildagi miqdordan iborat bo’ladi va nafaqat naqd pullarni, shu bilan birga turli shakllardagi bank omonatlarini ham o’z ichiga oladi. Narxlari turli tusda oshib boradigan tovarlarning har xil guruhlari ham pul massasining ko’payishiga turlicha munosabatda bo’ladi. Shuning uchun pullarning miqdoriy nazariyasining shundan keyingi rivojlanish unga ekonometrik tahlil apparati va narxlar bo’yicha mikroiqtisodiy nazariya elementlarining qo’shilishi bilan bog’liq.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo’shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to’langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo’lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o’xshatmoqchi bo’ladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta'sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur'atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur'ati darajasida ta'minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu yerda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.
Pulga bo’lgan talab va taklifni aniqlash pul muomalasini tartibga solishning eng asosiy masalasi hisoblanadi. Xuddi shuning uchun ham ushbu sohada ko’pgina izlanishlar olib borilgan, turlicha nazariy qarashlar mavjuddir. Tahlilning to’laligiga intilmasdan mazkur sohadagi ayrim fundamental tadqiqotlarni ko’rib chiqaylik.
Xalqaro Nobel mukofotining sohibi M.Fridmen va uning izdoshlari tomonidan ilgari surilgan pulga talab nazariyasida ishlab chiqarish jarayonlaridan tashqarida shakllanadigan omillarga, ya'ni ekzogen omillarga asosiy e'tibor qaratiladi.
Haqiqatan ham ta'kidlab o’tish joizki, M.Fridmen tomonidan yaratilgan “pulga bo’lgan talabning barqaror funksiyasi” konsepsiyasiga ko’ra4, pulga bo’lgan talab kassa qoldiqlari va nominal daromadning o’sishiga mos ravishda kamaymaydi. Pulga bo’lgan talab har bir davriy oraliqda barqaror miqdor sifatida saqlanib qoladi, pul taklifi esa o’zgarib turadi. Chunki, pul taklifidagi o’zgarish investitsiyalar va shaxsiy iste'mol hajmiga ta'sir ko’rsatadi. Shaxsiy iste'molning hajmi esa, nominal daromadning dinamikasiga mutanosib tarzda o’zgaradi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida pulning to’lov vositasi funksiyasini bajara oladigan moliyaviy instrumentlar (tijorat veksellari, cheklar, elektron pul va h.z.) muomalasi takomillashdi, o’zaro talab va majburiyatlarni so’ndirishga asoslangan hisob-kitob usullari ham joriy qilindi5. Ushbu holatlarni hisobga oladigan pulga bo’lgan talabning kengaytirilgan formulalari ham paydo bo’ldi6. Lekin, yuqorida qayd etilgan formulalarning barcha elementlarini zamonaviy statistika ma'lumotlari orqali hisoblab bo’lmaydi. Bu holat ularning amaliy ahamiyatini yo’qqa chiqaradi.
Xuddi shuning uchun ham zamonaviy statistikaga asoslangan pulga bo’lgan talabni aniqlaydigan modellar ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |