Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

«Ongli ruhni» tanadan
chiqarib tashlab bo ‘Imaydi va u faqat odamga taalluqlidir»,
degan.
Shunday qilib, Dekart sezgi a ’zolarining ta ’sirlanishi va mushaklar­
ning javob reaksiyasi orasidagi bog'liqlikni o'rganib, reflektor yoy haqida­
gi ta ’limotga asos soldi, desak yanglishmagan bo'lamiz.
Chexiyalik atoqli olim, fiziolog I. Proxozka (1749-1820) D ekart 
t a ’lim otiga asoslangan holda fanga «refleks» (aks ettirish) degan 
tushunchani kiritdi. I. Proxozka reflektor yoyning tuzilishini ta ’riflab 
bergan. U oliy nerv fao liy ati va ruhiy fao liy at reflek to r tarzd a 
boshqarilishini yanada chuqur o'rgandi. Afsuski, o'sha paytdagi ilm- 
fanning rivojlanish darajasi reflekslar haqidagi ta ’limotni tadqiqotlar 
asosida to 'la isbotlab berishga qodir emas edi. Bosh miya faoliyatini 
reflektor mexanizmlarga asoslangan holda tushuntirib berish imkoniyatlari 
y o 'q edi. Shuning uchun ruhiy faoliyat asab tizim ining fiziologik 
fao liy atid an ajratilgan holda o 'rg an ild i. B uning natijasida odam
organizmida tana va ruh bir-biriga bog'liq bo'lm agan narsalar, deb 
hisoblandi.
Avstriyalik vrach va anatom Ғ. Gall (1758-1828) odam miyasining 
tuzilishini juda mukammal o'rgandi va uning frenologik xaritasini yaratdi. 
U birinchilardan bo'lib bosh miya katta yarim sharlarining kulrang va 
oq moddasini bir-biriga bog'liq bo'lgan alohida tuzilmalar deb bildi. U 
bosh miya po'stlog'ida 40 ga yaqin ruhiy funksiyani joylashtirdi va ularni 
miyaning pushta (bo'rtiki) lari bilan bog'ladi. U harakat, ko'ruv, eshituv 
va sezgi markazlari bilan birgalikda miyada xotira, tafakkur, sevgi, 
kam tarlik, donolik, ayyorlik m arkazlarini ham joylashtirdi. Uning 
fikricha, yuqori qobiliyatli odamlarning miyasidagi bo'rtiklar kuchli 
rivojlangan bo'ladi va kimning tafakkuri past bo'lsa, uning miyasi silliq 
bo'ladi.
16


XIX 
asrning o ‘rtalarida psixologiyaning 
rivojlanishida katta o'zgarishlar yuz berdi. Bu 
davrda gipnoz (yunoncha - «uyqu» degani) 
haqida ta ’limot yaratildi va uning asoschisi 
Mesmer hisoblanadi. G ipnoz tushunchasini 
1843-yili angliyalik jarroh Jeyms Bred taklif 
qilgan. M esmer gipnozda k u zatila d ig a n
hodisalami «magnetizm» bilan bog'laydi.
F ran siy alik olim J .M .C h a rk o tt (1888) 
gipnoz asosida fiziologik jarayonlar yotadi, deb 
tushuntiradi. 
0
‘sha paytlari gipnoz usuli bilan 
bemorlarni davolash keng tarqaldi. Gipnoz 
bilan m ash h u r nevrolog lar va p six ia trlar 
shug'ullanishgan. U lardan Benedikt, Forel,
Levenfeld, Mopassan, S.S. Korsakov, Mebiuslaming nomi mutaxassislarga 
yaxshi tanish.
S hular orasida m ashhur psixoanalitik deb nom chiqargan yosh 
shifokor olim Zigmund Freyd ham bor edi. Z. Freyd aslida nevropatolog 
bo‘lgan. U 1856-yil 
6
-mayda Chexoslovakiyaning Prshibor (u paytdagi 
Freyburg) degan kichik bir shahrids dunyoga keladi. 1860-yili Freydlar 
oilasi V enaga k o ‘chib o ‘tishadi va Z. Freyd um rining oxirigacha 
A vstriyada yashab ijod qiladi. Fizika, biologiya, tarix va falsafaga 
o ‘ch bo'lgan Z. Freyd doimo tabiatda bo'ladigan hodisalarning o'zini 
o 'rg an ib g in a qolmay, ularning sabablarini ham izlagan. Z. Freyd 
um rining oxirigacha determ inist b o 'lib qoldi, ya’ni ruhiy-asabiy 
buzilishlaming sababi, asl mohiyatini izladi. Z. Freyd avvaliga mashhur 
olim Ernst Bryukkning qo'li ostida fiziologiya sirlarini o'rgandi. U 
ilm iy ish b ilan sh u g 'u lla n ib , o rq a m iya fizio lo g iy asin i o 'rg a n a
boshlaydi. Lekin Freyd k o 'p bolali oilada tavallud topganligi uchun 
moddiy tom ondan juda qiynalib qoladi va ilmiy ishni tashlab, amaliy 
nevrologiya sohasida ishlab, har kuni 
8 - 1 0
soatlab bemorlarni qabul 
qiladi. Tibbiy amaliyotda olgan tajribalarini ilmiy tom ondan o'rganib, 
tez orada mashhur nevropatolog vrach b o 'lib nom chiqaradi. O 'sha 
paytlari kasallarni davolashdagi fizioterapevtik usullarni Z. Freyd ham 
k o 'p q o 'lla y b oshlaydi. L ekin k e y in c h alik by usul Z. F rey d n i 
qoniqtirm ay qo'yadi. U gipnoz bilan qiziqib, uni Iosif Breyer va J. 
S h ark o lard an o 'rg an ib , kasallarn i davolashga keng ta tb iq qiladi. 
Bolalar serebral falaji, afaziyalar bilan qiziqib, bir nechta m aqolalar 
ham chop qildiradi.
1861-yili motor nutq markazini kashf qilgan P. Brok nutq buzilishini 
«afemiya» deb atasandi. Z. Freyd motor afaziya haqida so'z yurita turib,

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish