Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir
vaqtning o‟zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog‟lik xususiyatidir.
Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida
axamiyatga ega.
Diqqatning ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir
obyektdan ikkinchi obyektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o‟tishida
namoyon bo‟lib, bunda ko‟chish to‟liq yoki chala bo‟lishi mumkin.
Diqqatning bo’linishi uning ko‟chishidan farqli o‟larok ixtiyorsiz tarzda bo‟ladi.
Diqqatning bo‟linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun ahamiyatsiz bo‟lgan obyektga ko‟chishida namoyon bo‟ladi.
Diqqatni obyektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog‟liq salbiy
xususiyatlar, ya‟ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri
parishonxotirlik.
Parishonxotirlik - diqqatni ma‟lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat
salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo‟lishi ham, shaxsning nisbatan
barqaror hislati bo‟lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo‟lib, biri
diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‟lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan
obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
29. Shaxs nazariyalari.
Odam tug’ilgan onidan boshlab shaxslar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. CHunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi o’ziga o’xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko’rinishlarining faol ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. Odam bolasining jamiyatga qo’shilib yashashining psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biri bo’lib, bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni bo’lib, bunda har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayoni tushuniladi. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish j arayonidir.
G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi.
AQSHda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko ’pincha ko’nikmalarni egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi.
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta’kidlaydi. Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |