7.2.Kreditning funktsiyalari va tamoyillari
Kreditning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon
bo‘ladi. Kreditning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda
keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funktsiyalarini
beshta ekanligigini ta’kidlashsa
34
, ayrimlarida uning funktsiyalari ikkitadan
iboratligiga da’vogarlik qiladi
35
.
Iqtisodchi – olimlarning kredit funktsiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek,
kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardagi
ishtirokiga tayangan holda, uning
qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini
tezlashtirish(2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul
kapitalini
jamg‘arish
va
markazlashuvini
jadallashtirish
(4)
funktsiyalarini
bajarishini ta’kidlash mumkin.
Kreditning funktsiyalari ichida
qayta taqsimlash funktsiyasi
asosiy
funktsiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali jismoniy va
yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan
qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning
qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.
Kredit ushbu funktsiyasi orqali vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larining
sohiblariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‘shimcha
mablag‘larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad
olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini
ta’minlash natijasida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi.
Demak, kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali ssuda kapitali
iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit
munosabatlarida
bevosita
ishtirok
etayotgan
tomonlarning
iqtisodiy
manfaatdorligini ta’minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini
kreditor ixtiyoriga yo‘naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.
Kreditning qayta taqsimlash funktsiyasini amal qilishida pulning jamg‘arma
funktsiyasining bevosita va bilvosita ta’siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va
neoklassik maktab vakillari alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall
«odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular uni (pulni)
ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu e’tirof Sey qonunini
34
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 168 – 170 bb.
35
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina. – 5 – e izd.,
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 251 – 252.
to‘lig‘icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‘xtamga
kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‘arma (S)
investitsiya (I) ko‘rinishini oladi. Ularning ta’kidlashicha, bu vaqtda kapital
bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga
yuz beradi. Agar jamg‘arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‘ljallangan investitsiya
qilish hajmidan kam bo‘lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida
investitsiyaga bo‘lgan talab kamayadi, jamg‘armaga nisbatan taklif esa ortadi.
36
Ushbu holat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat jamg‘arma va kreditning foiz stavkasi
asosida tartibga solinadi.
Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‘armaning hajmiga foiz
stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko‘rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga
uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb
ta’kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funktsiyasiga
bilvosita ta’siri mavjud.
Kreditning
muomala jarayonini tezlashtirish
funktsiyasi mamlakat pul
muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali
ularni pul aylanmasiga kiritadi.
Ma’lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning
ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini
oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan
ehtiyojni ta’minlaydi.
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir
hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit paydo bo‘lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‘lgan
veksellarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Albatta, veksellar xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda,
36
Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. –M.: INFRA – M,2001, – S.313.
kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga
chiqadi.
Kreditning
pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish
funktsiyasi
asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga
oshiriladi. Ma’lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish
maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi,
berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank
tomonidan kreditlar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki
bu yo‘l bilan naqdlashtiradi.
Kredit
pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish
funktsiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‘aradi.
Jamg‘armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim
kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining
markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan
joylarda yuz beradi.
Kreditning funktsiyalarini to‘laqonli amal qilishida uning tamoyillari alohida
o‘rin tutadi. Kredit quyidagi tamoyillarni bajaradi:
–
muddatlilik tamoyili
(kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma’lum
muddatga beriladi. Mamlakatimiz bank tizimida kreditlar muddatiga qarab, qisqa
yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi);
–
to‘lovlilik tamoyili
(kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to‘lovlarni foiz
ko‘rinishida kredit oluvchidan undiradi);
–
ta’minlanganlik tamoyili
(berilgan kreditlarning barchasi u yoki bu
darajada tegishli risk bilan bog‘liq bo‘ladi, kreditor ushbu riskni pasaytirish
maqsadida kredit oluvchidan uning ta’minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar
mol – mulklarni garovga qo‘yish, sug‘urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat
xatlari bilan ta’minlanadi);
–
qaytarishlik tamoyili
(kreditor tomonidan vaqtincha foydalanishga berilgan
mablag‘lar tegishli muddatlardan so‘ng to‘liq qaytaralishi lozim bo‘ladi);
–
maqsadlilik tamoyili
(kreditor berayotgan kredit bo‘yicha tuzilgan
shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va
olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‘yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funktsiyalari va tamoyillarini to‘laqonli
amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining
holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki
va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi kredit
funktsiyalari va tamoyillarida o‘z aksini topadi.
,,
Do'stlaringiz bilan baham: |