224
Irodaviy faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli
tuzilma va o’z-o’zini boshqarish sifatida eng avvalo o’ziga, o’z xissiyotlariga,
xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil odamlarda har
xil darajada ifodalanadi. Oddiy ong o’zining namoyon bo’lishi tezligiga qarab
farqlanadigan, bir qutibda irodaning kuchi, boshqa birovda esa kuchsizligini
ifodalaydigan narsaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi.
Kuchli irodaga ega bo’lgan kishi qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarida
uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog’da qathiylik,
mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi
sust kishilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qathiyatlik, sabot-matonat
ko’rsatmaydilar, hulq-atvor
va faoliyatning yanada yuksak, mahnaviy jixatdan
oqlangan motivlari uchun o’zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik mayilni
yo’qota olmaydilar.
Irodasi sustlikning namoyon bo’lish doirasi xuddi kuchli irodaning
xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi
psixika normasi chegarasidan tashqarida bo’ladi. Abo’liya va apraksiya,
masalan, shunga kiradi.
Abo’liya - bu miya potologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga
intilishning yo’qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabo’l qilish
zarurligini tushungan xolda shunday qilaolmaslikdir.
Vrachning aytganini bajarish zarurligini aniq faxmlagan abo’liya-ga
mubtalo bo’lgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o’zini majbur qila
olmaydi. Tabiiy hulq-atvor uning uchun eng xarak-terlidir.
Apraksiya - miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan
harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishi-dir. Agar nerv
to’qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida to’xtab qolsa, xatti-
harakatlarni erkin to’g’rilashni buzilishida namoyon bo’ladigan apraksiya
boshlanadi. Bu harakatlar berilgan programma va binobarin, irodaviy aktning
bajarilishini qiyinlashtirib qo’yadi.
Irodaviy fazilatni baholash «kuchli-kuchsiz» ulchovi bilan ifodalan-masligi
kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo’lmasa ham,
muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko’rinishlar xarakte-ristikasi, ularning
mahnaviy bahosi irodaviy akt amalga oshirili-shining asosiga quyilgan
motivlarning sosial ahamiyatiga bog’liq. Mahnaviy jixatdan tarbiyalangan
irodali kishi eng avvalo o’zining individual intilishlarini irodaga va kollektiv
obro’-ehtiboriga, jamiyat manfaatlariga bo’ysundiradigan jamoachidir.
Irodani tarbiyalash xususida so’z yuritganda irodani mustaqil tarbiyalash
usullari har xil bo’lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini
bilishimiz lozim: irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishni odat qilishdan boshlash kerak; qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf
etish mahlum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi; qabo’l qilingan
qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa muljallangan maqsadni oldiga qo’ygan
taqdirda uzoq istiqbolni nazarda to’tishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini
ko’rishi, yaqin kelajakka muljallangan istiqbolni ko’ra olish. Irodani
tarbiyalash to’g’risida gapirilar ekan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi
225
faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan
narsaning real bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko’nikmalarning borligiga,
qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilat-larining
rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u
bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida,
kollektivdan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: