14.3. Meningit va meningoensefalit o‘tkazgan bemorlar
psixologiyasi
Meningit - bosh miya pardalarining o 'tk ir yuqumli-yallig'lanish
kasalligi bo'lib, asosan yoshlarda ko'p kuzatiladi. Meningit yuqumli
kasallik bo'lganligi uchun ham, ushbu kasallik aniqlangan bemorlar
zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi zarur. Kasallik
aniqlangan bemoming oilasida, bog'cha va maktabda darhol dezinfeksiya
ishlari o'tkazilib, unga yaqin b o 'lg an lar vrach nazoratiga olinadi.
Meningit ham insultga o'xshab to'satdan boshlanadi. Bemoming harorati
40 gradusgacha ko'tariladi, yuzi va tanasiga toshmalar toshib ketadi,
boshi qattiq og'riydi, qusadi, yorug'likka qaray olmaydi, holi qochib
yotib qoladi. Nevrologik tekshiruvlarda meningial simptomlar aniqlanadi.
272
Meningit ayniqsa bolalarda og'ir kechadi va ular darrov hushini yo'qotib
koma holatiga tushib qolishlari mumkin. Shuning uchun tana harorati
ko'tarilgan har qanday bemor darhol mutaxassisga ko'rsatilishi lozim.
O datda, meningit tashxisini nevropatolog yoki yuqumli kasalliklar
shifokori qo'yadi. Biroq umumiy amaliyot shifokori meningitni aniqlay
olishi va zudlik bilan bemorni yuqumli k asalliklar shifoxonasiga
yuborilishini tashkillashtirishi lozim. Bemor shifoxonadan qaytgandan
keyin esa uni nazoratga olishi va yana mutaxassislar ko'rigini ta'minlashi
kerak.
Meningit kasalligining turi ko'p bo'lib, ularni to'g'ri aniqlash uchun
albatta bemoming orqa miya suyuqligini, ya’ni likvorni tekshirib kasallik
qo'zg'atuvchisini aniqlash lozim. Bu esa zarur antibiotiklarni to 'g 'ri
tanlab olishga yordam beradi. Lyumbal punksiya, ya’ni miya suyuqligini
tekshirish, meningit kasalligida albatta qilinishi lozim b o igan muolajadir.
Yiringli m eningitlarda bu muolaja bir necha bor qilinishi mumkin.
Lyumbal punksiya orqali nafaqat kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash
m um kin, balki bem or uchun o 'ta xavfli b o 'lg a n miya shishini
kam aytirish, bem orning kom aga tu sh ish in in g oldini olish, m iya
pardalarida ketayotgan yallig'lanish jarayonlarini pasaytirish yoki yiringli
jarayonning miya to'qim asiga o 'tib ketishini va m eningoensefalit
rivojlanishining oldini olish mumkin. Miya qorinchalarining xorioidal
chigallarida 24 soat ichida 400-450 ml miya suyuqligi ishlab chiqariladi
va qayta so'rilib turadi. Bu jarayon turli kasalliklarda kuchayib yoki
pasayib turishi mum kin. M eningitlarda yiringli jarayon oqibatida
loyqalangan likvorni lyumbal punksiya orqali olib turish, toza miya
suyuqligi ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Aks holda miya pardalari
orasida qolib ketgan yiringli jarayon miya to'qim asiga so'rilib og'ir
asoratlar qoldirishi mumkin, y a ’ni tu tqan o q xurujlari, ko'rishning
buzilishi, xotira buzilishlari, nevroz, psixoz va h.k.
T a’kidlab o'tilganidek, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida meningit
bilan kasallangan bemorlarga lyumbal punksiyalar qilinishi tabiiy holdir.
Biroq bemor hayoti uchun o 'ta zarur bo'lgan ushbu muolajaning o'z
vaqtida o'tkazilishiga bemorning yaqinlari yo 'l qo'yishm aydi yoki
«Punksiya qilmaysiz!» deb turib olishadi. Ayniqsa, bolalar yuqumli
kasalliklari shifoxonasida ishlovchi shifokorlar bunday holatlarga ko’p
duch kelishadi. «Agar bolada miya suyuqligi olinsa, u aqliy rivojlanishdan
orqada qoladi», degan m utlaqo n o to 'g 'r i fikr o ta-o n alar orasida
tarqalgan. Meningit bilan kasallangan bemorlarni konsultatsiya qilishga
borganimizda bunday savollarga biz ham k o 'p duch kelganmiz. Ba’zan
shifokorlar konsultatsiyaga kelgan vrachga «Siz ham ushbu tekshirish
zarurligini ayting, bolaning ota-onasini kndira olmayapmiz» deb iltimos
273
qilishadi. A ksariyat hollarda ushbu m uolajaning o 'ta zarurligini
tushuntirish ancha vaqtni talab qiladi. Bu yerda vrachlar lyumbal
punksiyani amalga oshirish zarurligini bemorning qarindoshlari bilan
maslahatlashib emas, faqat tibbiy ko'rsatmalarga asoslanib hal qiladi.
Ba’zi hollarda bemorning qarindoshlari «Bizlar bilan maslahatlashmay
miya suyuqligini olibsiz, nega bunday qildingiz?» deb vrach ustidan arz
qilib yurishadi. Bunday shikoyatlar yuridik kuchga ega emas.
Odamlar orasida miya suyuqligini tekshirish haqida bunday noto'g'ri
fikrlam ing paydo bo'lishiga shifokorlar aybdor desak, m ubolag'a
qilmagan bo'lamiz. Afsuski, bunday fikrlarni lyumbal punksiya haqida
to 'g 'ri m a’lumotga ega bo'lm agan shifokorlar tarqatishadi. Quyida
ushbu masalaga oid o'zimiz guvohi bo'lgan achinarli bir holatni keltirib
o'tam iz. M eni qamoqxonalardan biriga bitta mahbusni ko'rib tibbiy
xulosa berish uchun taklif qilishdi. Bemorni tekshirib turishimni kuzatib
turgan va shu yerda ishlaydigan bir xodim «Nevropatologmisiz?» deb
so'radi. Men «Ha» deb javob berdim. U «Bemorni ko'rganingizdan keyin
ketib qolmang, Sizda ishim bor» dedi. Bemorni ko'rib bo'Igandan keyin
u meni alohida xonaga olib kirib «Doktor, aytingchi meningitda orqa
miya suyuqligini tekshirish kerakmi?» deb so'radi. Men «Albatta, kerak!»
deb javob berdim. «Nima uchun?» so'radi u. Men «Bu muolaja tashxisni
to 'g 'ri qo'yish uchun zarur» deb aytdim. «Nima, punksiya qilmasa
meningit tashxisini qo'yib bo'lmaydimi?» deb so'radi va meningitga xos
simptomlarni birin-ketin aytib boshladi, hatto nevrologik simptomlarni
ham. To'g'risi, uning meningitga xos belgilarni bexato aytayotgani meni
hayratda qoldirdi. «Doktor emasmisiz o'zi?» deb so'radim undan. «Buning
nima farqi bor, mening umuman tibbiyotga aloqam yo'q! Siz mening
savolimga javob bermadingiz» deb sovuqqonlik bilan yana haligi savolni
qaytardi: «Orqa miya suyuqligini tekshirmasa, meningit tashxisini qo'yib
bo'lmaydimi?». Men «Qo'yib bo'ladi, biroq bu muolaja faqat to 'g'ri
tashxis uchun emas, to 'g 'r i d av o lash uchun ham zarur» dedim .
«Tinchlikmi, nimaga buncha meningit bilan qiziqib qoldingiz, yaxshiyam
doktorman, Sizning mahbusingiz emasman» dedim hazillashib. U bo'lsa
«Yaqinda bitta doktor mening mahbusim bo'ladi!» dedi jiddiy tarzda va
mening oldimga katta bir qizil papkani tashladi. «Iltimos shu materiallar
bilan tanishib chiqing» dedi. Men papkadagi materiallar bilan tanishib
chiqdim. Qisqasi 30 yoshlar atrofidagi ushbu qamoqxona xodimining 2
yoshga to'lm agan bolasi meningit bilan kasallanib yuqumli kasalliklar
shifoxonasiga og'ir holatda keltiriladi. Bemorni mutaxassislar ko'rishadi
va zudlik bilan davolash muolajalarini boshlashadi. Bolani davolayotgan
palata vrachi uni lyumbal punksiya qilmasdan davolay boshlaydi. Bola
tez tuzalavermaydi va hushini yo'qota boshlaydi va sopor holatiga tushadi.
274
Meningit bo'yicha dissertatsiya ishini bajarayotgan boshqa bir vrach o'z
navbatchiligida miya suyuqligini olib tekshirish uchun bolaga lyumbal
punksiya muolajasini o'tkazadi, chunki bolaning ahvoli og'irlashayotgan
bo'ladi. Ertalabgacha miya shishi belgilari kamayib, bola hushiga keladi.
Analiz natijalari tayyor bo'lgach meningit qo'zg'atuvchisi aniqlanib,
bem orga berilay o tg an a n tib io tik la r va boshqa d o ri-d a rm o n la r
o'zgartiriladi. Bola 4-5 kun ichida o'ziga kelib tuzala boshlaydi, bola
komaga tushsa uning hayoti havf ostida qolardi. Ertalabki shifokorlar
yig'inida bo'lim mudiri palata vrachini o'z vaqtida punksiya qilmaganligi
uchun koyiydi va n av b atch i v rach g a m in n atd o rch ilik b ild irad i.
Hamkasblari oldida izza bo'lgan vrach tuzalib ketgan bolaning otasiga
«Bolangizdan miya suyuqligini olmasayam tuzalardi, bu muolajani qilish
uchun bemorning ota-onasidan yoki davolovchi vrachdan ruxsat olish
kerak edi, endi bolangiz aqli zaif bo'lib o'sadi. Navbatchi vrach bolangizni
bir kasallikdan tuzatib, ikkinchi kasallikka yo'liqtirdi» deydi. «Punksiya
qilgan vrach dissertatsiya ishini bajarayapti, ishonmasangiz tekshirib
ko'ring, shuning uchun ham u bolani navbatchilik paytida punksiya qildi,
punksiyadan keyin bolaning ahvoli og'irlashib qolsa nima bo'lardi, bu
m uolajani kunduz kuni qilsa b o 'lard i-k u . Biz bir nechta bolalarni
pu n k siy a qilm asd an ham d av o lay ap m iz, ishonm asangiz b o sh q a
vrachlardan va hamshiralardan so'rang» deydi. Qamoqxonada tergovchi
bo'lib ishlaydigan bu odamning miyasiga noqobil vrachning «Bola endi
aqli zaif bo'lib o'sadi» degan so'zlari o'rnashib qoladi va u ilmiy ish
qilayotgan vrach haqida m a’lumotlar yig'ib boshlaydi, uning dissertatsiya
materiallaridan bolasi haqidagi xulosalarni ham dalil uchun oladi, birin-
ketin ushbu muolaja haqida barcha vrachlarning fikrini so'rab boshlaydi.
Eng achinarlisi «Meningit kasalligida punksiya qilish kerakmi-yo'qmi?»,
«Lyum bal punksiyani n avb atch ilik d a qilish shartm idi yoki sh art
emasmidi?», «Miya suyuqligi olingan bolada keyinchalik aqli zaiflik
rivojlanadim i yoki yo'qmi?» «Bemorni punksiya qilish uchun yaqin
qarindoshlaming ruxsatini olish kerakmi yoki yo'qmi?» kabi savollarga
bolaning otasi turli vrachlardan turlicha javob oladi. Bu savollarga b a ’zi
vrachlar «На» deb javob bersa, boshqa birlari «Yo'q» deb javob beradi.
Bu javoblardan tergovchi otaning miyasi gangib qoladi va masalaga
oydinlik kiritish uchun meningitga oid m a’lumotlarni darsliklardan izlab
bosh layd i va nevrologik sim p to m la rn i qanday tek shirishni ham
o'zlashtirib oladi. Suhbat chog'ida u menga «Nima uchun doktorlar
yagona qonun bo'yicha ishlashmaydi, har kim har xil gapiradi, axir
o'tkaziladigan muolajalar m a’lum bir qonun-qoida asosida olib borilishi
kerakku, nega ba’zi vrachlar talabalar uchun mo'ljallangan darsliklardagi
m a’lumotlarni ham chala bilishadi? Mening ulardan juda ko'nglim qolib
275
ketdi. Hatto shuncha yildan buyon ishlayotgan vrachlarning ba’zilari
punksiya haqida aniq bir m a’lumotga ega emas» deb gapirgandi xunobi
oshib. Balkim bu odam hissiyotga berilib shunday gaplarni gapirgandir,
lekin men bir narsaga aminmanki, agar qilinajak muolaja haqida u
so'roqqa tutgan vrachlarning fikri bir joydan chiqqanda edi, vrachlar
haqida u salbiy fikrga bormagan bo'lur edi. Axir tibbiy muolajalar haqida
umumqabul qilingan qonun-qoidalar borku va barcha shifokorlar ularga
q a t’iyan amal qilishlari kerak. Nega biz ularni unutib qo‘yamiz yoki
bilmaymiz? Buning natijasida tibbiyotga aloqasi bo'lm agan odamlar
orasida yuzimiz shuvut bo'lib qoladi, ular bizlarga ishonmay qo'yishadi.
Bir necha yildan buyon meningit kasalligi bilan shug'ullanayotgan
vrachlarning fikri nega har xil bo'lib chiqdi. Bu yerda navbatchi vrach
juda to 'g'ri ish qilgan. Meningitda albatta lyumbal punksiya qilinishi
shart, bu haqda vrach faqat tibbiy ko'rsatmalarga rioya qiladi, bemorning
qarindoshlariga bu muolaja haqida hisobot berib o'tirmaydi, bemorning
hayotini saqlab qolish uchun zarur bo'lgan har qanday tibbiy muolaja
zudlik bilan bajarilishi kerak. Bu qoida talabalarga barcha fanlarda
o'rgatilib kelinadi. Faqat rejali tarzda bajariladigan muolajalar kuni yoki
soati oldindan belgilanishi mumkin. Bunda ham qilinadigan muolaja
rejali tarzda bajariladimi yoki zudlik bilan bajarish lozimmi, oldindan
hal qilib olish kerak. «Miya suyuqligi olingan bolalarda keyinchalik aqliy
zaiflik rivojlanadi» degan fikrlar mutlaqo noto'g'ri fikr bo'lib, aksincha,
lyumbal punksiya qilinmay davolangan bolalarning nafaqat tuzalishi
qiyin kechadi, balki miya suyuqligidagi yiringli ajra tm a lar miya
bo'shliqlarida to'planib miya to'qimalarini zararlaydi va natijada miya
to'qimasi atrofiyaga uchraydi, kistalar paydo bo'ladi. Bunday holatlar
keyinchalik turli xil asab va ruhiy buzilishlar rivojlanishiga turtki bo'ladi.
Endi ushbu buzilishlar bilan taniishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |