"psixologiya"


Faol o’rganish jarayonida o’rganuvchilarning ruhiy va jismoniy faolligini



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   253
Bog'liq
psixologiya

Faol o’rganish jarayonida o’rganuvchilarning ruhiy va jismoniy faolligini  
oshiruvchi maxsus mashqlar (enerjayzerlar) va ulardan foydalanish. 
     Psixologiyadan  amaliy  mashg’ulotlar  jarayonida  darsni  jonli  va  qiziqarli 
tashkil  etish    uchun  quyidagi  talabalarning  ruhiy  va  jismoniy  faolligini  
oshiruvchi maxsus mashqlardan (enerjayzerlardan) foydalanish mumkin: 
 «Shamol esmoqda» mashqi.  
Barcha  ishtirokchilar  aylana  shaklida  stullarga  o’tirishadi.    Bitta  odam 
aylana markazida turadi va boshlovchi hisoblanadi.  Boshlovchi « kuchli shamol 
. . .  tomonga esmoqda » deydi.  Bunda boshlovchi boshqa ishtirokchilarga yoki 
butun  guruhga  xos  bo’lgan  belgilarni  (masalan:  ko’zning  rangi,    kiyimning 
belgisi. . . ) aytadi.  Kimgaki bu belgilar xos bo’lsa,  ular joyidan turishadi.  Joy 
yetmay  qolgan  ishtirokchi  boshlovchi  bo’ladi.    Qo’shni  o’rinlarni  egallash 
mumkin emas.  
«Bunga-Yunga» mashqi.  
O’yin  ishtirokchilari  aylana  shaklida  turishadi.    Boshlovchi  boshqa 
ishtirokchilar bilan turadi va «A-a-a-a» deya baland kuylay boshlaydi.  Keyingi 
ishtroqchi  davom  ettirib  ketadi,    hamda  shu  tarzda  o’yin  boshlovchiga  qadar 
davom etadi.  So’ngra barcha ishtirokchilar baland sakrab «Bunga-Yunga» deya 
qichqiradi.    Mashq  3  marta  takrorlanadi.    Bu  mashqlar  qon  aylanishini 
yaxshilashni yo’lga qo’yadi va ishtirokchilarning umumiy tonusini ko’taradi.  
«Dohiyni top» mashqi.  
Barcha  ishtirokchilar  aylana  shaklida  turishadi.    Bir  ishtirokchi  o’z 
ixtiyoriga  ko’ra  tashqariga  chiqariladi.    Qolganlar  o’rtada  dohiyni  tanlaydilar.  
Uning  buyrug’iga  binoan  butun  guruh  qandaydir  mashqlarni  «qo’l  silkitish,  
chapak chalish va hokazolarni» bajarishadilar.  Mashqlar vaqtma-vaqt almashib 
boraveradi,  tashqaridan qaytib kirgan ishtirokchining vazifasi esa,  guruhni kim 
boshqarayotganini,  «Dohiy» kimligini topishi bo’ladi.  Bu mashqning qiyinligi 
shundaki,  ishtirokchilar dohiyga to’g’ri qaramaydi.   
«Tropik yomg’ir» mashqi 
Barcha  ishtirokchilar  aylana  shaklida  turadilar.    Boshlovchi  harakatini 
bajarib  ko’rsatadi  va  bu  ishtirokchilar  tomonida  boshlovchiga  qadar  davom 
etadi.    Boshlovchi  bo’lsa  harakat  to’rini  o’zzgartiradi  va  bu  ishtirokchilar 
tomonidan shu tarzda davom etiriladi.  


 
228 
Harakatlar ketma-ketligi: 
Barmoqlarni  qirsillatish;  kaftini  kaftiga  urish;  kaftlar  bilan  ko’krakka 
urish;  oyoqlarni  topillatish;  shu  tarzda  yana  ketma-ket  bajarilaveradi.    O’yin 
davomida  hosil  bo’ladigan  tovush  «Tropik  yomg’iri»  tovushiga  juda  ham 
o’xshaydi.  
«Paravozcha» mashqi.  
Barcha ishtirokchilar 3 kishidan bo’lib guruhlarga bo’linadi.  
Guruxdan  biri  «Paravozcha»  qolganlari  «vagonlar»  bo’lishadi.  
«Paravozchalar»  ko’zlarini  yumadilar  «Vagonlar»  bo’lsa  «paravozcha»ning 
harakatini boshqa «paravozchalar» bilan to’qnashmaydigan qilib boshqaradi.  
topshiriq.  
   «Vagonlar»  «Paravozchani»  shunday  yo’naltirishadiki,    u  boshqa 
«qismlar»  bilan  «bog’lanishi»  kerak.    O’yin  barcha  «qismlar»  aylana  holda 
birlashgandan keyin tugaydi.   
«Sirli farvater» mashqi.  
Bu  mashqda  to’siqlarni  yengishga  mo’ljalangan  7-8  ishtirokchi 
paravozcha  bo’lishadi  va  bir-birini  orqasidan  ushlashadi.    1-turgan  kishidan 
boshqa barchani ko’zlari bog’lanadi.  1-ishtirokchi (boshіaruvchi kishi) Hech bir 
so’z  aytmasdan,    parovozchalarni  qarama-qarshidagi  devorgacha  olib  borishi 
kerak.    O’yinning  qiyinchiligi  shundaki,    dum  sudralish  xususiyatiga  ega  va 
«mina»larga  to’qnashib  ketishi  mumkin.    Bu  hodisa  yuz  bermasligi  uchun  har 
bir ishtirokchi o’zidan oldingisining harakatini aniq qaytarishi lozim.  Mashqni 
minalar sonini ko’paytirish va o’zgartirish bilan murakkablashtirish mumkin.  
«Timsoh va qurbaqalar» mashqi.  
O’yin uchun uning yordamida shovqin hosil qilish mumkin bo’lgan biror 
bir predmet zarur va bu predmet timsohning qo’lida turishi kerak (temir banka,  
tayoqcha).    Xonani  xovuz  deb  tasavvur  qilish  mumkin.  O’yin  ishtirokchilari 
qurbaqalar  vazifasini,    faqatgina  bitta  ishtirokchi  timsoh  vazifasini  bajaradi.  
Polga  gazeta  varaqlari  sochib  tashlanadi.    Bular  suzuvchi  barglar  hisoblanadi.  
O’yin qoyidalari: 
 -Timsoh  qurbaqalarni  yeyish,   qurbaqalar  esa  o’zlarini  himoya  qilishlari 
kerak; 
 -Timsoh  shovqin  chiqarsa  bu  uning  uxlayotganidan,    va  hurrak 
otayotganidan darak beradi va bu vaqtda qurbaqalar xavfdan holi bo’ladilar; 
-Shovqin tinganda esa qurbaqalar barglar ustida xavfsiz bo’ladi; 
 -Timsoh  shovqin  chiqarganda  qurbaqalar  hovuz  bo’ylab  harakatlanishi,  
ammo barglar ustiga chiqmasligi kerak; 
-Shovqin  tinganda  timsoh  ularni  tutib  olmasdan  oldin  ular  barglar  ustiga 
chiqib olishi kerak.  Barglar ustida bir nechta qurbaqalar turishi mumkin,  ammo 
bunda ular 2 oyoqlab turishganda,  barglarni chetlari ko’rinib turishi kerak yoki 
bir oyoqda turishi ham mumkin.  
 -Shovqin chiqara turib,  timsoh xona bo’ylab yuradi va har safar 3 yoki 4 
bargni  yig’ishtirib  oladi.    Shovqin  tugaganda  barglar  ustida  noto’g’ri  turgan 
qurbaqani o’yindan chiqadi. Keyin barchasi qaytadan takrorlanadi,  barglarning 
bir qismi olib tashlanadi va shu tariqa o’yin davom ettiriladi.  


 
229 
8.  Hayvonlar qorong’ulikdan ozodlikka chiqib olishdi va har bir hayvon 
ovoziga  ko’ra  o’z  juftini  topishi  kerak.    O’yin  ishtirokchilari  2  guruhga 
bo’linadi.    Boshlovchi  1  va  2  chi  guruhdagi  har  bir  ishtirokchiga  ma’lum  bir 
hayvon nomini beradi va u guruhda yagona bo’lishi kerak.  Har ikki guruh ham 
joyidan  turib  bitta  yagona  guruhga  birlashadi.    Ishtirokchilar  ko’zlarini 
yumadilar  va  joylarida  aylanishadi,    aylana  turib  ular  o’zlari  tasvirlayotgan 
hayvonga  xos  tovushlar  chiqaradilar.    O’z  juftini  topgan  hayvon  u  bilan  birga 
chetga  sekingina  chiqib  turadi  va  boshqa  hayvonlar  o’z  juftlarini  topgunicha 
kutib turadi.  
«Tutqunlikdan qochish» mashqi.  
O’yin  anchagina  energiya  sarf  qiladi,    fasilatorlar  komandasi  o’yinni 
boshqarib  turadi  va  vaziyatning  nazoratdan  chiqish  xavfi  tug’ilganda  uni 
to’xtatishadi.    Agar  2  juftlik  bitta  stulga  talashib  qolsa,    ular  sudya  vazifasini 
ham  bajarishadi,    stullarni  ikkita-ikkitadan  qilib  xonada  har  joyga  qo’yib 
chiqishadi.  Bu stullar orasi 1 metrdan kam bo’lmasligi kerak.  2ta stul xonaning 
markaziga qo’yiladi.  Bu tutqunlik bo’ladi.  Guruhni stulga o’tkazib chiqishadi.  
Har  guruh  bir-birini  qo’lidan  ushlab  oladi  va  o’yin  davomida  ular  qo’llarini 
qo’yib  yubormasligi  kerak  bo’ladi.    «Tutqunlikda»gi  juftlikka  va  boshqa 
juftliklarga  ham  nomer  qo’yib  chiqiladi  va  bu  nomerlarni  o’yin  oxirigacha 
saqlash kerak bo’ladi.  
«Tutqunlik»dagi  juftlik  o’yinni  boshlaydi.    Ular  2  yoki  undan  ortiq 
nomerni  aytishadi  va  shu  raqamdagi  juftliklar  o’zlariga  yangi  joy  topishlari 
kerak  bo’ladi.    «Tutqunlik»dagi  juftliklar  ularning  joylarini  egallab  olishga 
harakat qilishadi.  Agar ular hamma juftliklarning o’z o’rinlarini almashtirishini 
hohlashsa  «Tutqunlikdan  qochish»  deb  baqiradi.    «Tutqunlik»ga  to’lib  qolgan 
juftliklar yana shu tariqa o’yinni davom ettiradi.   
«Uchuvchilar» mashqi.  
Ishtirokchilar  o’zlarini  samolyot  deb  tasavvur  qilishi  kerak.        
Boshqaruvchining  vazifasi  samolyotlar  tezligini  va  yo’nalishini  boshqarib 
turishdir.    O’yin  davomida  boshqaruvchi  samolyotlar  tezligini  va  yo’nalishini 
o’zgartirib turadi.  
«Fillar va palmalar» mashqi.  
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turishadi.  Aylana markazida turgan 
odam  ishtirokchilardan  birini  ko’rsatadi  va  «fil»  deydi.    Tanlangan  odam 
engashadi  va  qo’lini  xartumga  o’xshatib  oldinga  tutadi.    Uning  yonidagi 
o’yinchilar  qo’llarini  fil  qulog’iga  o’xshash  tarzda  engashtiradi.    Agar  o’yin 
markazida  turgan  odam  «palma»  desa,    u  ko’rsatgan  atrofdagi  kishilar  daraxt 
shoxlarini tasvirlaydi.  Agar markazdagi odam «Skuns» desa u ko’rsatgan odam 
aylanadi  va  qo’lini  dumga  o’xshatib  ko’rsatadi.    Uning  atrofidagilar    o’girilib 
olib burunlarini qisishadi.  
«Boyo’g’li va sichqon» mashqi.  
O’yin  uchun  ko’zni  bog’lashga  latta  va  toshlar  bilan  to’ldirilgan  banka 
kerak.    Boyo’g’lining  vazifasi  sichqonni  to’tish,    sichqoning  vazifasi 
boyo’g’lidan  qochish.    2  kishi  tanlanadi,    ulardan  biri  boyo’g’li  va  boshqasi 
sichqon bo’ladi.  Ularni ko’zini bog’lab,  qo’liga toshli bankalar beriladi.  Ular 
bu  bankalarni  shaqqilatib,    biri  qochishi,    ikkinchisi  quvishi  kerak.    Qolgan 


 
230 
ishtirokchilar  aylana  bo’lib  turishadi  va  bu  bilan  o’yinchilarning  bir  birini 
jarohatlab qo’yishning oldini olishadi.  Agar boyo’g’li sichqonni to’tish o’rniga 
boshqa  ishtirokchini  tutib  olsa,    sichqon  boyo’g’li  bo’ladi  va  o’ziga  boshqa 
sichqon qidiradi.  
«Sabzavotli arava» mashqi.  
Boshqaruvchidan boshqa hammada stul bo’lishi kerak.  Avvaldan tuzilgan 
ro’yxatga ko’ra,  u har bir ishtirokchiga qarab sabzavot nomini qo’yadi.  Bunda 
kamida  uchta  odam  bitta  sabzavot  nomini  olishi  kerak.    Boshlovchi 
sabzavotning nomini aytib bajaradi va bu sabzavot nomini olgan o’yinchilar o’z 
o’rinlarini  almashtiradi.    Agar  boshlovchi  bu  vaqtda  o’yinchilardan  birining 
joyiga  o’tirishga  ulgursa,    joysiz  qolgan  o’yinchi  boshqaruvchi  bo’ladi.    Agar 
boshqaruvchi «Sabzavotli arava» deb baqirsa,  barcha o’yinchilar  o’z joylarini 
almashtiradilar.  
«Xa-xa» mashqi 
Barcha  ishtirokchilar  boshlarini  yonida  yotgan  odamning  qorniga 
qo’yganicha polga yotadi.  Birinchi odam «xa» deydi,  ikkinchi odam  esa «xa-
xa»  deydi  va  shu  holda  butun  zanjir  bo’ylab  kulgu  davom  etadi.    Agar  polga 
yotish imkoni bo’lmasa,  ishtirokchilar aylanma bo’lib turishadi va 1-variantdagi 
harakatlar bajariladi.  
«Yozuv mashinkasi» mashqi.  
Barcha  ishtirokchilar  bir  chiziq  yoki  aylana  bo’lib  turadilar.    Guruhga 
to’rtlik  (gap,    so’z  birikmasi.  .  .  )ni  o’qish  topshirig’i  beriladi.    Ular  buni  xor 
bo’lib  o’qishlari  kerak  emas.    Ishtirokchilar  birin-ketin    bittatadan  harf  aytadi.  
Gapda  chiziqcha  bo’lsa,    ishtirokchilar  chapak  chaladi,    vergul  va  nuqtalarni 
ham shu tarzda biror belgi bilan belgilab olishi mumkin.  Xato qilgan o’yindan 
chiqib ketadi.  Uchta kishi qolganda barcha guruh o’yinni qaytadan boshlaydi.  
«Qarsaklar» mashqi.  
Guruh  a’zolari bir chiziq bo’ylab,  kolonna yoki aylana bo’lib turishadi.  
Buyruqqa  binoan  birinchi  kishidan  boshlab  har  bir  ishtirokchi  bittadan 
qarsak  uradi.    Qarsaklar  birin-ketin  davom  etishi  kerak.    Bir  ishtirokchi 
faqatgina  bir  qarsak  uradi.    20  kishilik  guruhning  mashqni  bajarib  bo’lishi  3 
sekund davom etadi.  
«Kim tormoz» mashqi.  
Ishtirokchilar  juft-juft  holda  bo’linadi,    stolning  o’rtasida  kichkina 
predmet  turadi.    2  kishi  2  tarafdan  qo’llarini  predmetdan  1  xil  masofada  tutib 
turishadi.  Boshlovchi har xil raqamlarni aytadi.  Juft son aytilganda predmetni 
darrov ushlab olish kerak bo’ladi.  
«Buzuq telefon» mashqi.  
Ishtirokchilar  bir  chiziq  bo’lib  turadi.    Boshlovchi  qatorning  oxirida 
turadi.  Ishtirokchilar unga orqasi bilan turadi.  U ishtirokchining yelkasiga urib 
o’ziga  o’girilishini  so’raydi  va  unga  imo-ishoralar  bilan  qandaydir  predmet 
tasvirini ko’rsatadi ( gugurt kutisi,  pistolet. . . ) Birinchi ishtirokchi ikkinchisiga 
o’girilib,   uni yelkasiga turtib o’ziga qaratadi va huddi shu imo-ishoralar bilan 
ko’rsatadi  va  shu  tariqa  o’yin  davom  etadi,    oxirgi  ishtirokchi  ovoz  chiqarib 
aytadi.  
Sharti: barcha harakatlar ovoz chiqarilalmasdan bajariladi,  faqat qaytarib 
ko’rsatilishi iltimos qilinishi mumkin.  Ishtirokchilar o’zidan avvalgisi yelkasiga 
turtmagunicha o’girilmaydi.  


 
231 
«Ko’prikcha» mashqi.  
Bu mashq bir oz murakkab bo’lib,  guruhning ilk shakllangan davrida uni 
bajarish  tavsiya  etilmaydi.    Butun  guruh  ixtiyoriy  ravishda  2ga  bo’linadi.  
Tajribalar  ko’rsatishicha,    o’zaro  muloqotda  muammolari  bo’lgan  insonlar 
boshqa-boshqa  guruhlarni  tanlashadi.    Polga  butun  xona  bo’ylab  20sm  enlikda 
ko’prik rasmi chiziladi yoki doska tashlanadi.  Bu ko’prikdan bitta komanda 1 
metr  oraliq  masofani  saqlagan  holda  birin-ketin  joylashadi.    Ikkinchi 
komandaning  xar  bir  ishtirokchisi  qarama-qarshi  guruh  ishtirokchilari  bilan 
to’qnashgan  holda  ko’prikdan  o’tib  olishlari  kerak.    Agar  kimdir  orqaga  ketib 
qolsa  (  u  qaysi  guruhdan  bo’lishi  qat’iy  nazar  )  butun  komanda  ko’prikdan 
o’tishni qayta boshlaydi,  undan so’ng komandalar joylarini almashadi.  
20-mashq.  
Ishtirokchilar soni 10-15tagacha.  Ishtirokchilar markazga yonbosh holda 
turishadilar.  Boshlovchi qandaydir haraktni ko’rsatadi.  Boshlovchi harakatidan 
so’ng,    birinchi  ishtirokchi  birinchi  harakatni  ko’rsatadi,    uchinchi  harakatdan 
so’ng birinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni ko’rsatadi.  Ikkinchichi ishtirokchi 
esa  birinchi  harakatni  ko’rsatishi  kerak.    To’rtinchi  harakatdan  so’ng  birinchi  
ishtirokchi uchinchi harakatni,  ikkinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni,  uchinchi 
ishtirokchi  birinchi  harakatni  ko’rsatadi.    O’yin  so’ngi  ishtirokchi  birinchi 
harakatni ko’rsatguncha davom etadi.  Shunday qilib,  navbati kelgan ishtirokchi 
o’zidan avvalgi ishtirokchining undan avvalgi harakatini ko’rsatishi kerak.  
«Uzukcha» mashqi.   
Ishtirokchilar 4 kishidan iborat guruhga bo’linadilar.  Diametri 3-3, 5 sm 
bo’lgan  uzukka  3ta  ip  bog’lanadi.    3  ta  ishtirokchi  ipning  oxiridan  ushlaydi,  
ularning  ko’zlari  bog’lanadi,    Uchinchi  ishtirokchi  uzukni  polga  yoki  stolga 
o’rnatilgan sterjenga ulab qo’yadi,  guruhlar o’rtasida tezlik bo’yicha musobaqa 
uyushtirilishi mumkin.  

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish