Pul, kredit va banklar



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

Metall pullar 
Kishilar  o‘rtasida  ayirboshlash  jarayonlarining  tezlashuvi  va  mehnat  taqsimotining 
chuqurlashuvi  ayirboshlash  hajmining  ortishiga  olib  keldi.  Iqtisodiy  munosabatlarning 
takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab 
kundalik  hayotida  foydalandilar.  Shu  bilan  birga,  ushbu  mehnat  qurollari  to‘lov  vositasi 
vazifasini  ham  bajardi.  Keyinchalik  esa  metalldan  tanga  pullarni  zarb  qilish  yo‘lga  qo‘yildi. 
Bularning  barchasi  ayirboshlash  munosabatlari  jarayonida  foydalanib  kelinayotgan  natural  pul 
shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi. 
Metaldan  yasalgan  mehnat  qurollarining  to‘lov  vositasi  sifatida  foydalanganligining 
xususiyati  shunda  ediki,  kishilar  metaldan  tayyorlangan  bolta  va  shunga  o‘xshash  narsalardan 
to‘lov  vositasi  sifatida  foydalangan  bo‘lsada,  ular  boshqa  maqsadda,  ya’ni  kundalik  hayotda 
foydalanish  uchun  yaratilgan  edi.  Masalan,  kishilar  metaldan  yasalgan  boltadan  ayirboshlash 
vositasi  sifatida  keng  foydalangan,  lekin  u  to‘lov  vositasini  bajaradigan  tanga  ko‘rinishiga  ega 
bo‘lmagan.  Odamlar  stixiyali  ravishda  metalldan  yasalgan  boltani  to‘lov  vositasi  o‘rnida 
foydalanishgan.  
Pulning  natural  ko‘rinishidan  metall  tanga  shakliga  o‘tishi,  yuqorida  ta’kidlanganlardan 
tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.  
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. 
Ta’kidlaganimizdek, bolta 
va  shunga  o‘xshash  temir  qurollardan  pul  vositasi  sifatida  foydalanilgan,  lekin  ularni  puldan 
foydalnishning  metall  davri  deb  yurita  olmaymiz.  Chunki,  ushbu  mehnat  qurollarining 
funktsiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar 
o‘tishi  bilan  unga  ishlov  berish  yo‘llarini  o‘rgandilar.  Bu  o‘z  –  o‘zidan  metall  tangalarni  zarb 
etishga turtki bo‘ldi.  
2.Davlatchilikning  paydo  bo‘lishi. 
Metall  kashf  etilib,  odamlarga  unga  ishlov  berish 
yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ma’lum hudud va qabilalar alohida kishilarning hukmronligi, 


xonligi  va  qirolligi  ostida  boshqarila  boshlandi.  Bu  o‘z  o‘zidan  o‘sha  davrning  hukmroni,  xoni 
yoki  qirolining  maqieni  oshirish,  o‘zining  chegaralarini  mustahkamlash  va  qonunlarini  yuritish 
zaruriyatini keltirib chiqardi. Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni 
zarb etishga asos bo‘ldi.    
3.Kishilar  o‘rtasida  tovar  ayirboshlash  hajmining  ortib  borishi  natijasida  ushbu 
jarayonning  murakkablashuvi
.  Masalan,  dehqon  bir  qop  bug‘doyni  bitta  boltaga  ayirboshlashi 
uchun  temirchi  kosibning  hoxishi  dehqonning  hoxishiga  mos  kelishi  lozim.  Ya’ni  mazkur 
holatda,  temirchining    bir  qop  bug‘doyga  ehtiyoji  bo‘lishi  kerak.  Biroq,  temirchiga  bir  qop 
bug‘doy  emas,  balki  bitta  qo‘y  kerak  bo‘lsa,  u  holda  dehqon  bug‘doyni  qo‘yga  almashtirishi, 
so‘ngra qo‘yni temirchiga olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki, 
kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi natural 
pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi. 
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. 
Alabatta, o‘sha paytlarda 
pulning  vazifasini  bajargan  bolta  yoki  boshqa  mehnat  qurollarini  saqlash  qiyin  bo‘lmagan 
bo‘lsada,  lekin  ularni  olib  yurish  va  xavfsizligini  ta’minlash  odamlarga  turli  noqulayliklarni 
keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan bug‘doy, jun, qo‘y  yoki boshqa shunga o‘xshash 
narsalar  esa  vaqt  o‘tishi  bilan  buzilgan,  o‘zining  dastlabki  xususiyatini  yo‘qotgan.  Shu  bilan 
birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan. 
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov vositasi sifatida 
kirib kelishiga zamin yaratdi.  
Dastlab  metall  tangalar  qora  rangli  temirlardan  slitka  ko‘rinishida  tayyorlangan  bo‘lsa, 
keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.  
 
Vaqt  o‘tishi  bilan  temir  tangalar  o‘rnini  bronza,  kumush  va  oltin  egalladi,  3–rasmga 
qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov vositasini bajarganda ularning baho masshtabini 
tanganing og‘irligi bilan anqilangan. Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vositasini 
bajarganda  esa  baho  masshtabi  qimmatbaho  metallarning  nafaqat  og‘irligi,  balki  ularning 
xossalari orqali ham aniqlanadigan bo‘ldi.  
Muomalada  metall  tangalar,  ayniqsa  oltin  tangalar  pulning  vazifasini  bajarganda 
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar 
haqiqiy  qiymatga  ega  bo‘lgan  asl  pul  hisoblanib,  uning  hajmi  tovar  massasasiga  nisbatan 
avtomatik  tarzda  tartibga  solinib  boriladi.  Ya’ni, agar  iqtisodiyotda  tovar  massasi  oltin  massasi 
(qiymati)ga  nisbatan  kam  bo‘lsa  muomaladagi  ortiqcha  oltin  tangalar  boylik  sifatida  xazinaga 
joylashtiriladi. Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam 
bo‘lsa  boylik  sifatida  xazinaga  joylashtirilgan  mablag‘lar  muomalaga  chiqarish  orqali  o‘zaro 
muvozanat ta’minlanadi.  



Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish