8-mavzu: Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari
1.Kredit munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi omillar.
2.Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari.
3.Kredit munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
4.O’zbekistonda kredit munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Krediy
munosabatlari
rivojlanishini
belgilovchi
omillarga
quyidagilar kiradi:
1.Iqtisodiyotning rivojlanishi;
Iqtisodiyot rivojlanish bosqichida bo’lgan davlatlarda kreditlarga
bo’lgan talab ortadi. Kreditlash jarayonidagi risklar kamayadi.
Kredit munosabatlari siklik mazmunga ega bu iqtisodiyotning
siklik rivojlanishi bilan bog’liq. Rus olimi Kondrativ iqtisodiyotning
siklik rivojlanishi haqida fikr bildiradi.
2.Bank tizimining rivojlanganlik darajasi.
3. Kredit oluvchining to’lovga bobilligi.
4. Iqtisodiy inqirozlarning yuzaga kelishi.
5.Markaziy bank monitar siyosatining o’zgarishi.
Agar mamlakatda inflatsiyaning kuchayishi havfi yuzaga kelsa
yoki milliy pulning qadirsizlanish sur’ati oshsa, Markaziy bank milliy
valyutadagi pul massasini kamaytirishga qaratilgan monetar siyosatni
amalga oshiradi.
Muomaladagi pul massasining 90% dan ortiq qismi tijorat
banklarining kredit emissiyasidir.
6. Siyosiy risk darajasi.
Siyosiy risk – mamalakatda siyosiy vaziyat yomonlashishi
natijasida zarar ko’rish havfidir.
7.Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganlik
darajasi. Bunda xalqaro moliya institutlari bilan bo’ladigan hamkorliklar
ham kiradi.
2-reja savoli.
Kredit munosabatlari 1- rivojlanish bosqichi sudxo’rlik kreditning
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Tarixiy manbalar ko’rsatadiki, sudxo’rlik
krediti eramizdan oldingi IV asrda qadimgi Gretsiyada paydo bo’lgan.
Sudxorlik kreditining xususiyatlari:
1.Juda qisqa muddatga beriladi;
2.Juda yuqori foiz evaziga beriladi;
Tarixchi Plutarhning yozishicha qadimgi Gretsiyada sudxo’rlik
kreditining yuqori foiz stavkasi 570% ga etgan. Evropada uning foiz
stavkasi 50-100%bo’lgan.
3.Sudxo’rlik krediti 3 xil shaklda berilgan:
a)Tovar;
b)pul;
c)aktivlarni ijaraga berish shaklida.
II. Tijorat kreditining paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Tijorat krediti tovarlarni to’lovini kechiktirgan holda sotishdir.
O’rta asrlarda Evropada tijorat krediti juda rivojlandi.
III. Bank kreditining paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq.
Agar banklarning 1-bo’lib Italiyada paydo bo’lganligini hisobga olsak,
bu bosqichning boshlanish davri X asrga to’g’ri keladi.
Bank kreditlarining rivojlanishi banklarni depozitlar qabul qilishi
bilan o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi.
Banklarning deposit qabul qilishi bilan ular faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilish zarurati yuzaga keldi. Bank kreditining
rivojlanishiga ta’sir etgan muhim omillardan biri pulning eng likvidli
aktiv ekanligidir. Bank krediti faqat pulda beriladi.
3-reja savoli.
Kredit munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
1.Bank krediti kreditning asosiy shakliga aylandi va uning miqdori
dunyo mamlakatlarida o’sish tendensiyalariga ega bo’lmoqda.
2.Trasmilliy banklarning paydo bo’lishi bilan bank kreditining
davlatlararo xarakatining hajmi va miqyosi kengaydi.
3.Kreditning xilma-xil turlari va shakllari paydo bo’ldi.
4.Kredit munosabatlari bilan moliya bozorilari o’rtasida kuchli
aloqadorlik yuzaga keldi. Ushbu aloqadorlik quyidagi shakllarda
namoyon bo’ladi:
a) moliya bozori instrumentlarining o’zgarishi kreditlar bahosining
o’zgarishiga bevosiya ta’sir qila boshladi.
b)qimmatli qog’ozlar tijorat banklari kreditlari uchun garov obekti
hisoblanadi. Hulumatning qimmatli qog’ozlari eng yuqori likvidli garov
obekti hisoblanadi. Bazel qo’mitasining standartiga ko’ra kamida 3B
reytingiga ega bo’lgan har qanday emitentning qimmatli qog’ozi likvidli
garov obekti hisoblanadi.
c)yuqori riskli qimmatli qog’ozlar muomalasi (obsionlar,
fyucherslar) kreditlarning qaytmaslik ehtimolini oshirmoqda.
d)tijorat banklari kreditlari turli valyutalarda berilmoqda. Bu esa
ayrim hollarda kredit riskining chuqurlashishiga olib keldi.
6.kreditning sug’urta bilan bog’liqligi yuzaga keldi.
4-reja. O’zbekistonda kredit munosabatlarining o’ziga xos
xususiyatlari:
1.Bank krediti kreditning yagona shakli hisoblamadi.
Respublikamizda tijorat kreditlari mavjud emas. Shu tufayli tijorat
veksellari muomalasi ham mavjud emas.
2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini imtiyozli
kreditlash maqsadida maxsus bank Mikrokreditbank tashkil etildi.
3.Davlat ehtiyojlari uchun etishtiriladigan paxta va bug’doyni
etishtirish xarajatlari Agrobank tomonidan amalga oshitiladi.
4. O’zbekistonda kreditning maqsadlilik ta’moyiliga amal qilinadi.
Shu sababli kredit mijozning joriy hisob raqamiga tashlab berilmaydi.
5.Respublikamizda to’lovlarning maqsadli ketma-ketligi amal
qiladi. Bu esa ayrim hollarda banklar tomonidan berilgan kreditlarni o’z
vaqtida qaytarilishiga to’sqinlik qiladi.
Hozirga qadar insoniyat kreditdan uch asosiy shaklini biladi
1. Sudxo’rlik krediti
2. Tijorat krediti
3. Bank krediti
Kredit munosabatlarini rivojlanishini birinchi bosqichi quldorlik
tizimigato’g’ri keladi. Bu bosqichda sudxo’rlik krediti paydo bo’ldi.
Sudxo’rlik kreditini yuzaga kelishi uchun quyidagi shart sharoitlar
mavjud edi:
1. Aholining kambag’al qatlamining juda og’ir sharoitlarda
yashaganligi
2. Pul shaklidagi kapitalning aholining ma’lum qatlamlari qo’lida
to’planib qolganligi
3. Harbiy xarajatlarni moliyalashtirishning zarurligi
Sudxo’rlik krediti juda yuqori foizda berilgan va uning muddati juda
qisqa bo’lgan. Natijada sudxo’rlik krediti olganlarning asosiy qismi
kreditni qaytara olmay qullarga aylangan. Natijada jamiyatda sudxo’rlik
bilan qarzdorlar o’rtasida juda kuchli dushmanlik paydo bo’lgan.
Natijada sudxo’rlik krediti jamiyat tomonini ham davlat tomonini ham
qatti qoralandi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan tovarlarni
kreditning sotish zaruriyati yuzaga keldi. Natijada tijorat krediti paydo
bo’ldi. Bu kredit munosabatlari rivojlanishining 2-bosqichi edi. Lekin
insoniyat kreditning eng qulay shakli sifatida babnk kreditini tanladi.
Eng asosiy sabab bank kreditining pulga berilishidir. Pul butun
dunyoda eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi.
Sudxo’rlik krediti jamiyat a’zolari o’rtasida kuchli dushmanlik
kayfiyatining shakllanishining sabab bo’lganligi uchun butun dunyoda
qonun hujjatlari bilan taqiqlandi. Sudxo’rlik krediti quldorlik tuzumining
yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Yevropalik va Amerikalik olimlar
sudxo’rlik krediti faqat pulda berilganligini e’tirof etishadi.lekin bizning
ajdodlarimiz tovar ko’rinishida ham sudxo’rlik krediti berganlar.
Tijorat kreditining paydo bo’lishining ikkita asosiy sababi bor:
1. Tovar ishlab chiqarishhjmining oshishi bilan Tovar ishlab
chiqarishda tovarlarni sotish muammosi paydo bo’ldi. Natijada
omborxonalarda tayyor maxsulotlar to’planib qoldi.
2. Tovarlarni sotib oluvchilar har doim ham tovarni sotib olish uchun
zarur zarur bo’lgan miqdorda pul mablag’lariga ega bo’lmaydilar
Tijorat kreditida kreditning obyekti tovarlar hisoblanadi. Tijorat
krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bu vekselga foiz to’lanadi. Ana
shu foiz tijorat kreditining foiz stafkasi hisoblanadi.
Mol yetkazib beruvchilarning ma’lum qismi pul mablag’larining
muhtoj bo’lib tovarlarning summasini oldinroq olishni xohlar edilar.
Bu masalani hal qilish uchun banklar yetib keldi. Mol yetkazib
beruvchini vekselni bankka sotishi iqtisodiy fanda vekselni bankda
hisobni olish deb ataladi. Bank vekselini o’zining hisob stavkasi
bo’yicha sotib oladi. Tijorat vekselini banklarda hisobga olinishi
natijasida bank kreditining 2 yangi shakli paydo bo’ldi.
1. Faktoring
2. Forfeyting
Tijorat krediti qator kamchiliklariga ega:
1. Tijorat kreditini egiluvchanlik darajasi past ya’ni tijorat krediti
hisobidan aniq bir tovar sotib olinadi. Shu kredit berilgan tovarlar xarid
qilish imkoni yo’q
2. Tijorat krediti bank kreditining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi
mumkin
3. Tijorat krediti pul muomalasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Chunki tijorat vekseli pulning to’lov vositasi funksiyasini bajara oladi.
Shu sababli muomalada tovarlar bilan ta’minlanmagan veksellarni
paydo bo’lishi pul muomalasini izdan chiqaradi.
Tijorat krediti quyidagi avzalliklarga ega:
1. Tijorat kreditini indossament orqali boshqa shaxsga uzatish
mumkin. Bu esa korxonalar o’rtasidagi debitor va kreditor qarzlarni
qisqartirish imkonini beradi.
Indossament vekselning orqa tomoniga yoziladigan maxsus yozuv
bo’lib u vekselni qabul qilgan shaxs indassat deyiladi
2. Tijorat krediti korxonalarning foizli xarajatlarini qisqartirish
imkonini beradi.
Agar tijorat krediti bo’lmaganda korxonalar faqat bank kreditini
foydalangan bo’lar edi. Bank kreditining foiz stavkasi esa har doim
tijorat kreditining foiz stavkasi yuqori bo’ladi
Bank krediti faqat pul mablag’lari shaklida beriladi. Pul esa likvidlik
darajasi eng yuqori bo’lgan aktiv hisoblanadi. Bank kreditlar
iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o’rin eggalaydi. Banklarning qisqa
muddatli kreditlari hisobidan xo’jalik yurituvchi subyektlarning aylanma
mablag’lariga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Xo’jalik yurituvchi
subyektlarning investitsion xarajatlari banklarning o’rta va uzoq
muddatli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Korxonalarning investitsion xarajatlariga texnika va texnologiyalar
sotib olish hamda ishlab chiqarish obyektlarni qurish kiradi.
So’nggi yillarda yirik investitsion loyihalarni sinditsiyali kredit
hisobidan moliyalashtirish jadal rivojlanmoqda.
Sinditsiyali kredit bitta loyihani ikki yoki undan ortiq banklar
tomonidan moliyalashtirish uchun berilgan kredit.
Banklarning kreditlari aholining turmush faravonligi oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday bank krediti qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz
to’lashlilik va ta’minlanganlik prinsipi orqali beriladi. Shu sababli kredit
oluvchi kreditni qaytara oladigan darajada to’lovga qobil bo’lishi kerak.
Kreditlar foiz stavkalari asosida beriladi. Foiz stavkasi kreditning bahosi
hisoblanadi. Shu sababli foiz stavkasining ko’tarilishi kreditlarga
bo’lgan talabni kamaytiradi, stavka pasaysa, kreditlarga bo’lgan talab
oshadi.
Kreditlarning foiz stavkalarining quyidagi turlari mavjud:
1. Nominal foiz stavka
2. Real foiz stavka = nominal foiz stavka +inflyatsiya
3. Qat’iy belgilangan stavka. Bu stavka kreditlash davomida
o’zgarmaydi
4. Suzuvchi foiz stavkasi. Bu stavka doimiy ravishda o’zgarib turadi
va kredit o’zgargan stavkada to’lanadi. Banklar har doim suzuvchi
stavkada kredit berishdan manfaatdordir. Chunki kredit suzuvchi
stavkada berilsa, foiz stavkasi qanday o’zgarishidan qat’iy nazar bank
oladigan foyda o’zgarmaydi.
Banklarni kreditlardan foiz ko’rinishida oladigan daromadi 2 xil
shaklda bo’ladi.
1. Marja
2. Spred
Marja bank bilan mijoz o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Spred
bank bilan bank o’rtasidagi munosabatni xarakterlaydi.
Kreditlar mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishining salbiy ta’sir
ko’rsatishi ham mumkin. Ushbu salbiy ta’sir quyidagi shakllarda
namoyon bo’ladi:
1. Hukumatning xarajatlarini Markaziy bankning kreditlari hisobidan
qoplanishi, muomalaga tovar – moddiy qiymatliklar bilan
ta’minlanmagan pullar paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu esa
inflyatsiyaning kuchayishiga va milliy valyuta qadrsizlanishiga olib
keladi
2. Kreditlarning o’z vaqtida qaytmasligi, tijorat banklarida likvidlilik
moammosini keltirib chiqaradi. Natijada banklar orqali o’tadigan
to’lovlarni o’tmay qoladi. Bu esa iqtisodiyotga jiddiy ziyon yetkazadi.
3. Kreditlar bahosining yuqori ekanligi yoki kreditlarni suzuvchi
stavkada berilishi natijasida ularning bahosining oshib ketishi
kreditlarning qaytmasligiga sabab bo’ladi. Bu esa ko’plab tadbirkorlarni
o’z biznesini mahrum bo’lishiga olib keladi.
4. Xalqaro kreditlarning o’z vaqtida qaytmasligi
Do'stlaringiz bilan baham: |