9-MAVZU: SELEKSIYa MANBALARINI Q/X EKINLARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI BO‘YIChA BAHOLASh.
Reja.
1. Seleksiya materiali va uni baholash xaqida tushuncha.
2. Baholash usullari.
3. Turli belgilar bo‘yicha baholash.
4. Seleksiyaning turli jarayonlarida baholash.
Seleksiya jarayonida baholanadigan barcha nav va nomerlar seleksiya materiali deyiladi. Seleksiya materialini ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar uning hosilini va mahsulotini sifatidir. Bu ko‘rsatkichlar murakkab bo‘lib bir qancha belgi va xususiyatlar yig‘indisidan iborat va ular o‘stirish sharoiti ta’sirida keskin o‘zgarish mum-kin. Seleksionerlar o‘zi urganayotgan seleksiya materialini har yili mazkur ekinning shu zonada noxiyalashtirilgan andoza navi bilan taqqoslash zarur. Bu o‘rganish seleksiyaning har bir bosqichida o‘tkazilishi shart
Seleksiya materialini baholash ancha murakkab ish bo‘lib Uzoqvaqtni talab qiladi. Ya’ni, oz miqdordagi urug‘larga ega bo‘lgan holda ko‘p miqdordagi o‘simliklarni baholash talab qili-nadi. Buning uchun esa baholashning maxsus usullaridan foydalanish talab qilinadi. Bundan tashqari har tamonlama ob’ektiv baholash uchun bir vaqtning o‘zida turli usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Seleksiya jarayonida baholanadigan asosiy xususiyatlar: mahsuldorlik, iqlim-sharoiti noqulayliklariga chidamlilik, kasallik va zararkunandalarga chidamlilik, mexanizatsiya yordamida yetishtirish, yig‘ishtirib olishga yaroqlilik, mahsulotining sifati.
Umuman seleksiya materialiga to‘liq baho berish uchun BEVO-SITA, BILVOSITA VA PROVAKATSION usullardan foydala-niladi. Seleksiya materialiga bevosita baho berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalada sanash,tortish va o‘lchash orqali bajariladi. Bu usulda to‘liq va ishonchli ma’lumot olinadi. Shuning uchun ham bu usul asosiy hisoblanadi. Masalan,bahorda tirik qolgan o‘simliklar soni kuzgi ekinlarning qishga chidamliligini bevosita ko‘rsatkichidir. O‘simlik barglarining zang kasalligi bilan zararlanish darajasi ularni qanchalik chidamliligini baholash imkonini beradi. Umuman bu usul yordamida o‘simlikning o‘stirish sharoitiga bo‘lgan talablari,mahsuldorligi, tezpisharligi, iqlim sharo-itiga chidamliligi, mexanizatsiyalar yordamida yetishtirishga yaroqliligi kabi belgilar baholanadi.
O‘simliklarning ba’zi belgilari bilvosita (vositali) belgilar bilan baholanadi. Masalan, don tarkibidagi kleykovina miqdori va baqquvatligi, bug‘doy unining non berishi sifatini ko‘rsatuvchi vositali belgidir. Xujayra shirasida qand miqdori va ATF ko‘p bo‘lgan o‘simliklar sovuqka chidamli bo‘lsa, ildizi yaxshi rivojlangan o‘simliklar qurg‘oqchilikga chidamli bo‘ladi.
Seleksiya materialini baholashda dalada, dala va laboratoriyada , hamda laboratoriya sharoitida o‘rganiladi. Dalada baholashni, o‘simlik o‘sib turgan sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zatish va hisoblash orqali olib boriladi. Shuning uchun ham dalada baholash asosiy va ishonchli usul hisoblanadi.
Dalada baholash asosiy usul bo‘lsada uning yordamida ayrim xususiyatlarni baholashda kiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Masalan, sovuqka chidamlilikni baholashda, qurg‘oqchilikga chidamlilikni baho-lashda bir necha yillar davomida sharoit bo‘lmasligi mumkin. Bu holda provakatsion (ayg‘oqchilik usulidan) fonlardan foydalaniladi. Sun’iy sharoit tabiiysining o‘rnini bosa olmaydi,lekin katta ahamiyatga ega. Ayg‘oqchi usulning afzalligi shundaki, ko‘p hollarda uni boshqarib turish imkoni bo‘ladi. Masalan, o‘simliklarning kasalliklarga chidamli-ligini aniqlash uchun mazkur kasalning istalgan irqini yuqtirish mumkin. Yoki bo‘lmasam, qurg‘oqchilikga chidamliligini aniqlash uchun tuvakchalarga ekish mumkin va kerak vaqtida garmsel qurilmalariga jaylashtiriladi. Chunki tuvakchada ildizlar yaxshi rivojlanmaydi.
Hozirgi sharoitda FITOTRON qurilmasidan keng foydalaniladi. U sun’iy iqlim stansiyasi bo‘lib, to‘liq avtomatlashgan va kerak paytda har qanday sharoitni yaratish imkonini beradi.
Seleksiya materialini dala-laboratoriyada baholashda olingan ma’lumotlarni laboratoriya sharoitida to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Masalan,o‘simliklar mahsulodorligi dalada baholansa ularning texnologik xossalari va sifati laboratoriyada aniqlanadi.
MAHSULDORLIKNI BAHOLASh. Yer maydon birligidan olina-digan hosil hosildorlik, bitta o‘simlikdan olinadigan hosil esa mahsuldorlik deyiladi. Hosildorlik - mahsuldorlik va kuchat qaliniligiga bog‘lik. Seleksiyaning dastlabki bosqichida mahsuldorlikni baholash asosiydir, chunki ularnining maydoni juda kichik bo‘ladi.
G‘alladoshlarda o‘simlik mahsuldorligi -boshoqdagi donlar soni, yoki 1000 ta don og‘irligi bilan ifodalanadi. Mahsuldorlikni to‘g‘ri baholash uchun ularni mutloqa bir hil sharoitda o‘stirish kerak. Bu belgi vositasiz belgi bo‘lib dalada o‘rganiladi.
Nazorat savollari.
1. Beleksiya materialini baholash nima?
2. Qanday baholash xillari bor?
3. Seleksiya manbalarini baholshaning ahamiyati?
Do'stlaringiz bilan baham: |