Psixologiy asi


Axborotni qabul qilish yo'llari



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Axborotni qabul qilish yo'llari
Yodga tushirish (%)
3 soatdan keyin
3 kundan keyin
Og'zaki
25
10
Yozma
70
20
Og‘zaki-yozma
80
60
Turli «o‘yinlar»ni qo'llagan
holda material ustida
90
70
faol ishlash
95


Shuni ta ’kidlash lozimki, sezgi a ’zolarimiz orqali ta ’sir qiladigan 
barcha n arsalar esda qolaverm aydi. Eslab qolish jarayo ni dastlab 
idrokning bevosita davomi sifatida ko'riladi. A w alo har bir narsa yoki 
hodisaning aniq ko'zga lashlanib turadigan elementlari yaxshi esda 
qoladi.
A x b o ro tn in g x o tira d a saq lan ish i uning tu rig a ham b o g 'liq . 
Mutaxassislar semantik va epizodik xotira turlarini farqlashadi. Semantik 
xotira - m a’no haqida m a ’lum ot beruvchi xotira turi hisoblanadi. 
Masalan, Zigmund Freyd tadqiqotchi olim, psixoanaliz haqidagi ta ’limot 
asoschisidir. Z. Freyd to ‘g‘risidagi axborot m a’no va mazmun ko'rinishida 
saqlanadi. U biror ilmiy yo'nalish bo'yicha mashhur bo'lgan olim. Ba’zan 
ushbu olim ilmning qaysi sohasi bo'yicha mashhur bo'lganligini odam 
yaxshi eslab qolsa-da, uning ismini unutib qo'yadi. Olimning familiyasi 
yoki ismini eslamoqchi bo'lsa, u «Haligi olimning familiyasi nima edi, u 
k o 'p tanqidga uchragan, mashhur nevrolog bo'lgan-ku?!» deydi-yu, 
olimning ismini hech eslay olmaydi. Bu - semantik xotira buzilishining 
bii turidir. Epizodik xotirada biror-bir voqeaning bo'rtib turgan qismi 
esda qoladi. Masalan, ko'chada birovni mashina urib ketdi va uni darhol 
kasalxonaga olib ketishdi. Bir qancha vaqt o'tgach, uning guvohi bo'lgan 
odamdan voqeaning tafsiloti so'ralsa, guvoh faqat kimnidir mashina urib 
yuborganini eslab qoladi, qolgan narsalar, ya’ni aynan qanday mashina 
urib yuborgani, haydovchining k o 'rin ish i va taxm iniy yoshi, «tez 
yordam»ni kim chaqirganini eslay olmaydi.
Shunday qilib, xotira murakkab funksional sistema sifatida ko'rilishi 
kerak. Xotirada ikkinchi darajali narsa yoki voqealar eslab qolinmaydi. 
Esiab qoiingan narsa Ya voqealar miyada sintez qilinadi va maxsus kodga 
aylanadi. Kodlanish jarayoni qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatliga 
aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotirada axborot ko'proq optik tasvirlar holida yaxshi saqlanadi, 
chunki aksariyat odamlarda ko'rish analizatori dunyoni idrok etishning 
yetakchi tizimi hisoblanadi. Shu bois eslab qolish usullaridan biri xotira 
turlarining birgalikda bo'lishidir. K o'rish, eshitish, ta ’m bilish, taktil 
ta ’sirotlar bilan bog'liq xotira shular sirasiga kiradi.
Xotira jarayonlari odam uchun hammavaqt muhim bo'lgan. Xotira 
qadim zamonlardan buyon olimu fuzalolarni qiziqtirib kelgan. Greklar 
xotirani mustahkamlash uchun mnemonika xudosiga sig'inishgan. Barcha 
insonlar kuchli x o tirag a ega b o 'lish n i orzu qilishgan. K o 'p c h ilik
olimlarning xotirasi kuchli bo'ladi, deydi. Bu hammavaqt ham haqiqatga 
to'g'ri kelavermaydi. Ba’zi olimlar olamshumul kashfiyotlar qilishsa-da, 
xotirasi juda yomon bo'lgan. M asalan, Ch. Darvin xotirasida jiddiy 
kamchiliklar bo'lgan. Shunday bir voqea tarixchilar tomonidan yozib
%


qo!di: ilgi\n: 50 yoshdan oshgan Ch. Darvin xizmatkoriga o'zi yozgan 
«Turlarning kelib chiqishi haqida»gi asarini o'qishni buyuradi. Ch. Darvin 
tinglashga berilib ketib, shunday degan: «Qiziq, qiziq, buni qarang-a, 
juda yaxshi, bu asarni kim yozgan ekan-a?» deb yuborgan. Ch. Darvinda 
xotira hammavaqt ham zaif bo'lgan, lekin uning alloma bo'lib yetishishiga 
bu xahqit bermagan. Shu bilan bir vaqtda aqlan zaif, lekin xotirasi kuchli 
odamlar ham bo'ladi, ammo bunday xotira mantiqiy emas, ko 'proq 
mexanik xotira hisoblanadi.
O m m abop ad ab iyotlarda xotirasi o 'ta kuchli bo 'lg an o dam lar 
t a ’riflangan. A.R. Luriya oddiy ishda ishlaydigan, biroq xotirasi 
juda kuchli bir odam ni deyarli 20 yild an o rtiq kuzatgan. U bir 
n ech a y il o ld in yuz b e rg a n v o q e a la r n i m a y d a - c h u y d a
tafsilo tlarig ach a eslab qolib, b atafsil ay tib bera olgan. M asalan, 
uni tekshirayotgan olim qanday shim da b o 'lg an , xonaning qaysi 
bu rchagida qanday narsalar b o r edi, ob-havo qanday b o 'lg an va 
bem or q a n d a y u slub da te k sh irilg an ? U k ish in in g a q l-z a k o v a ti 
o d d iy o d a m la rn ik id e k b o 'lg a n , u n c h a m u ra k k a b b o 'lm a g a n
m a te m a tik m a s a la la r n i y e c h a o lm a g a n , le k in h a r q a n d a y
u z u n lik d a g i s o n la r n i, b e t a r tib jo y l a s h tir i lg a n h a r f l a m i va 
m u r a k k a b f o r m u la la r n i b e m a lo l y o d la b q o la o lg a n . U n i 
og o h lan tirm asd an turib s o 'ra lg a n har qanday m a’lum otni 
1 0 - 2 0
yildan so 'n g ham bem alol an iq ay tib bera olgan. A .R. Luriya bu 
ta jrib alarn i doim o daftarga qayd qilib borgan, lekin u kishidagi 
noyob is te ’dodni tush u n tirib bera olm agan. Bu x o tiran in g egasi 
a x b o ro tn i o b razlarn in g b utun bir m ajm ui holida eslab qolgan. 
B unday x o tira «sinesteziya» n om in i o lg an . K o 'p in c h a , m usiqa 
asarlarin i yaratish ana shu qo b iliy atg a asoslangan b o 'lad i.
4.7. Esda saqlash va qayta esga tushirish
Xotira «ombori» ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish zaxirasi bilan 
mudom to 'lib boradi. Keyinchalik ana shu materiallar esda saqlanib 
q o la d i. E sd a sa q lan ib q o lg a n m a ’lu m o tla r m a ’lum d a r a ja d a
o'zgarishga uchraydi. K o'pgina obyektlar va voqealar esa uzoq vaqt 
va hatto, um r bo'yi xotirada qoladi. Aytib o'tganimizdek, eslab qolish 
unutish bilan uzviy bog'liqdir. A xborotlarning yoddan k o 'tarilishi 
m a ’lum d a ra ja d a fo y d a lid ir, c h u n k i u x o tira n i k erak siz 
m a ’lu m o tlard an xalos etadi. A ytaylik, kishi o 'z m ajburiyatlarini 
unutib yuborsa, bu shubhasiz, uning ishga b o 'lgan m unosabatini 
bildiradi. Ayni vaqtda ruhan sog'lom kishi muhim va unga yoqadigan 
voqea haqida xabar olib, uni unutib yuborishini tasavvur etish qiyin,
97


albatta. Xuddi shu sababga k o 'ra bizni qiziqtirgan odam larning ismi- 
sharifi osongina esda qoladi, qiziqish bo'lmagan taqdirda bu ismlarni 
eslab qolish juda qiyindir.
Qayta esga tushirish asosida miyada saqlanib qolgan xotira izlarining 
faollashuvi yotadi. Sog'lom odam da konkret sharoitda unga zarur 
bo'lgan axborot yodda tiklanadi, qolgan ma’lumotlar xotira zaxirasida 
to'planib yotadi va zarur paytda qayta tiklanadi. Yaxshi eslab qolingan 
m a’lum otlar yodda tez tiklanadi. Qayta esga tushirish organizmning 
umumiy holatiga va insonning ruhiy salomatligiga ham bog'liq.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish kabi esga tushirishning ham ixtiyoriy 
va ixtiyorsiz turlari farq qilinadi. Ixtiyoriy esga tushirish insonning ish 
faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy esga tushirish insonning 
irodasi, fikrlash qobiliyati va ruhiy salomatligiga bog'liq. Ixtiyorsiz esga 
tushirish esa insonning xohishiga bog'liq bo'lmagan holda xotirada qolgan 
izlaming qayta tiklanishidir.
Endi 
unutish 
mexanizmlari bilan tanishib chiqamiz. Unutish xotira 
jarayonlari bilan bog'langan bo'ladi. Odam nega unutadi? «Unutish» 
atamasi ilmiy atama hisoblanmaydi, chunki bu so'z axborot xotiradan 
o'chgan, degan m a’noni beradi. Axborot xotirada avvalgidek saqlanishi 
mumkin, uni odam bir qator sabablarga ko'ra eslay olmaydi. Shu bois 
«unutish» atamasi psixologiyada ikkita hodisani anglatadi: axborotning 
xotiradan o'chishi va xotiradan axborotni topa bilmaslik. Masalan, vrach 
biron-bir dorini bir necha yil mobaynida bemorlarga tavsiya qilib keldi 
va bu dorining dozasi unga yod bo'lib qolgan. Endi vrach bu dorining 
o'rniga boshqa bir yangi dorini tavsiya qila boshladi va buning oqibatida 
aw algi dorining dozasini unutib yubordi. Xotirada yangi axborot go'yoki 
eski axborotdan «bo'shab» qolgan joyni egalladi. Bu unutishning birinchi 
sababi. Bu axborot yana qayta tiklanishi mumkin, masalan, meditatsiya 
va trans holatlarida.
Hozirgi kunda olimlar bolalarda uzoq muddatli xotira qaysi yoshdan 
boshlab ishlay boshlashini aniq aytib berishga qiynaladilar. Faraz 
qilinishicha, bu jarayon 2-2,5 yoshdan boshlanadi. Bu yoshgacha bo'lgan 
hamma narsalar xotiradan o'char ekan yoki umuman soxta xotiralarda 
saqlanar ekan.
Xotira jarayonida fikrlash bevosita ishtirok etadi. Vrach bemomi 
tekshira turib uning shikoyatlarini eshitadi, kasallik anamnezini yig'adi. 
Kasallikning xos belgilarini aniqlashda adashib qolmaslik uchun avval 
boshidan kechirgan kasalliklari bilan fikran solishtiradi. Bu holat vrachga 
kasallikning asl mohiyatini topib olishga yordam beradi. U bemorga 
yordamchi savollar berib, kasallik to'g'risida o'ziga zarur m a’lumotlarni 
yig'ib oladi. Chunki vrachning fikri tashxisni to'g'ri qo'yisnga qaratilgan


boiadi. Vrach bemorning kasali haqida m a'lum ol to'plagan sayin ko'p 
ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Uning miyasida turli tashxislar paydo 
bo'ladi va nihoyat, ularning bittasida to‘xtaladi. Biz bu misol bilan xotira 
jarayoni qanday qilib fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog'lanib 
ketganligini ko'rsatdik. Bu holat m a’lum otlarni eslab qolish va esga 
tushirishda muhim ahamiyatga ega.
4.8. Xotira patologiyasi
Organizmda kechadigan turli xil kasalliklar xotira buzilishiga olib 
kelishi mum kin. Ayniqsa, asab sistem asining kasalliklari va ruhiy 
x astalik lar, sereb ral atero sklero z, alsgeym er k asalligi, to k sik
ensefalopatiyalar, surunkali alkogolizm , xurujlar bilan kechuvchi 
gipertoniya va bir qator degenerativ kasalliklarda xotira buzilishlari ko‘p 
kuzatiladi. Umuman olganda, bosh miyadagi integrativ jarayonlarga 
salbiy ta ’sir ko'rsatuvchi har qanday kasallik xotiraning buzilishiga olib 
kelishi mumkin. Bunda, ayniqsa, eslab qolish keskin pasayadi.
Xotira buzilishlari ichida konfabulyatsiya (soxta xotira) lar alohida 
o'rin tutadi. Bunda bemor voqealarni real shaxsiy hayotda boshidan 
kechirgandek tuyuladi, masalan, hoshqa odamlarning tajribasini. Bu 
holat peshona sohasi zararlanganda va o g 'ir ruhiy kasalliklarda k o 'p
uchraydi. Q uyidagi misol bunga yaqqol dalil b o 'la oladi. Bosh 
m iy an in g o ld in g i a rte riy a s i so h a sig a qon q u y ilg an b e m o rd a
konfabulyatsiyaning yaqqol belgilari nam oyon bo'ladi. Bemordan 
«Kecha nim alar qildingiz?» deb so 'ralg an d a, u shunday deb javob 
beradi: «

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish