3. Maktabgacha tarbiya yoshi.
Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilish, atrof muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgandavrdir. Shu sababli ham ota-onalar va tarbiyachilarning bolalarni to’g’ri kamolga yetkazishga alohida e’tibor berishlari lozim. Ularni tarbiyalashda:
a) sog’lig’i haqida, tartib va gigiyena talablariga;
b) o’yin mashg’ulotlari, so’z, musiqa, ekskursiya, badiiy va jismoniy
tarbiyaga;
v) o’zini tuta bilish, do’stlik-birodarlikni o’rniga qo’yish, kattalarga hurmat, o’yin qoidalarini buzmaslik, buyumlarni asrash va boshqkalarga o’rgatish muhimdir.
Bu davrda bolalarning bo’yi har yili o’rtacha 6 sm, og’irligi 1-2 kg o’sadi. Suyak, muskul tizimi yumshoq, egiluvchan bo’ladi. Shu sababli ularni toliqtirmaslik kerak. Ularning asosiy faoliyati o’yin hisoblanadi. O’yinlar rang-barang bo’lishi va jamiyat maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |