qiymat o‘lchovi,
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalari
ni bajaradi degan fikrga
keldik.
Pulning
qiymat o‘lchovi
funktsiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish
orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi
sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni
baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi
bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi
funktsiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.
O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Yevropa
ittifoqiga a’zo mamlakatlarda yevro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat
o‘lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda uning qiymat o‘lchovi funktsiyasining
amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949 yilgacha Yaponiya ienasining
inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini
belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki
AQSh dollarining qiymat o‘lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror
bo‘lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda,
dollar va ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish
tendentsiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat o‘lchovini
o‘zgartirishi mumkin. Pul islohoti – muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy
qiymat o‘lchovidan boshqasiga o‘tishdir. 1944 – 1952 yillarda Yevropa mamlakatlarida 24
martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyatsiyaga uchramagan va iqtisodiyot nisbatan
barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada, 1961 yilda mamlakatda pul islohati amalga oshirilgan.
Hukumat muomalada mavjud bo‘lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul
islohatini amalga oshirgan. O‘sha davrda o‘tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi
mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga
qaratilgan bo‘lib, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‘lig‘icha yangi
banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rgan va baho
masshtabi 10 martaga kamaygan.
Pulning
Do'stlaringiz bilan baham: |