Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi
esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi
bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va
odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o‟zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan
muayyan darajada tavofutlanadilar, ya‟ni ular aynan bir xil narsani o‟zini ilm saviyasi,
maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda
turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar
o‟simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi
ko‟rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‟chilik shaklida namoyon bo‟ladi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat,
fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati
yuzasidan axborotlar ma‟lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi.
Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar,
vaziyatlar, xususiyatlarning o‟zaro o‟rin almashinuvi tufayli namoyon bo‟ladi va o‟ziga
xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni
idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy,
holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo‟lib, xuddi shu
mezon orqali uning mahsuldorligi o‟lchanadi.
27. Qobiliyatlar haqida tushuncha
Qobiliyatlar shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyatdir. Qobiliyat odamlarni sifat jihatidan bir biridan farqlaydigan individual psixologik xususiyatdir.
Qobiliyat strukturasi konkret faoliyat turi bilan belgilanadi. Bir faoliyatga bir necha qobiliyat kirishi mumkin. Masalan, pedagogik faoliyatga pedagog odobi, kuzatuvchanlik, bolani sevish, talabchanlik va hokazolar kiradi. Shulardan biri etakchi, qolganlari yordamchi fazilatlar bo’lishi mumkin. Kishi qobiliyati uning yordamchi, qo’shimcha fazilatlariga bog’liq yoki shunday deb qaralishi mumkin. Masalan, bir odam o’z ishini puxta, mazmunli uddalaydi, lekin artistlik, notiqlik, san’atini yaxshi egallamagani (ya’ni, yordamchi fazilatga ega emasligi) uchun o’zini ko’rsata olmaydi, ikkinchi bir odam ishni shunchaki uddalasa ham uni ko ’z- ko’z qila oladi, o’zini iste’dod egasi qilib ko’rsata oladi. qobiliyatlar strukturasida shu singari tomonlarini umumiy va maxsus sifatlarini farqlay olish kerak.
Odamlarni qobiliyatiga qarab tiplarga ajratish muammosi juda murakkab. Birida maxsus, birida umumiy sifat ustunlik qilishi mumkin. I.P.Pavlov qobiliyatga qarab odamlarni 3 tipga bo’ladi: «Fikrlovchi tip»,
«Badiiy tip», «O’rtacha tip». Bunda odamdagi ikki signal tizimi nisbatini hisobga oladi.
Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin shu xususiyatlarning o’zlari mazkur bilim, ko’nikma va malakalarga taalluqli bo’lmaydi. Aks holda imtihonda qo’yilgan baho, doska oldidagi javob muvaffaqiyatlari to’g’risida qat’iy xulosa chiqarish imkonini bergan bo’lur edi. Shu bilan birga psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajriba ma’lumotlari guvohlik berishicha, ba’zan dastlab nimalarnidir bajara olmagan va bu bilan tevarak atrofdagilardan o’ngaysiz ajralib turgan kishi ta’lim olish natijasida favqulodda ko’nikma va malakalarni tez o’zlashtirib oladi va tezdayoq mahorat yo’lida hammani quvib o’tadi. Unda boshqalarga qaraganda zo’r qobiliyatlar namoyon bo’lsa ham, bilimlar va ko’nikmalar egallash bilan bog’lanib qolmaydi, qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va malakalar, qobiliyatlar va ko’nikmalar aynan bir-biriga o’xshash emas.
Malakalar, ko’nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi. F.I.Gallning ta'limoticha, shaxsning barcha qobiliyatlari, "aql" va "hissiyot sifatlari miya yarim sharlarida o’zining qat'iy markazlariga egadir. Uning fikricha, kalla suyaklari miyaning cho’nqir joylariga aniq mos tushish lozim. Gall tomonidan miyaning maxsus "frenologik" (yunoncha pxren "aql" to’qrisidagi ta'limot degan ma'no anglatadi) xaritasi tuzilgan bo’lib, unda bosh suyagi 27 bo’lakka ajratilgan. Go’yoki shar bir bo’lakka muayyan psixik sifat mos tushadi. Shuningdek, layoqatning miya oqirligiga boqliqligi shaqidagi faraz sham noto’qri ekanligi ayon bo’lib qoladi. Shaxs layoqatlari miya burmalarining soni bilan belgilanadi degan taxmin sham o’z tasdig’ini topmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |