Psixologiy asi


Posttravmatik asteniya (serebrasteniya)



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Posttravmatik asteniya (serebrasteniya)
Serebrasteniya bosh m iyajarohatlaridan so'ng kuzatiladigan eng ko'p 
tarqalgan sindromdir. Uning uchrash darajasi haqida aniq bir statistik 
m a’lumot yo'q, chunki serebrasteniya bilan aksariyat bemorlar vrachga 
murojaat qilishmaydi va serebrasteniya holatlari aynan bemor o'tkazgan 
bosh miya jarohati bilan bog'liqligini ko 'rsatib berish ham mushkul. 
Serebrasteniya turli xil subyektiv simptomlardan iborat. Bular jizzakilik, 
jahldorlik, sabrsizlik, ruhan tez charchab qolish, parishonxotirlik, uyqu 
buzilishlari, bosh og'riqlari va shu kabi boshqa belgilardir.
K o'p hollarda bosh miya jarohatlaridan so'ng kuchli fobiya rivojlanadi. 
Masalan, avtohalokat sababli jarohatlangan bemorlar ko'chaga chiqish, 
p iy o d a lar uchun m o 'lja lla n g a n jo y la rd a n o 'tish va h a tto k i 
avtotransportlarda biror joyga borishdan ham qo'rqishadi yoki o'lim 
qo'rquvi rivojlanadi.
Bosh miya jarohatlari 
apatiya
holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. 
Klinik belgilari jihatdan depressiyaga yaqin bu holatni b a ’zan to 'g 'ri 
aniqlash qiyin bo'ladi. Posttravm atik apatiyada umumiy karaxtlik, 
bo'shashish, atrofdagi voqealarga qiziqishning yoqligi va ish faoliyatida 
ijodkorlikning pasayishi, ishtiyoqning yo'qolishi, biror ishni boshlab 
oxiriga yetkazmay tashlab qo'yish yoki o'sha ishi zarur bo'lsa-da, u bilan 
shug'ullanmaslik hollari, xotiraning yengil darajada o'ziga xos buzilishlari 
kuzatiladi. P osttravm atik apatiya b a ’zi hollarda yengil darajadagi 
vegetativ va psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi.
269


Travm atik psixozlar
Psixozlar o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin. O 'tkir psixoz, odatda, 
jarohatning dastlabki kunlarida va asosan, miyaning lat yeyishida 
kuzatiladi. A yniqsa, bosh m iyaning peshona bo'lagi zararlangan 
bemorlarda kompyuter tomografiyada lat yeyish belgilari yoki gematoma 
aniqlanadi. Bunday bem orlar neyroxirurg yordamiga muhtoj. Bosh 
miyaning biror qismi zararlanishi hisobiga kuzatiladigan o'tkir psixozlar, 
odatda, nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'ladi, ya’ni 
falajliklar, koordinator buzilishlar, bosh miya nervlari zararlanish 
simptomlari va h.k. Shuningdek, oliy ruhiy funksiyalar, y a’ni nutq 
buzilishlari, apraksiyalar, agnoziyalar ham kuzatilishi mumkin. Bunday 
bemorlarning ahvoli og'ir bo'lib, ular neyroxirurg, nevropatolog yoki 
neyropsixolog nazoratida bo'lishi zarur.
O 'tkir psixozlarda turli darajadagi hushning buzilishlari kuzatiladi
ya’ni hushning xiralashishidan tortib, sopor holatlarigacha. Hushning 
xiralashishlarida bemor bilan muloqot buziladi, u savollarga aniq javob 
bera olmaydi, nutqi uzuq-yuluq va tartibsiz bo'ladi, ba’zan esa tinmay 
gapiraveradi (logorreya). Logorreya, asosan, bosh miyaning chakka 
sohasi zararlan g an d a kuzatiladi. Bizning kuzatuvda, bosh miya 
jarohatining o'tkir davrida 24 soat tinmay gapirgan bemor bo'lgan va 
davolangan. Unga kuchli uxlatuvchi dorilar yuborilgandan so'ng uxlab, 
uyqudan uyg'ongach, yana bir necha soat tinmay gapirgan. Ushbu 
bem orda logorreya kasallikning 5-6 kunlari miyaning zararlanish 
belgilari kamaygan sayin, kamayib borgan. Shuning uchun ham bunday 
paytlarda tinchlantiruvehi dorilar bilan chegaralanib qolm asdan, 
k asallik n in g o 'tk ir d av iid a q ilin ad ig an barcha d o ri-d arm o n lar 
buyurilishi kerak, chunki aytib o'tganimizdek, logorreya bosh miyaning 
lokal zararlanishi belgisidir.
Ba’zan bosh miya jarohatlaridan so'ng bemorlar uzoq vaqt uyquga 
ketadi, bu, albatta, koma emas. Uzoq vaqtga uyquga ketish miyaning 
himoya funksiyasining bir ko'rinishidir. Bu fenomen to'la o'rganilmagan. 
Ba’zi mutaxassislar bosh miyaning og'ir jarohatlarini o'tkazgan bemorlarni 
uzoq vaqtgacha uxlatib (30-40 kunlab) davolashni tavsiya qilishadi. 
Ularning fikricha, bunday usul jarohatdan so'ng kuzatiladigan og'ir ruhiy 
buzilishlarning, ayniqsa, xotira buzilishlarining oldini oladi. Bizningcha, 
oilaviy bo'lib avtohalokatga uchragan va oila a’zolari halok bo'lgan 
bemorlarga bu usulni qo'llash mumkin. Buning uchun shifoxonada 
barcha sharoitlar yaratilishi, organizmning hayotiy muhim funksiyalari 
faoliyati va yaxshi parvarish ta ’minlanishi hamda etika prinsiplariga 
rioya qilinishi kerak.
270


Travm atik psixozlarda gallyutsinatsiyalar, illyuzor va delirioz 
buzilishlar, agressiv holatlar ham kuzatilishi mumkin. Ular, odatda, jahl 
ustida o'ziga va atrofdagilarga qattiq tan jarohati yetkazib qo'yishadi. 
Psixozning bunday klinik ko'rinishlarini biror marta bo‘lsa-da, kuzatgan 
shifokor bemorni, albatta, psixiatr yoki psixonevrologga ko'rsatishi zarur.
Ba’zan travmatik psixozlarda puyerilizm kuzatiladi, ya’ni kattalar 
yoshiga mos kelmaydigan va bolalik davri uchun xos bo'lgan qiliqlar qiladi. 
Puyerilizm, ayniqsa, o'smirlik paytida bosh miyaning og'ir jarohatlarini 
o'tkazgan odamlarda kuzatiladi. Bosh miya jarohatlaridan so'ng xulq- 
atvoming isterik tarzda shakllanishi, depressiyalar, seksual buzilishlar ham 
kuzatiladi. Masalan, bosh miyaning peshona sohasi zararlanganda 
giperseksualizm rivojlanishi mumkin. Isteriya, depressiya va seksual 
buzilishlar haqida aw algi boblarda batafsil m a ’lumotlar keltirilgan. 
Ularning etiologiyasida bosh miya jarohatlari ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Mast odamlarda rivojlangan bosh miya jarohatlarida psixozlar darajasi 
va sababini aniqlashda biroz qiyinchiliklar yuzaga keladi. Psixozlami bosh 
miya jarohati yoki alkogoldan og'ir mastlik hisobiga ekanini aniqlash 
qiyin bo'ladi.
K orsakov sindromi bosh m iyaning o g 'ir ja ro h a tla rid a n so 'n g
rivojlanadigan o'tkir psixoz bo'lib, uning klinik belgilari, odatda, bemor 
hushiga kelgach, namoyon bo'la boshlaydi. Bu sindromning asosiy belgisi 
eslab qolishning buzilishidir. Bemor bo'lib o'tayotgan voqealarni kun, 
hafta, oy kunlarini, uni davolayotgan shifokorlar (tibbiyot xodimlari)ning 
ismi va o'zining yotgan joyini eslab qola olmaydi. Bemorning hushi joyida, 
atrofdagilar bilan m uloqoti saqlangan b o 'la d i, biroq o 'z ahvoliga 
nisbatan tanqidiy qarashi keskin pasayadi. Korsakov sindromi bir necha 
kundan bir necha oygacha davom etadi. Bu sindrom, ayniqsa, spirtli 
ichimliklami iste’mol qiluvchilarda og'ir kechadi. Korsakov sindromida 
xotiraning barcha turlari, ayniqsa, eslab qolish bosqichi buzilganligi uchun 
ham uni xotiraning birlamchi buzilishi deb atashadi.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng xotira yo'qolishining davomiyligi 
turlicha bo'lishi mumkin va bu davr b a ’zi hollarda bemor umrining 
oxirigacha davom etadi. Hattoki, xotira tiklanishi kuzatilsada, u to'la 
bo'lmasligi mumkin.
Travmatik psixozlarning ba’zi turlarida hissiyotning buzilishlari ruhiy 
buzilishlardan ustunlik qiladi. Masalan, kayfiyatning asossiz tarzda baland 
bo'lishi, ya’ni eyforiya turli ko'rinishda namoyon bo'ladi, ular ko'p 
so'zlashadi, bo'lib o'tgan jarohatlami batafsil gapirib yurishni, qanday 
omon qolganlarini bayon qilishni xush ko'rishadi, beg'am bo'lishadi. 
Odatda, eyforiya surunkali psixozlar uchun xosdir. Ba’zan avval saxiy va
271


samimiy boMgan odam bosh miya jarohatidan so'ng egoist va berahm 
bo'lib qoladi.
Bosh miyaning o g 'ir jaro h atlarid a, ayniqsa, ochiq jaro h atlard a 
tutqanoq xurujlari yoki kuchli vegetativ paroksizm lar kuzatiladi. 
Posttravmatik epilepsiya, odatda, bosh miya jarohatidan so'ng bir necha 
yil o'tgach rivojlanadi. Ayniqsa, Jekson xurujlari hamda hushdan ketib 
rivojlanuvchi tonik-klonik xurujlar, absanslar ko 'p uchraydi. Tez-tez 
hushdan ketish bilan kechuvchi tutqanoq xurujlari borib-borib, bemor 
xulq-avtorini patologik tarzda o'zgartira boshlaydi.
Bosh miya jarohatlarini o'tkazgan bemorlarda «awal ko‘rgan» yoki 
«hech qachon ko‘rmagan» fenomeni rivojlanadi. Bemorlar o'zi avval 
bormagan va ko'rmagan joyda paydo bo'lib qolsa, bu yerga xuddi avval 
kelgandek, barcha narsalar tanishdek ko'rinadi yoki avval borgan va bir 
necha bor ko'rgan joyiga borsa, bu yerda hech qachon bo'lmagandek va 
barcha narsa va voqealar notanishdek tuyuladi. Bu fenomen mexanizmlari 
to'liq o'rganilmagan.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng aqli zaiflik ham rivojlanadi. Statistik 
maMumotlarga ko'ra, bu holat jarohat o'tkazgan bemorlarning 5 foizida 
kuzatiladi va u peshona va chakka sohalari zararlanishi bilan bog'liq.
Bosh miya jarohatlarida kuzatiladigan ruhiy buzilishlarning oldini 
olish uchun avvalambor, bemorlarni kasallikning o'tkir davrida to'g'ri 
davolash zarur. MaMumki, bosh miya jarohatlarining o 'tk ir davrida 
bemorlar neyroxirurgiya yoki neyrotravmatologiya bo'limlariga qabul 
qilinadi. B a’zan bem orlar 4-5 kun ichida shifoxonadan chiqarib 
yuboriladi. Shifoxonadan chiqqach, ular zudlik bilan nevropatolog, ruhiy 
buzilishlar aniqlangan holatlarda esa psixiatr nazoratida turishlari va 
davolanishlari kerak.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish