Tadqiqot olib borilishi
Ko‘rsatma: Har qanday inson o‘zining qobilyati, imkoniyati, xarakteri va hokazolarni baholaydi. Har bir sinaluvchining shaxsiy sifatlari, xususiyatlari rivojlanish darajasini vertikal chiziq bilan shartli ravishda tasvirlash mumkin, bunda eng pastki nuqta – eng past rivojlanishni, eng tepa nuqta esa – juda yuqori rivojlanishni bildiradi. Sizga shunday 4 ta chiziq taklif etiladi.
1. Sog‘liq
2. Aql, qobilyatlar
3. Xarakter
4. Baxt
O‘zingizdagi ushbu sifatlarning shaxs xususiyatingizning rivojlanishini qanday baxolashingizni har bir to‘g‘ri chiziqda, chiziqcha (-) bilan ko‘rsating. Shundan so‘ng, ushbu sifat, xususiyatlaringizni rivojlanish darajasidan siz o‘zingiz qanchalik qoniqqan yoki faxrlanganingizda, qanchalik bo‘lishini iks (х) bilan belgilang.
Blankda har birining balandligi 100 mm (10sm) ga teng 7 ta vertikal chiziq bo‘lib, ushbu chiziqlarning yuqori va pastki nuqtalari chegaralovchi chiziqlar bilan shkala o‘rtasi esa bilinar bilinmas nuqta bilan belgilangan bo‘ladi. Metodikani butun sinfda yoppasiga (frontal) yoki individual tarzda o‘tkazish mumkin. Metodikа frontal o‘tkazilganida har bir o‘quvchi shkalani qanday belgilanganini tekshirish kerak.
Bunda (-) va iks (х) belgilarini qanday ishlatayotganiga e’tibor berish lozim. Ushbu metodikani o‘tkazishga, ko‘rsatmani o‘qish bilan bilan birga ajratiladigan vaqt 10-12 daqiqani tashkil etadi.
Natijalarni qayta ishlash va izohlash
Natijalarni qayta ishlash 6 ta shkala bo‘yuicha olib boriladi (1-shkalа, ya’ni sog‘liq haqidagi shkala sinash uchun bo‘lib hisobga olinmayd ). Har bir javob balllada o‘lchanadi. yuqorida aytilganidek har bir shkalaning uzunligi 100 mm bo‘lib, shunga asosan o‘quvchi javobida 54 mm.ni belgilasa, biz buni 54 ball deb olamiz.
1. To‘rtta shkalaning har biridan quidagilar aniqlanadi:
А) Da’vogarlik darajasi – shkalaning pastki nuqtasi 0 (nol) dan to х (икс) belgisigacha mm dagi masofa;
BO‘z-o‘zining baholashning balandligi – “0” dan “-” (chiziqcha) belgisigacha;
V) Da’vogarlik darajasi bilan o‘z-o‘zini baholash belgilari, ya’ni “х” (iks) bilan “-” (chiziqcha) belgilari orasidagi farq. Agarda da’vogarlik darajasi o‘z-o‘zini baholashdan past bo‘lsa, bunda u manfiy raqam bilan ko‘rsatiladi.
2. To‘rtta shkalaning har birida ko‘rsatilgan da’vogarlik darajasin va o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlarining o‘rtacha kattaligini hisoblash.
Quidagi jadvalda 900 ta 7-10 sinf o‘quvchilarining da’vogarlik va o‘z-o‘zini baholash darajalari bo‘yicha olingan miqdoriy tavsiflar berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |