jamg‘arma
funktsiyasini
bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan
xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan
ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan
paytlarda jamg‘arma funktsiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy
munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, pul asosan
jamg‘arma vositasi funktsiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Pulning jamg‘arma vositasi funktsiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan kishilar o‘zi
bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi,
shuningdek, barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pul ko‘rinishida kassada
saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi.
Pulning jamg‘arma funktsiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy jihatdan muhim vazifani
bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat miqyosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni (naqd va
naqdsiz pul ko‘rinishida) ma’lum shartlar asosida o‘zida jamlab, ushbu mablag‘larga ehtiyoji
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovililik, maqsadlilik va qaytarishlik asosida berishi
orqali, mamlakatda jami ijtimoiy mahsulotni ko‘paytirishda pulning jamg‘arma funktsiyasidan
foydalanadi.
Iqtisodiyotda yuqori inflyatsiya darajasi pulning aholi qo‘lidagi va kredit muassasalarida
jamg‘arma vositasi funktsiyasini bir qadar chegaralaydi. Aholi o‘zining vaqtincha pul
mablag‘larini banklarda va uyda saqlashdan ko‘radigan iqtisodiy samaradorligi past bo‘lishi,
iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan kunga o‘sib borish tendentsiyasiga ega bo‘lgan
sharoitda, ushbu, pullarni qimmatbaho metallarni, ko‘chmas mulk va xorijiy valyutalarni sotib
olishga sarflaydi. Buning natijasida, mamlakat Markaziy banki tomonidan olib borilayotgan pul
– kredit siyosatining samarasi ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyatini bermaydi.
Pulning jamg‘arma funktsiyasining ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarni ta’minlash
lozim:
– omonatchilarning kredit muassasalarda saqlanayotgan pul mablag‘laridan iqtisodiy
manfaat ko‘rish, istagan paytda to‘liq va zudlik bilan qaytarib olish imkoniyatini
ta’minlanganligi;
– qo‘yilgan mablag‘larning kafolatlanganligi (sir saqlanishi, iqtisodiy barqarorligi, to‘liq
qaytarilishi);
– risk darajasining pastligi.
Pulning funktsiyalari bir – biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, ular doimo bir – birini
to‘ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |