gipesteziya,
kuchayishiga
giperesteziya,
yo'qolishiga esa
anesteziya
deb ataladi. Harorat
sezgisining y o 'q o lish i bilan kechuvchi k a sa llik la rd a , m a salan ,
siringomiyeliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og'riqni sezmaydi.
Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo'ladigan) sezgi og'riq va harorat
sezgisiga qaraganda kamroq buziladi. Tana sezuvchanligi kuchayishining
keskin turlarida bemorning badaniga arzimagan narsa bilan tegilsa ham
kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bunga
giperpatiya
deyiladi. Giperpatiyada
ta ’sir etilgan joydan boshqa joylarda ham og'riq kuzatiladi va biroz vaqt
saqlanib turadi.
Giperesteziya psixologiyada kengroq m a’no kasb etuvchi atamadir.
Giperesteziya tashqi qo'zg'aiishlam i qabul qilishning me’vordan oshib
ketishidir. Bunday bem orlar yorug'likka qaray olmaydi, arzim agan
yorug'lik ham ularning ko'zini qamashtiradi. Boshqalar uchun oddiy
bo'lgan tovushlar ularning qulog'iga jaranglab kiradi, hattoki eshikning
g'ichirlagan tovushi, oqib turgan suvning jildirashi ham o 'ta yoqimsiz
tuyuladi. U larning b a ’zilarida bu tovushlardan qattiq bosh o g 'rig 'i
kuzatiladi. Birovning qo'li to'satdan ularning tanasiga tegib ketsa ham
g'ashiga tegadi. Hatto o'z egnidagi kiyimlari ham tanasini ta ’sirlantirib
turadi. Oddiy hidlar ham o 'ta o'tkirdek tuyuladi. Bunday buzilishlar
nevrozning ba’zi turlari, isteriya va psixozlar uchun xosdir. Uzoq davom
etuvchi somatik kasalliklar ham giperesteziyalarga sabab bo'ladi.
Bolalarda giperesteziyalar ortiqcha yig'loqilik bilan ham kechadi.
Psixogen gipesteziyalar giperesteziyalardan farqli o'laro q , tashqi
ta ’sirlarni qabul qilishning pasayishi bilan kechadi. Atrof-m uhitdagi
tovushlarning jarangdorligini bemor anglamaydi, hamma narsa qorong'i
76
tumandagidek ko'rinadi. Boshqa birovlarning ovoziaa jarangdorlik va
joziba yo‘qdek tuyuladi.
Senestopatiyalarda esa bemor go‘yoki badanning turli sohalari va ichki
a ’zolardan kelayotgan noxush sezgilarni his qiladi. Bu sezgilar xuddi
kuydiruvchi, bosuvchi, siquvchi va guldirovchi xususiyatlarga ega boMadi.
Poliyesteziyalarda tananing bitta joyi ta ’sirlantirilganda, go‘yoki uning
ko‘p joylari ta ’sirlantirilgandek tuyuladi. Biror-bir tashqi ta’sirning boshqa
bir ta ’sir kabi qabul qilinishiga dizesteziya deb ataladi. Masalan, bemor
issiq ta ’simi sovuqdek, sovuqni issiqdek qabul qiladi.
Tananing yarmida sezgining yo‘qolishiga gemianesteziya, bitta oyoq
yoki qoMda yo‘qolsa, monoanesteziya, og‘riq sezgisining yo'qolishi
analgeziya va harorat sezgisining yo‘qolishiga termoanesteziya deb ataladi.
Hech qanday tashqi ta ’sirlarsiz tanada nina sanchgandek, uvishgandek,
teri tortishgandek, badanda chumoli yurgandek kabi turli xil sezgilaming
paydo boMishiga paresteziyalar deyiladi. Tanada kuzatiladigan og‘riqlar
teri sezuvchanligining buzilishida alohida o ‘rin kasb etadi. Chunki
og'riqlar odamga tanada paydo boMgan yoki qo‘zg‘algan kasallik haqida
axborot yetkazuvchi omil hamdir. D em ak, u himoya vazifasini ham
bajaradi. Bu og'riqlar periferik nervlar, nerv chigallari, orqa miyaning
orqa ildizchalari, vegetativ tugunlar, k o ‘ruv do‘ngligi, orqa markaziy
pushta zararlanganida yoki ortiqcha ta ’sirlantirilganda kuzatiladi. K o‘rib
turganimizdek, teri sezuvchanligi buzilishlari turli-tuman bo'lib, ular
asosan asab kasalliklarida k o'p kuzatiladi va nevrologiya darsliklarida
batafsil y o ritilg a n . M u s h a k -b o 'g 'im sezgilarining buzilishi teri
sezuvchanligining buzilishiga qaraganda kamroq kuzatiladi. Bunda bemor
ko'zini yumgan holda bo'g'im larda qilingan sust harakatlam i sezmaydi.
M urakkab sezgining buzilishlaridan boMmish astereognoziyada bemor
ko'zini yumgan holda qoMiga qo'yilgan narsalarni paypaslab aytib bera
olmaydi, ko'zi ochiq holatda esa ularni bemalol ayta oladi.
K o'ruv analizatorining buzilishlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak,
isteriyada kuzatiladigan ko'rishning to'satd an pasayib ketishini alohida
t a ’k id lash z a ru r. B unda k o 'r u v y o 'lla r id a o rg a n ik b u z ilis h la r
kuzatilmaydi, lekin bemorning ko'zi ko'rm aydi yoki xira ko'radi. Bu
holat q attiq hissiy zo 'riq ish o q ibatid a miya p o 'stlo g 'ining m a’lum
qismlarida turg'un qo'zg'alishning paydo boMishi bilan tushuntiriladi.
K o'ruv analizatorininj retseptor qismidan tortib to markaziy qismigacha
bo'lgan zararlanishlar ko'rishning turli xil buzilishlari bilan kechadi.
K o'ruv yoMlarining xiam iagacha bo'lgan qismi zararlansa, amavroz,
xiazmaning ichki kesish£,an qismi zararlansa, bitemporal gemianopsiya,
tashqi, y a ’ni kesishm egan qismi zara rlan sa, binazal gem ianopsiya
kuzatiladi. Miyaning слар tom ondagi k o'ruv trakti zararlansa, o'ng
77
to m o n lam a g em ian o p siy a, o ‘ng to m o n d a g isi z a ra rla n s a , chap
tomonlama gemianopsiya kuzatiladi. K o'ruv markazlari zararlansa,
kvadrant gemianopsiyalar, skotoma (ko'ruv maydonida qora dog‘) lar
kuzatiladi.
Idrokning buzilishi ayrim asab va ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.
Bularga gallyutsinatsiyalar, illyuziyalar va psixosensor buzilishlar kiradi.
Gallyutsinaisiyalar deb, aslida bemor oldida mavjud bo'lmagan obyekt
va hodisalarni idrok qilishiga aytiladi. Gallyutsinatsiyalar bosh miya
po'stlog'ida inert qo'zg'alishning paydo bo'lishi va uning dominantlik
vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Inert qo'zg'alish bosh miya
po'stlog'ining umumiy tormozlanishi oqibatida paydo bo'ladi. Bosh
miyada moddalar almashinuvining buzilishi ham gallyutsinatsiyalarga
olib kelishi mumkin. Ko'rish, eshitish, hid va ta ’m bilish hamda umumiy
sezgi bilan bog'liq bo'lgan gallyutsinatsiyalar farq qilinadi.
Gallyutsinatsiyalar soxta tasavvur hisoblanadi, chunki ular atrof-
muhitda mavjud bo'lm asa ham bemor fikrida paydo bo'laveradi. Ba’zan
bemorga o'zi idrok qilayotgan narsa, hodisalar haqiqatan ham bordek
tuyuladi va o'zi ham bunga ishonadi. Gallyutsinatsiyalar shizofreniya
kasalligida k o'p kuzatiladi. Nevroz bilan xastalangan va tez-tez affekt
holatiga tushib turadigan bemorlarda ham gallyutsinasiyalar bo'lib turadi.
Gallyutsinatsiyalar sog'lom odamda ham kuzatilishi mumkin. Masalan,
sahroda adashib qolib bir o'zi ketayotgan odamning ko'ziga suv, qishloq,
daraxtzor yoki u tomonga yurib kelayotgan odam ko'rinadi. K o'ruv
gallyutsinatsiyalarida bemor ko'z oldida har xil narsalar k o 'rin ad i.
Narsalar yo katta (makropsiya), yo kichik (mikropsiya), bundan tashqari,
bu n a rsa la m in g shak li ham qiyshiq va n oaniq b o 'lib k o 'rin a d i.
Gallyutsinatsiyalar nafaqat psixoz yoki nevrozlarda, balki bosh miya
po'stlog'ini ta ’sirlantiruvchi organik kasalliklar (masalan, o'sm alar) da
ham kuzatilib, muhim diagnostik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Eshitish gallyutsinatsiyalari turli-tuman bo'ladi. Tovushlar jarangdor,
bo'g'iq, uzoq yo yaqindan, past yo tepadan kelgandek bo'lib tuyuladi.
Shunga yarasha bemor boshini ham tovush kelgan tomonga buradi yoki
yurib boradi. Verbal gallyutsinatsiyalar, ayniqsa, bemor uchun xavflidir.
H ar tom ondan keluvchi ovozlar bem orga tahdid soluvchi, buyruq
beruvchi tarzda bo'lib, yurib borayotgan avtomobil tagiga tashlash,
tomdan sakrash, o'ziga yoki birovga pichoq sanchish, sevimli farzandini
o'ldirish kabilarni buyuradi. Bular im perativ gallyutsinasiyalardir.
Ovozlaming eng xavflisi - ularning hadeb takrorlanaverishidir. Bu tanish
yoki notanish odamning, ayol yoki erkak kishining ovozi bo'lishi mumkin.
Ovozlar bir marta paydo bo'lib, to'xtab ham qoladi. Bemoming qilgan
ishlarini m a’qullovchi yoki tanqid qiluvchi ovozlar ham eshitiladi. Taktil
78
Do'stlaringiz bilan baham: |