"psixologiya"


- guruh uchun tarqatma material



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   253
Bog'liq
psixologiya

1- guruh uchun tarqatma material 
Emosional xolatlar va ularning shakllari.  
 
Kishilar  tashki  dunyo  va  boshqalar  bilan  alokada  Bular  ekan,    ularga 
nisbatan  ma’lum  munosabatda  ham  bo’ladilar,    ya’ni  bu  alokada  kuvonadi,  
kuladi,    xayratlanadi,    kayguradi,    yiglaydi  va  xokazo.    Kishi  Idrok  etish,  
xotirlash,  hayol surish va fikrlash jarayoni faqat voqyelikni bilib qolmay,  balki 
shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga,   qanday bo’lmasin,   munosabat 
bildiradi,    unda  ularga  nisbatan    u    yoki  bu  tarzda  xis  -  tuyg’u  paydo  bo’ladi.   
His-tuyg’ular    -    kishining  o’z  hayotida  nimalar  yuz  berayotganiga,    nimalarni 
bilib  olayotganiga  yoki  nima  bilan  mashg’ul  bo’layotganiga  nisbatan    o’zicha 
turli xil  shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.  His-tuyg’ularning  kechishi  
subyekt alohida xis etayotgan psixik xolat sifatida gavdalanadi.  Bunda biron-bir 
narsani  Idrok  etish  va  tushunib  yetish,  biron-bir    narsa    to’g’risida    bilib olish 
Idrok  etilayotgan,    tushunib  olinayotgan,      mahlum  yoki  nomahlum  narsalarga  
nisbatan  shaxsiy  munosabat  bilan  birgalikda  ro’y  beradi.    Ana  shu  xollarining 


 
217 
barchasida  his-tuyg’ularning  boshdan  kechirilishi  xususida,    kishining  Alohida 
xissiy xolati xususida gapiriladi.  Shu bilan birga xis-tuyg’ularning  kechishi o’z 
rivojlanishiga  ega  bo’lgan,    joriy  va  o’zgarib    turadigan  psixik  jarayondir.  .  
Xissiy  kechinma    keskinlashib    qolgan    vaziyatni  boshdan  kechirish,      unga 
bardosh berish,  uni bartaraf  etishdan  iborat obyektiv zarurat bilan bog’likdir.   
Shuning  o’zi  biron  bir  narsaning  xissiy  kechinma  orqali  o’tishi  demakdir.   
Shunday  ekan,    kechinma  shaxsning  ichki  dunyosi  qayta  qurilishiga  va 
keraklicha  muvozanatga  ega  bo’lishiga  yordam  beradigan  kattagina  zo’riqish 
bilan kechiladigan va aksariyat xollarda o’ta samarali  Alohida  xissiy  faoliyat  
sifatida  namoyon  bo’ladi.  
 
Xis-tuygu  va  Emotsiya  deb  psixologiyada  individning  muxit  ta’sirlariga 
nisbatan  bildiradigan  munosabatlari,    ruxiy  kechikmalari  va  ruxiy  xolatlariga 
aytiladi.    Bu  munosabatlar,    ruxiy  kechinma  va  xolatlar  individ  ehtiyojlarining 
kondirilishi yoki kondirilmasligi (sabab bo’ladi) bog’liq bo’ladi.  Xis – tuygular 
va  emosional  xolatlar  ko’pincha  qutbiy  xarakterga  ega  bo’lib,    ehtiyojlar 
kondirilishi  bilan  ijobiy,    qondirilmasligi  bilan    salbiy  xarakterga  ega  bo’ladi.  
Ba’zan ambivalent emosional xolatlar ham bo’lishi mumkin.   Ambivalent 
emosional xolat deb bir Vaqtining o’zida ham ijobiy,  ham salbiy ishoraga ega 
Emotsiyalarga aytiladi.  
  His-tuyguni  boshdan  kechirishning  turli  shakllari,    xissiy  xolatlar 
Emotsiya  deyiladi.    Emotsiyalarning  quyidagi  shakllarini  ajratish  mumkin: 
kayfiyat,    affekt,    kuchli  xayajonlanish  (stress  xolati)    va  boshqalar.    Xis-
tuyg’ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab  olishga yordam 
beradi  va  ularning  qondirilishiga  qaratilgan  faoliyatga  omil  baxsh  etadi.    Ilmiy 
kashfiyot  qilingan  paytdagi  quvonchli  kechinmalar    olimning  izlanuvchanlik 
faoliyatini rag’batlantiradi,   bilish  ehtiyojini,   qondirish jarayonini jadal tarzda 
saqlaydi.      Ehtiyoj    namoyon    bo’lishining    alohida  shakli  sifatidagi    qiziqish  
doimo  yorqin  xissiy  tusga  ega  bo’ladi.  
Kishi  uchun  subyektiv    hisoblangan    xis-tuyg’ular  uning  ehtiyojlari  
qondirilishi  jarayoni  qanday    kechayotganligining  belgisi  sifatida    namoyon 
bo’ladi.  Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo’lgan  ijobiy  xissiy  xolatlar 
(zavqlanish,    mamnunlik  va  shu  kabilar)    ehtiyojlarni    qondirish  jarayonining 
xush  keladigan  tarzda  kechganligidan  dalolat  beradi.      Ehtiyojlarning  
qondirilmasdan  qolishi  salbiy xissiy kechinmalarga (uyalish,  o’kinish,  xasrat 
va shu kabilarga)  olib keladi.  
Ehtiyojlarning  qondirilishi  ehtimoli  subyektiv tomondan  qara-ganda katta 
bo’lib tuyulsa,  ijobiy xis-tuyg’ular paydo bo’ladi.  Salbiy hissiyotlar ehtiyojlar 
kondirilishining real yoki tasavvurda mumkin emasligi subyekt tomonidan oz yo 
ko’p darajada anglanishi oqibatida  yohud  ehtiyojlarning qondirilish  ehtimoli  
haqida  subyekt    tomonidan  oldin-roq    qilingan  mo’ljalga  qaraganda  yo’qola 
borish    natijasida    paydo  bo’ladi.      Xissiyotlarning  axborot  konsepsiyasi,   
shaxsning  butun  ko’p  qirrali  va  boy  xissiy  jixatlarini    tushuntirib    berishdan  
ko’ra  tushuntirib  bera olmasligi aniqroq bo’lsa ham shubhasiz,  dalil-isbot-liligi 
bilan  ajralib turadi.   Emotsiyalarning barcha turlari ham kelib  chiqishiga  ko’ra  


 
218 
shu sxemaga jo bo’lmaydi.   Masalan,   ajablanish Emotsiya-si na ijobiy va na 
salbiy emosional  xolatga  kiritilishi  mumkin  emas.  
Emosional    xolatlarning  regulyativ  (bir  xil  tarzda  tartibga  solib  turadigan)  
funksiyasi  ularning eng muhim belgisi  hisoblanadi.  Kishida  paydo bo’ladigan 
kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani,  u 
qanday  to’siqlarga  duch  kelayotgani,    nimalarga  ehtiborni  qaratish  lozimligi,  
nimalar  haqida  mulohaza  qilishi  kerakligi,    nimalarni  o’zgartirish  zarurligi  
haqida axborot beruvchi  signallar  rolini  bajaradi.  
Emotsiyalar  voqyealarning  ko’ngildagidek  yoki noxush yuz berayotgani,  
subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar sistemasidagi  xolatning ko’p  
yo oz darajada aniqligi  haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va 
faoliyat  sharoitidagi  xatti-harakati    boshqarib,      to’g’rilab    turilishini  
tahminlaydi.  
Emosional  xolatlarning    shakllari  asosan  qyidagilar:  1.  
Kayfiyat; 2.  Affekt; 3.  Stress; 4. Frustrasiya.  
Kayfiyat 
deb  nisbatan  turgun  kishining  umumiy  xolatiga  ta’sir  kiluvchi,  
uzok  Vaqt  davom  etadigan  emosional  xolatga  aytiladi.    Yaxshi  kayfiyat 
kishining ishchanligiga,   uzini  to’tishiga,   boshqalar bilan  munosabatiga  ijobiy 
ta’sir qilib turadi.   
 
Affekt  –  bu  kiska  muddatli,    juda  ham  kuchli  va  jo’shqin  emosional 
portlash  xolatidir.    Affekt  xolatida  xotiraning  yukolishi,    dikkatning  torayishi,  
ongli  nazoratning  susayishi  kuzatiladi.    Masalan:  kuchli  gazablanish,    jaxl 
chiqishi,  kurkish,  xoljanlanish xolatlarida inson uzini boshqarolmaydi.  
 
Affektning 3 ta stadiyasi bor: 1.  Emosional xolatning yigilib,  summasiya 
bo’lishi; 2. Emosional portlash; 3.  Emosional portlashga nisbatan qarshi teskari 
xolat.  
 
Stress  –  kishi  organizmi  va  ruxiyatiga  ta’sir  kilgan  salbiy  ta’sirlar  ostida 
xosil  bo’ladigan  emosional  xolat  bo’lib,    organizm  nerv  sistemasining  tashki 
ta’sirlarga tayyorgarlik darajasini belgilaydi va u bilan boglik bo’ladi.  
 
Frustrasiya  xolati  kishi  uz  oldiga  kuygan    maksadga  erisholmagan  yoki 
intilish jarayonida tusiklarga uchragan paytda xosil bo’ladigan xolat.  
Emotsiyalarning kelib chiqishi  to’g’risidagi nazariyalar.  
Djeyms  –  Lange  nazariyasiga  binoan  emosional  xolatlarining,  xis-
tuygularning  kelib  chiqishi,  organizmdagi  fiziologik  uzgarishlar,    jumladan,  
yurak  urishining    tezlashishi,  nafas  olishning  uzgarishi,  kon  bosimi,  teri 
pigmentasiyasi  hamda  sekresiya  bezlarining  funksiyalari  bilan  uzviy  boglikdir. 
Ularning  fikricha  avval  odamning  organizmdagi  fiziologik  uzgarishlar  sodir 
bo’ladi,    shuning  natijasida  emosional  xayot  yoki  xis-tuygu  paydo  bo’ladi.  
Ularning  fikricha,    biz  yiglaganimiz  uchun  xafa  bo’lamiz,    kulganimiz  uchun 
kuvonamiz.  
Kennon nazariyasiga kura,  emosional xolatni yuzaga keltiruvchi,  qo’zg’atuvchi  
ta’siri miyaning talamus degan kismiga ta’sir kiladi.  Shu tufayli emosional xolat 
va organizmdagi fiziologik o’zgarishlar bir vaqtning o’zida yuzaga keladi.  Bu 
nazariya ko’plab psixologlar tomonidan tan olingan.  
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish