2.2.Fisherning pulga bo‘lgan talab bo‘yicha
nazariyasi va modeli. Keyns nazariyasining asosiy yo‘nalishi
Pulning miqdoriylik klassik nazariyasi asoschilaridan biri Irving
Fisheming 1911 yilda nashr qilingan “Pulning harid quvvati" kitobi-
da pulga bo ‘ lgan talabni aniqlash uchun quyidagi formulni keltiriladi:
V=P*Y/M
(1)
Unda Fisher umumiy pul miqdori M (pul massasi) va ishlab
chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlami sotib olishdagi yalpi
xarajatlar R* Y o ‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilgan.
Bunda: R - baholar darajasi; Y - yalpi ishlab chiqarish (yoki yal
pi ichki mahsulot sifatida ishlatish mumkin);
V - M va P * Y
larni bogiovchi o ‘zgaruvchini - pulning aylanish
tezligi deb atash mumkin.
21
Demak, pulning aylanish tezligini V yalpi xarajatlarning (P*Y)
pul massasiga nisbati sifatida qarash mumkin. Masalan: agar yil
davomida nominal yalpi ichki mahsulot (YIM) 5 trln. dollarga. pul
taklifi M - 1 trln. dollarga teng bo‘Isa, pul aylanish tezligi 5 martaga
teng bo‘ladi.
Yuqoridagi tenglamaning har ikkala tomonini M ga ko‘paytirish
orqali almashuv tenglamasini hosil qildi. Almashuv tenglamasi nom
inal daromad, pul miqdori va ularning aylanish tezligini ifodalaydi.
M *V=P*Y
_
(2)
Yuqoridagi tenglamadan ko‘rinadiki, yil davomida pul aylanish
tezligining pul miqdoridagi nominal daromadga (ya’ni yil davomida
sotib olingan tovarlar va xizmatlaming nominal qiymatiga) teng
bo‘lishi kerak.
I.
Fisheming fikricha, iqtisodiyotda pul aylanish tezligini moli
yaviy institutlar aniqlaydi. Lekin bu institutlar pul aylanish tezli-
giga juda sekin ta ’sir qiladi, shuning uchun qisqa davriy oraliqda
pulning aylanish tezligi doimiy degan taxmin almashuv tengla
masini pulning miqdoriylik nazariyasiga aylantirdi. Chunki bunga
ko‘ra nominal YIM mutlaq ravishda pul massasining tebranishlari
orqali aniqlanadi. Natijada pulning miqdoriylik nazariyasidan kelib
chiqadiki, agar M ikki xissa oshsa, R ham ikki xissa oshishi kerak,
chunki V va Y lar doimiy (o‘zgarmas) holda qoladi.
Yuqorida keltirgan misolimizda yalpi ishlab chiqarish 5 trln.
dollarni tashkil etadi, pulning aylanish tezligi esa Y=5 va pul tak
lifi M=1 trln. dollar, bu esa baholar darajasining teng ekanligini
anglatadi. Pul taklifining 2 trln. dollargacha ko‘payishi sharoitida
baholar darajasi 2 barobar oshadi, chunki 2*5=10 trln. Dollarlik
nominal YIMga tenglashadi.
Yuqoridagi fikr va misollarni birlashtiradigan bo‘lsak, Fishern-
ing fikricha, muomala uchun zarur pul miqdori (pulga bo‘lgan ta-
22
lab) YIM doirasidagi bitimlar xajmi bilan va bu bitimlarni amalga
oshirish uchun moliya institutlari tomonidan pul taklifi aniqlanadi,
bu esa pulning aylanish tezligini ham aniklash imkoniyatini beradi.
Irving Fisher o'zining pulga bo‘lgan talabning miqdoriylik nazari-
yasini yaratgan vaqtda Kembrij maktabi vakillari Alfred Marshal va
Artur Sesil Pigu ushbu sohadagi tadqiqotlar bilan shug‘ullandilar.
Ularning tadqiqotlarining natijasi Fisherning (M*V=P*Y) tengla-
masiga o ‘xshash tenglamaga olib kelgan bo‘lsa-da, muammoga
yondashuv mutlaqo boshqacha edi. Kembrij maktabining vakillari
pulga bo‘lgan talabning bitimlar xajmiga va institusional omillarga
bog‘liqligini o ‘rganishning o'rniga m a’lum holatlarda insonlar va
x o ‘jalik sub’ektlar qo'lida qancha miqdorda pul ushlab turishni
xohlaydilar, degan savol qo'yiladi. Kembrijcha modelda sub’ekt
lar kredit kartochkalaridan foydalanish imkoniyati bo‘lmaganda
ularda erkin qaror qabul qilish imkoniyati borligi hisobga olindi.
I.Fisher qisqa muddatli davriy oraliqlarda pul aylanishi tezligi
o'zgarmasdir, deb hisobladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak. Kembrij maktabining vakillari
I. Fisher xulosasidan farq qilib, u foiz stavkasi to'g'risida pulga
bo‘lgan talabning o‘zgarishini istisno qilmaydi. Bu olimlaming fik-
richa, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi
pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi:
1. Almashuv vositasi: Sub’ektlar bitimlarni amalga oshirayotgan
vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij
maktabining vakillari Fisherning pulga bo'lgan talab bitimlar xaj
miga bog‘liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi
nominal YIMga proporsional ekanligi to ‘g'risidagi fikriga qo‘shi-
ladilar.
2. Boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash
vositasi ekan, pulga boTgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham
23
bog‘lik deganfikmi ilgari suradi. Boyliklaming oshishi bilan sub'ekt-
larda ularni har hil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab
nominal YIMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga
b o ig a n talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |