1-ilova
“B-B-B” chizmasi
“B-B-B” chizmasi – Bilaman //Bilishni xohlayman //Bilib oldim. Talabalarda mavzu, matn, bo’lim bo’yicha tasavvurlarni shakllantirish uchun izlanishlar olib borish imkoniyatini beradi.
Tizimli fikrlash, ma’lum bir fikrga kelish, mavzuni mustaqil tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Talabalar avvalo,
jadvalni mazmunli tuzish o’rganadilar, alohida bo’limlarini to’g’ri rasmiylashtiradilar;
“Mavzu bo’yicha nimalarni o’rgandingiz?”, “Yana nimalarni bilishni xohlaysiz?” kabi savollarga javob beradilar. Natijada jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar;
ma’ruzani qiziqish bilan tinglab, mustaqil o’rganadilar;
o’z fikr va mulohazalari asosida 3 bo’limni ham to’ldiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |