Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning
asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko‟pchilik
qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‟lmaganda biz tevarak-atrofdagi
narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo‟lar edik.
Sezgilar to‟g‟risidagi ilmiy ta‟limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari,
tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning
o‟zi esa tashqi va ichki qo‟zg‟atuvchilarning sezgi a‟zolariga ta‟sir etishining
mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks
ettirib, ular qanday ko‟rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‟lsa, ular xuddi
shundayligicha hech o‟zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va
xarorat, miqdor va ko‟plab boshqa narsalar to‟g‟risida biz sezgi tufayli bilamiz. Kishi
vujudi sezgi a‟zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning xolati
haqida rang-barang axborot olib turadi.
Sifat - sezgining asosiy xususiyati bo‟lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi
va ayni shu sezgi turi chegarasini o‟zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning
balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‟rish sezgilari esa ranglarning
quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning
sifat jihatidan ko‟p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligini aks
ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‟lib, ta‟sir
qilayotgan qo‟zg‟atuvchining kuchi va retseptorning funktsional xolati bilan
belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo‟lib, u
ham sezgi a‟zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo‟zg‟atuvchining ta‟sir
qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‟lchanadi. Qo‟zg‟atuvchi sezgi a‟zosiga ta‟sir qilishi
bilan darhol sezgi hosil bo‟lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‟lib
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson
ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‟nikmalar bir davrning
o‟zida namoyon bo‟lad va aks ettirishda ishtirok qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |