O’quv faoliyati natijalari:
1) talabalarning didaktikaning predmeti, funksiyasi, vazifalari, didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishiga oid bilimlari mustahkamlanadi;
2) didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimiga oid bilimlarini namoyish qiladilar;
3) didaktik nazariyalardan qay darajada xabardorliklarini ko’rsatib beradilar;
4) kichik guruhlar tarkibida “Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini tashkil etish shartlari” mavzusida kichik hajmdagi tavsiyanomani tayyorlash orqali mavzuni puxta o’zlashtirganliklarini namoyish qiladilar;
5) test so’rovi asosida mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan bilimlarni umumiy tarzda namoyish etadilar
|