V BOB.
TAFAKKUR
Fikrlash kishi ruhini charxlaydi.
Gippokrat
5.1. Umumiy ta’rif
Analizatorlar sezgi a ’zolari orqali odamni tashqi dunyo bilan b og‘lab
turadi. Dunyoni o'rganish sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bizni
o ‘rab turgan borliqni sezgi a ’zolarim iz orqali qabul qilam iz va idrok
etamiz, hodisalar va narsalar, ular orasidagi b og‘lanishlami ongimizda
aks ettiramiz, fikrlaymiz. Bu haqda biz o'tgan boblarda m a’lum ot berdik.
X o'sh, tafakkur nima? Uning mexanizmlari nimalardan iborat?
Hozirga qadar tafakkurning bir qancha nazariyalari mavjud. Ularning
b a’zilarini keltirib o'tam iz.
Bixeviorizm (inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari fikrlashning
xulq-atvorga oid nazariyasini ilgari surishgan, ya’ni «Tafakkur ham nutq
kabi harakat faoliyati bilan bog'liqdir», deyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |