olmaxon, quyon) ko'rinishida bemorga erkalanadi yoki bemor o'ng qo'li
bilan chap q o 'lin i silaydi. «N im aga bunaqa qilayapsiz?» desa, u
«Mushugimni erkalatayapman» deydi. Go'yoki tana ikkiga bo'linganu,
uning har yarmi o'zicha faoliyat ko'rsatayapdi. Bemor insult oqibatida
o'z tanasida paydo bo'lgan defektlarni (falajliklarni) inkor qiladi, mening
oyoq-qo'llarim ishlayapdi deydi. Bunday holat anozognoziya deb ataladi.
Bemor falajliklar sababli bir necha kundan buyon to'shakka mixlanib
qolgan bo'lsa-da, «Men hozirgina tualetga borib keldim, turib hovlida
yurdim» deydi. Bemor kiyinayotganda ham chap tomonni to'la
inkor
qiladi: ko'ylagining o'ng yengini, oyoq kiyimining o'ng tomondagisini
kiyadi, lagandagi o v q atn in g (m asalan , oshning) fa q a t o 'n g
tomondagisini yeydi, eshikdan kirayotganda chap yelkasini eshikka urib
kiradi. Soqol olayotganda yuzining chap tomoni qolib ketadi, tishini
yuvayotganda faqat o'ng tomonini yuvadi va h.k. Demak, chap tomon
butunlay inkor qilinadi, go'yoki fazoning chap tomoni yo'qdek.
Bemor
o'z kasaliga juda befarq bo'ladi, vrachlarning va yaqinlarining kasallikka
oid bergan tavsiyalarini inkor qiladi: «Joyingizdan turmang, Sizga turib
yurish mumkin emas» desa «Xo'p bo'ladi» deb javob beradiyu, baribir
turib yuradi, vrach tavsiyasiga k o 'ra vaqtida bajarish lozim bo'lgan
jismoniy mashqlami bajarmaydi, falajlangan qo'l va oyoqlari qanday
holatda bo'lsa, shu holatda yotaveradi, biroz bo'lsa-da paydo bo'lgan
harakatlam i faollashtirishga urinmaydi. «Hozir qayerda yotibsiz» deb
so'rasa, u «Men shifoxonada davolayapman»
deb javob beradi yoki
«Toshkentda davolanayapman» deydi. Vaholanki, u o'z uyida yoki
viloyat shifoxonalarining birida davolanayotgan bo'ladi. A ksariyat
hollarda bemor juda so'zamol, maslahatgo'y bo'ladi, zarur bo'lmagan
masalalar ustida so'z ochadi va yaqinlarini yoki uni ko'rgani kelgan
yaqinlarini soatlab yonida olib o'tiradi. Uni ko'rgani kelgan odamning
kimligi va u qachon kelganligi ertasi kuni so'ralsa unutib qo'yadi yoki u
«Bir oy oldin keldi» deb javob beradi. Demak,
ularda vaqtni va makonni
to'g'ri baholash ham buzilgan bo'ladi. Ba’zan bemor ovqatlanmoqchi
bo'lsa qoshiqni sog'lom qo'li bilan ham kosaga to'g'ri olib bora olmaydi,
og'zini to 'g 'ri topa olmaydi, ovqatni yoqasiga to 'k ib yuboradi va
natijada ovqat yeyishdan bosh tortadi, o'z-o'zidan yig'i keladi. O'z-
o'zidan yig'i kelishi, ba’zan esa arzimagan narsaga kulish bir necha bor
takroriy kuzatilgan insultlar uchun xos. Tabiiyki bunday bemorlarda
harakat funksiyalarining tiklanishi o 'ta sust kechadi.
Shuning uchun ham
o'ng yarim sharda yuz bergan insultlarda bemorlarning sog'ayib ketishi
chap yarim shar insultiga qaraganda sust kechadi.
Bemorda o'z tanasini idrok qilishning buzilishi atrof-muhitni idrok
qilishning buzilishi bilan birgalikda kuzatiladi. Masalan, bemor uydan
265
chiqib ketib, o'z uyini to‘g‘ri topib kela olmaydi, ko‘chaning boshqa
tomoniga ketib qoladi, avval tanish boMgan do‘kon
yoki bozor qaysi
tomonda joylashganligini adashtiradi. Quyosh qaysi tomondan chiqib
qaysi tomonga botishini adashtiradi, u viloyatlararo qatnovchi avtobus
haydovchisi boMsada, Samarqand yoki Farg‘ona Toshkentga nisbatan
qaysi tomonda joylashganini adashtirib aytadi va h.k. Bunday holatlar
har doim ham boMavermaydi, faqat o ‘ng
yarim shaming katta qismini
zararlovchi insultlarda ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: